umumiy sonining uchdan bir qismi tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan
ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Ishonchsizlik votumi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan
hisoblanadi. Bunday holda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi. Shunday hoi yuz bersa, Vazirlar M ah k am asin in g
butun tarkibi iste’foga chiqadi.
Konstitutsiyaga kiritilgan mazkur o‘zgartirish asosida yuqoridagi Q onunning
5-moddasi «d» band bilan to‘ldirildi.
Vazirlar M ahkamasi o‘z faoliyati yuzasidan Oliy Majlis va Prezident
oldida m as’uldir. Yangi saylangan Oliy Majlis oldida Vazirlar M ahkam asi o‘z
vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Yangi Vazirlar M ah kam asin in g tarkibi
shakllantirilgunga qadar avvalgi Vazirlar M ahkam asi Prezident qaroriga muvofiq
o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Dostları ilə paylaş: