O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami. - Т



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to'plami. - Т.:
2007. 1 9 0 - 1 98-betlar.
3 0 2


avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish 
chora-tadbirlarini ko‘radi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi 
vakilligini ta ’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni 
bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida 
rahbarlikni amalga oshiradi.
Bu vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlari va usullari soha bo‘yicha 
qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.
Yuqoridagi Qonunda Vazirlar M ahkamasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlariga rahbarligining umumiy masalalari ham belgilab qo‘yilgan. Unga 
asosan, Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 
davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda 
yo‘naltirib boradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa 
organlari haqidagi nizomlar Vazirlar M ahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta ’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa 
organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan 
mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar 
M ahkam asi 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan 
xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruv 
a’zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hay’atlarining 
a’zolarini tasdiqlaydi.
Vazirlar M ahkamasi zarurat b o lganda o‘z vakolatiga kiruvchi davlat 
boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi 
qonun hujjatlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga 
kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘ysunuvidagi davlat 
boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini yo‘naltirish, muvofiqlashtirish 
va ularga rahbarlik qilishdan tashqari shu tuzilmalarning faoliyatini nazorat 
qilish vakolatiga ega.
Vazirlar M ahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat 
boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi 
va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
boshqa organlarning hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda 
ularni bekor qilish huquqiga ega.
Vazirlar M ahkam asi kollegial organ bo‘lgani uchun davlat boshqaruvining, 
xo‘jalik va ijtimoiy madaniy qurilishining eng muhim masalalari Vazirlar 
M ahkam asining majlislarida hal etiladi.
3 0 3


Vazirlar M ahkam asining majlislari yilning har choragida kamida bir m arta 
o‘tkaziladi.
Vazirlar M ahkam asin in g majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Prezidenti 
Vazirlar 
M ahk am asin in g 
majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar M ahkam asining majlislarini tayyorlash va o‘tkazish tartibi Vazirlar 
M ahkam asining Reglamenti bilan belgilanadi.
Vazirlar M ahkam asi majlislarida hal qilinadigan masalalar doirasi ham 
qonunda belgilab qo‘yilgan. .
Quyidagilar faqat Vazirlar M ahkam asining majlislarida ko‘rib chiqiladi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqish va ijro etish
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi H ukum ati tasarrufidagi aniq maqsadli 
davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
-
boshqaruv 
tuzilmasini 
takomillashtirish 
masalalari, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy 
rivojlantirish dasturlari loyihalari;
- davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda 0 ‘zbekiston 
Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi ko‘lamini oshirish to‘g ‘risidagi 
takliflar;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda 
o'zgartirish to‘g ‘risidagi takliflar;
- davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari ham da 
xususiylashtirishdan olingan mablag‘lardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari 
to‘g ‘risidagi takliflar;
- belgilab qo‘yilgan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlar, tovarlar va 
xizmatlar ro‘yxati;
- qonunchilik tashabbusi tartibida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;
- davlatlararo shartnom alar va bitimlarni imzolash to‘g ‘risidagi takliflar.
Vazirlar M ahkam asi 
Konstitutsiyaviy 
normalar doirasida va 
qonun
hujjatlariga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha 
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi.
Vazirlar M ah k am asin in g normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan hujjatlari Vazirlar M ah kam asinin g qarorlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar M ah k am a sin in g tezkor va boshqa joriy masalalari bo‘yicha qarorlari 
Vazirlar M ah k am asin in g farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar M ah k am a sin in g qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan 
imzolanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar M ahkam asi qarorlari va 
farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
304


Vazirlar M ahkam asining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar M ahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan 
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo'jalik 
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar M ahkam asining normativ tusdagi qarorlari 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi, keng ommaga darhol yetkazish 
zarur bo'lgan taqdirda esa, ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum qilinadi.
Vazirlar M ahkam asining boshqa huquqlari ham mavjud bo‘lib, ular boshqa 
qonunlarda ko‘rsatilgan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin