O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiya fraksiyalari va deputatlar guruhi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgandan



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiya fraksiyalari va deputatlar guruhi bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgandan 
so‘ng Bosh vazir nomzodini yana bir marta taqdim qilishi mumkin. Palatalar 
taqdim etilgan nomzodni ikkinchi marta rad etgan taqdirda Prezident Bosh 
vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oliy Majlisni tarqatib yuboradi.
Bunday tartibning o‘rnatilishi, birinchidan, siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirishni; 
ikkinchidan, 
shu 
orqali 
Qonunchilik 
palatasining rolini 
kengaytirishni nazarda tutdi.
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish 
konsepsiyasi»da Vazirlar Mahkamasini 
shakllantirishni, Bosh vazirni lavozimga tayinlashni yanada demokratik, jahon 
davlatchilik tajribalariga mos tartibini o‘rnatish zarurligi haqidagi g ‘oyani 
ilgari surdi va bu borada Konstitutsiyaga kiritish zarur bo‘lgan o‘zgartirish, 
qo‘shimchalarni belgilab berdi. Konsepsiya ko‘rsatmalari asosida Konstitutsiyaga 
o‘zgartirishlar kiritildi. Unga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng 
miqdordagi eng ko‘p deputatlik o'rinlarini qo‘lga kiritgan bir nechta siyosiy 
partiya tomonidan taklif etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga 
nomzodni ko‘rib chiqqandan keyin o‘n kun muddat ichida uni 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun 
taklif etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining 
yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasinnig a’zolari Bosh vazirning 
Qonunchilik palatasi m a’qullagandan keyin kiritilgan taqdimiga binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan 
ozod etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi 
tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif 
bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi 
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi 
masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati 
a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul 
qilingan hisoblanadi. Bunday holatda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh
299


vazirni lavozimidan ozod etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi. Bunda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga 
iste’foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin