3-§. Vazirlar M ahkam asining vakolatlari Vazirlar M ahkamasi mamlakatimizda ijro hokimiyatini amalga oshiradi.
Konstitutsiyaga 2014-yil aprelida kiritilgan o‘zgartirish Konstitutsiyada Vazirlar
M ahkam asining vazifasi va mas’uliyatini aniq belgilab qo‘ydi.
Unga asosan, Vazirlar Mahkamasi:
- samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan,
madaniyat, ta ’lim, so g ‘liqni saqlashni hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning
boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
- fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va
yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni
ta ’minlaydi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini
ta ’minlaydi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
- ushbu Konstitutsiya va 0 ‘zbeksiton Respublikasi qonunlarida nazarda
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar M ahkam asi o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar M ahkamasi yangi saylangan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar
M ahkam asining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining
qaroriga muvofiq o‘z lavozimini davom ettirib turadi.
Bu mutlaqo yangi vazifa Vazirlar M ahkam asining Oliy Majlisga har
yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan
m a’ruzalar taqdim etish vazifasidir. Bu vazifa ilgari Prezidentga tegishli edi.
Vazirlar M ahkam asiga bu vazifaning yuklatilishi ularning mas’uliyatini yanada
kuchaytirdi.
Shuningdek, Prezident endi Vazirlar M ahkam asi taqdimiga binoan vazirlik,
davlat qo‘mitalari va boshqa markaziy idoralarni tashkil qilishni, tugatishni
belgilaydi (Konstitutsiyaning 93-modda 8-bandi).