1 Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 2005. 36-37-b etlar.
2 Vazirlar M ahkamasi va Bosh vazirninng vakolatlari mazkur bobning 3,5-bandlarida berilgan.
297
Bundan
tashqari,
2019-yil
10-dekabrda
qabul
qilingan
0 ‘zbekiston
Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi to‘g ‘risida»gi
(yangi tahriri) qonuni bilan uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va funksiyalari
batafsil belgilab berilgan.
2-§. Vazirlar M ahkam asini shakllantirish tartibi va u n in g tarkibi
Barcha mamlakatlarda hukumat kollegial organ hisoblanadi. Uning tashkil
qilinish tartibi, tarkibi va vakolatlari darajasiga davlat boshqaruv shakli (mutlaq
monarxiya, konstitutsiyaviy monarxiya, prezidentlik, parlamentar, aralash
boshqaruv shakllari) ta ’sir qiladi.
Prezidentlik respublikasida Prezident ijro hokimiyatining ham boshlig‘i
hisoblanib, hukumatni o‘z ixtiyori bilan shakllantiradi. H ukum at faqat Prezident
oldida hisob beradi.
Parlam entar respublikalarda parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rin egallagan
partiyaning yetakchisi hukumat boshlig‘i lavozimini o‘z-o‘zidan egallaydi.
Zarurat bo‘lganda bir necha partiya a’zolaridan iborat koalitsion hukum at ham
tuzilishi mumkin.
Boshqaruvning aralash shaklidagi mamlakatlarda hukum at Prezident
tomonidan parlament ishtirokida shakllantiriladi va hukum at ham Prezident,
ham parlament oldida hisob beradi va mas’ul bo‘ladi.
0 ‘zbekistonda dastlabki davrlardan hukumat - Vazirlar M ahkam asini
shakllantirishda Prezident va Oliy Sovet, keyinchalik Oliy Majlis ishtirok etib
keldi. Lekin ularning hukumatni shakllantirishdagi ishtiroki o‘zgarib borgan.
Dastlab, hukumat a’zolari Prezident tomonidan tayinlangan va lavozimdan
ozod qilingan, bu masala, albatta, parlamentda tasdiqlanishi belgilangan.
Keyinroq Prezidentning Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga taqdim etishi va
lavozimidan ozod etishi tartibi o‘rnatildi. H ukum at a’zolari Bosh vazir taqdimiga
ko‘ra Prezident tomonidan tayinlanib, lavozimidan ozod qilinar edi.
2007-yil
11-apreldagi
«Davlat
boshqaruvini
yangilash
va
yanada
demokratlashtirish
hamda
mamlakatni
modernizatsiya
qilishda
siyosiy
partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun Vazirlar
M ahkam asini shakllantirish, Bosh vazirni lavozimiga tayinlash va lavozimidan
ozod qilishning yangi, yanada demokratik tartibini joriy qildi. Uning 4-moddasi
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlash tartibi» deb nomlanadi va
unga ko‘ra, Bosh vazir nomzodi Oliy Majlis palatalarining mansabdor shaxslari
saylanganidan va organlar shakllantirilganidan keyin bir oy ichida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi
siyosiy partiyalar fraksiyaiarining har biri bilan maslahatlashuv o‘tkazilgandan
so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi
uchun taqdim etiladi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari
umumiy sonining ko*pchilik ovozini olgan nomzod Bosh vazir etib tasdiqlangan
hisoblanadi.
298
Ovoz berish vaqtida qo‘yilgan nomzod Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, Prezident siyosiy
Dostları ilə paylaş: |