Butun vakolat muddati davrida o‘zlari saylangan saylov okruglarida ham faoliyat
yuritadi1. Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1)
saylovchilar bilan uchrashuv, saylovchilarni qabul qilish;
2) o‘zlarini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar (o'zini o‘zi boshqarish
organlari) bilan aloqa o‘rnatish, hamkorlik qilish;
3) okrugdagi turli idora,
muassasa, mansabdor shaxslar bilan uchrashib,
saylovchilarning orzu-isfaklari, talablari bajarilishiga ko‘maklashish va okrugda
vakillik organlari qarorlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi
qonunlarining bajarilishi
ahvolidan xabardor bo‘lib turish.
Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari o‘ziga
saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqadi,
ularni hal etish choralarini ko‘radi.
Deputatning muhim burchi - bu saylovchilarni qabul qilishdir. Shuning
uchun belgilangan muddatlarda, aniq joylarda bu ish bilan sh u g‘ullanadi.
Mahalliy Kengash deputatlari vaqti-vaqti bilan,
lekin yilda kamida ikki
marta, Qonunchilik palatasi deputatlari yilda kamida bir m arta saylovchilarga
o‘z faoliyati yuzasidan axborot berib boradi.
Qonunchilik palatasi deputatlariga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar
uchun Qonunchilik palatasi reglamentida, mahalliy Kengash deputatlari uchun
mahalliy Kengashlar reglamentida belgilangan tartibda kunlar ajratiladi.
D eputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini
tashkil qilish borasida
mahalliy ijro hokimiyati organlari zimmasiga alohida m as’uliyat yuklangan.
Deputatlar iltimosiga ko‘ra, ijro organlari uchrashuv o‘tkazish, saylovchilarni
qabul qilish uchun qulay, sharoiti yaxshi binolar, xonalar ajratiladi,
uchrashuv
vaqti, joyi, uyushtiriladigan joy manzili, vaqti haqida aholini xabardor qiladilar.
Uchrashuv va qabullarda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini ajratadi.
Deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati faqat saylovchilar bilan
uchrashuvlar o‘tkazish, ularni qabul qilish bilan tugamaydi. Deputatlar o‘z
okruglarida o‘zlarini nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiyalar bilan, tum an va
shahar Kengashlari deputatlari siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ularning
xohish-istaklarini aniqlab, tegishli vakillik organiga olib chiqadi.
Joydagi muammolarni siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari bilan aniqlab, ularning yechimi xususida birgalikda tadbirlar o‘tkazadi,
zarur hollarda shu masalalarni vakillik organlarida muhokama qilishga kiritadi.
Deputatlarning saylov okrugidagi faoliyati,
saylovchilar, siyosiy partiyalar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan uchrashuv o‘tkazishlari,
fuqarolarni qabul qilishlari, saylovchilarga axborot berib turishlari mahalliy
Kengashlarning qo‘shma majlisida saylangan senatorlarga ham taalluqlidir.
Dostları ilə paylaş: