O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Deputatlar va senatorlarning huquqiy maqomi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

7-§. Deputatlar va senatorlarning huquqiy maqomi
Davlat-huquqiy munosabatlarida, hokimiyatni amalga oshirishda, xalq 
hokimiyatini ro‘yobga chiqarishda deputat va senatorlar alohida o‘rin egallaydi.
Deputat va senatorlar vakillik (qonunchilik) hokimiyati organlarida asosiy 
kuch, figura bo‘lishi bilan birga, ular, avvalo, xalq vakilidir. Ular davlat ishlarini 
hal qilar ekan, avvalo, xalqning xohish-irodasiga tayanadi, xalq istaklarini 
ro'yobga chiqarishga intiladi.
Shuning uchun, Konstitutsiyaviy huquqda deputat kim, senator kim, ularning 
huquqiy maqomi qanday degan savol vujudga keladi.
Deputat va senatorlarning huquqiy maqomi to‘g ‘risida maxsus qonunlar 
mavjud bo‘lib, ularga 2004-yii 2-dekabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g ‘risida»gi 
va «Xalq deputatlari viloyat, tum an va shahar Kengashi deputatining maqomi 
to‘g ‘risida»gi1 qonunlarni ko‘rsatish mumkin.
Shu qonunga asosan, deputat, bu - Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, 
viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylangan va
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari. - Т.: 2007.
217-229-b etlar.
2 8 5


saylov to‘g ‘risidagi qonunlarga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, 
shahar, tum an Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan 
ro‘yxatga olingan 0 ‘zbekiston fuqarosidir.
Senator, bu - Oliy Majlisning Senatiga saylangan va saylov to‘g ‘risidagi 
qonunga muvofiq M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan ro'yxatga olingan 
0 ‘zbekiston fuqarosidir.
Ya’ni, deputat ham, senator ham, birinchi navbatda, 0 ‘zbekiston fuqarosi. 
Fuqaro deputat yoki senator hisoblanishi uchun u qonunlarga asosan saylangan 
va ro‘yxatga olingan bo'lishi kerak.
Shundan keyin fuqaro deputat yoki senator sifatida m a’lum huquqiy maqomga 
ega bo‘ladi.
Deputat va senatorning huquqiy maqomini ularning vakolat muddati, huquq 
va majburiyatlari, odobi, faoliyatining asosiy kafolatlari tashkil etadi. Shularning 
yig‘indisi huquqiy maqomni keltirib chiqaradi.
D eputat va senatorning maqomi m a’lum muddat amal qiladi, fuqaro shunday 
maqomga belgilangan muddat doirasida ega bo‘ladi.
D eputat vakillik organlarining vakolat muddatiga (Qonunchilik palatasi, 
viloyat, tum an shahar Kenashlari), senator Senatning vakolat muddatiga 
saylanadi yoki tayinlanadi. U larning vakolat muddati - besh yil.
Lekin shu vakolat muddatidan avval ham deputat yoki senatorlarning 
vakolati tugatilishi mumkin.
Deputatning, senatorning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari 
tugatiladi:
- u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
- u qonunga ko‘ra deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga 
nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
- unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
- u chaqirib olingan taqdirda;
- sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
- u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo'qolgan deb 
topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
- u 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
- u vafot etgan taqdirda;
- Oliy Majlis palatalari yoki viloyat, Toshkent shahar Kengashlari tarqatib 
yuborilganda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyat, 
tum an, 
shahar Kengashining senator etib 
saylangan 
deputati 
vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi.
Alohida hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik 
palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. 
Deputat, senator degan yuksak nomga dog‘ tushiruvchi xulq-atvor bunday
2 8 6


masalani ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin. Deputatning, senatorning 
vakolatlarini boshqa shaxsga topshirish mumkin emas.
Qonunchilik palatasi deputati palatada doimiy asosda ishlaydi, shu 
davrda ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa ish bilan 
sh u g ‘ullanishga haqli emas.
Mahalliy Kengash deputatlari deputatlik faoliyatini jamoatchilik asosida, 
asosiy ishidan ajralmagan holda olib boradi.
Senatorlarning ayrimlari Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin, bunday 
senatorlar ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa ishda 
ishlashi mumkin emas. Boshqa senatorlar asosiy ish joyidan ajralmagan holda 
senatorlik faoliyatini bajaradi.
Deputat va senatorlar quyidagi huquqlarga ega:
- Deputat, 
senator tegishincha Qonunchilik palatasining, 
mahalliy 
Kengashlarning, Senatning majlisida ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar 
bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Deputat, senator:
- palataning, Kengashning organlariga saylash va saylanishga;
- palata va Kengash majlislarida ko‘rib chiqilishi uchun m asalalar taklif 
etishga;
- palata, Kengash majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan 
masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan 
takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
- qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
- palata, Kengash tomonidan tuziladigan organlarningshaxsiy tarkibi hamda 
saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning 
nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
- munozaralarda ishtirok etishga, m a’ruzachi va raislik qiluvchiga savollar 
berishga;
- parlament va deputat so‘rovi bilan murojaat etishga;
- o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish 
sabablari yuzasidan izoh berishga;
- palata va Kengash majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama 
qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini 
topshirishga;
- palata va Kengash tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga 
qo‘shi!magan taqdirda o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga yoki bu 
haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Kengash raisiga, Senat 
Raisiga yozma ravishda m a’lum qilishga;
- palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud 
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish 
to‘g ‘risida taklif kiritishga;
2 8 7


- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, palata 
va Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun 
masalalar taklif etishga;
- palata va Kengash' majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
- fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini 
buzish holiari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa holiari m a’lum bo'Iib 
qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli 
organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Bulardan tashqari, Qonunchilik palatasi deputati qonunchilik tashabbusi 
huquqiga, palatadagi deputatlar birlashmalari ishida ishtirok etish huquqiga ega. 
Shuningdek, mahalliy Kengashlarda tuzilgan partiya guruhlari ishida ishtirok 
etish huquqiga ega.
Deputat va senatorlarning majburiyatlari, burchlari ham qonunda aniq 
belgilab qo‘yilgan.
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar va 
Senat majlislarida (sessiyalarida) shuningdek, ular saylagan organlar (qo‘mita, 
komissiyalar) tarkibiga a’zo bo‘lsa, ularning ishida qatnashishi, ovoz berishda 
shaxsan ishtirok etishi shart.
Majlis, sessiya, turli organlar ishida ishtirok etish imkoniyati bo‘lm agan 
taqdirda deputat, senatorlar tegishlicha Spikerga, Senat Raisiga (qo‘mita, 
komissiya raislariga) oldindan xabar qilib qo‘yishi shart.
Qonunlarga muvofiq, deputat va senatorlar zimmasiga boshqa majburiyatlar 
yuklanishi mumkin.
Deputatlar faoliyatida eng muhim institutlardan biri parlament so‘rovi 
(mahalliy Kengashlarda deputatlik so‘rovi) hisoblanadi.
Deputat, senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor 
shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan 
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament 
so‘rovi yuborishga haqlidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament 
so‘roviga javobni belgilangan muddatlarda tegishli palataning majlisida beradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokuroriga, surishtiruv 
va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish 
yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘rovlari bo‘yicha axborot tegishincha Qonunchilik palatasi, 
Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Deputat so‘rovida deputat tegishli hududda joylashgan davlat organlarining 
mansabdor 
shaxslariga 
ularning 
vakolatlariga 
doir 
masalalar 
bo‘yicha 
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilinishni talab etib, so‘rov 
yuborishga haqli.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin