O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M irziyoyev Sh.M . Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. T



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 M irziyoyev Sh.M . Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. T.
« 0 ‘zbekiston*. 2013. 2-tom, 96-bet.
2 6 6


S enatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy 
davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay 
o‘tkazi!adi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar 
davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan 
hamda kamida besh yil 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan 
deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda 
deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli 
hisoblanadi.
Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, 
Senat a’zoligiga nomzod ko‘rsatish, shuningdek, ovoz berishni o‘tkazish qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tum anlar va 
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma 
majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g ‘risidagi nizom Markaziy saylov 
komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq 
ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik 
organlarining majlisda hozir bo‘lgan deputatlarining ellik foizidan ortig‘i ularni 
yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.
Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan 
bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur 
miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining 
ana shu qo‘shma majlisining o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
M arkaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma 
majlislarining bayonnomalari asosida, bu bayonnomalar kelib tushgan kundan 
e’tiboran besh kundan kechiktirmay, Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi.
Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish 
natijalarini aniqlashda qonun talablari saylov natijalariga ta ’sir qilgan tarzda 
buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining 
saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining, shuningdek, 
M arkaziy saylov komissiyasining Senat a’zolarining saylovi to‘g ‘risidagi qarorlari 
ustidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.
Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari 
saylanmagan bo‘lsa.
Takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun 
o‘tkaziladi.
26 7


Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan 
keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va 
takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda am alga oshiriladi.
Bo‘shab qolgan o‘rinlarga 
Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati 
vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida Saylov kodeksi 
talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.
Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat 
a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa S enatning yangi a’zosi 
saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g ‘risidagi 
axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining 
ismi, tu g ‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (m ash g ‘ulotning turi), ish va yashash 
joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin