P arlam entning vujudga kelishi jahon davlatchilik tajribasidagi eng yirik voqea
desa bo‘ladi. Parlamentning vujudga kelishi, birinchidan,
ming yillar davomida
yashab kelgan davlat hokimiyatining bir kishi (monarx) qo‘lida to‘planishiga
barham berdi. Ikkinchidan, yakka hukmronlikni chegaraladi. Uchinchidan,
davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirish imkoniyatini vujudga
keltirdi. To‘rtinchidan, hokimiyat ishlarida mamlakat aholisi (fuqarolari) ishtirok
etishining samarali vositasi vujudga keldi. Beshinchidan, davlat, jamiyat
faoliyatida vakillik nazorati vujudga keldi. Oltinchidan, qonun ishlab chiqish,
qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo‘ldi.
Parlam entarizmning vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvining
eng
demokratik, davlat boshqaruvida ko‘pchilikning ishtirokini ta’minlaydigan
respublika shaklining paydo bolishi va rivojlanishiga ta’sir qildi.
Parlam entarizmning vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya
qilishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda har bir demokratik yo‘ldan borayotgan
mamlakat o‘z parlamentini shakllantirish, rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
0 ‘zbekistonning mustaqillikkacha bo‘lgan davrini ko‘radigan bo‘lsak, unda
oliy qonunchilik organi 0 ‘zbekiston Oliy Soveti hisoblangan. Lekin u shakli
nuqtai nazaridangina parlament (vakillik) organi bo‘lib, mazmuni parlamentdan
ancha yiroq edi. Oliy Sovet vujudga kelib butun faoliyat ko‘rsatgan davrda biror
marta muqobillik asosida saylov bo‘lmagan. Uning vakillik xarakteri avvaldan
sun’iy ravishda belgilash asosida qurilar edi. Ya’ni uning tarkibida qancha ishchi,
qancha dehqon, qancha ziyoli, qancha ayol bo‘lishi, milliy
tarkibi avvaldan belgilab
qo‘yilar, deputatlar mansablariga, lavozimiga qarab o‘ringa ega bo‘lar edi. Oliy
Sovet mustaqil hech narsani hal qilolmas, faqat markaz manfaatiga mos qonunlar
qabul qilar yoki partiya ko‘rsatmasi, irodasini qonunga aylantirar edi.
0 ‘zbekiston
parlamentga
mustaqiliik
tufayli
erishdi.
Parlamentning
tashkil qilinishida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida
m ustahkam langan « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi
prinsipiga asoslanadi», - qoidasiga to‘la amal qilishga va Oliy Majlisning
faoliyatini konstitutsiyaviy asosda tartibga solishga alohida e’tibor berildi.
Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limidagi XVIII bob «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi» deb nomlanib, uning moddalari Oliy Majlis faoliyatini tartibga
soladi.
Oliy Majlis - 0 ‘zbekiston Respublikasi Parlamenti bo‘lib,
qonunchilik
hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga, u oliy davlat vakillik organidir.
Konstitutsiyaning
76-moddasida:
«O‘zbekiston
Respublikasining
Oliy
Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiradi», - deyilgan.
Eng avvalo, Oliy Majlis - davlat organi. Uni davlat vakillik organi deb
yuritilishining sababi, u xalq vakillaridan iborat.
2 6 3
Oliy Majlis ikki palatadan: Qonunchilik palatasi - quyi palata, Senat -
yuqori palatadan iborat.
Oliy Majlis palatalarining tashkil bo‘lishi, a’zolarining tarkibini ko‘radigan
bo‘lsak, ular aholining keng qatlamlari vakili ekanligiga guvoh bo'Iamiz. Oliy
Majlis palatalarining deputat va senatorlari orasida erkaklar va ayollar, turli
yoshdagi kishilar, turli kasb egalari, olimlar, turli
partiya vakillari borligini
ko‘ramiz. Ular xalq ishonch bildirgan va xalqdan vakolat olgan kishilardir. Ular
Oliy Majlis palatalarida xalq nomidan ish ko‘radi. Shuning uchun, qonunda Oliy
Majlis davlatning vakillik organi, deb belgilab qo‘yilgan.
Oliy Majlis - vakillik organi sifatida qonunchilik hokimiyatini amalga
oshiradi. U mamlakatda yagona qonunchilik organi. Oliy Majlis qonunchilik
organi sifatida qonunlarni qabul qiladi, ularga o‘zgartirish kiritadi va zaru r
hollarda amaldagi qonunlarni bekor qiladi. Qonun qabul qilish bilan ular
mamlakat ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oliy Majlisning Konstitutsiyada qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi,
deb belgilanishi uning vazifasi faqat qonun
qabul qilish bilan cheklanadi, degan
xulosani keltirib chiqarmaydi. Oliy Majlis ham butun dunyodagi parlamentlarga
xos boshqa vazifalarni bajaradi.
Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) 0 ‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
2)
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining
tizimini, vakolatlarini belgilash;
3) davlat organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash, saylashda ishtirok etish;
4) m amlakat tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish,
ularni
respublika tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, m a’muriy-hududiy tuzilish
masalalarini hal qilish;
5) qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimiyati (hukumat)
faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish.
Oliy Majlisning parlament nazoratini amalga oshirish faoliyati Konstitutsiyaga
kiritilgan o‘zgartirish asosida alohida mustahkam lab qo‘yildi. Unga asosan:
Oliy Majlis Parlam ent nazoratini amalga oshiradi (Konstitutsiyaning 78-modda
21-bandi).
M amlakatim izda demokratik jarayonlarning rivojlanib borishi ijro hokimiyati
faoliyati ustidan vakillik hokimiyati, ya’ni parlament nazoratini kuchaytirishni
taqozo etmoqda.
«Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da bu masalaga alohida e’tibor
berilgan edi. Shu asosda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar vakillik
hokimiyatining hukum at
faoliyati ustidan nazoratini, hukumatning, Bosh
vazirning parlament oldida m as’uliyatini yanada kuchaytirishni ko‘zda tutadi.
Bu masalalar xususida keyingi bandlarda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
264
Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o'rnini aniqlashda uning
qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishi, shu tufayli boshqa har qanday
hokimiyat organlarining faoliyatini belgilash, boshqa organlarni tuzishda ishtirok
etishi, ijro hokimiyatining parlament oldida mas’ulligiga e’tibor berish lozim. Ana
shu narsalar Oliy Majlisning boshqa hokimiyat tuzilmalariga nisbatan ta ’sirchan
vositalarga ega hokimiyat tarm og‘i ekanligini ko‘rsatadi.
«2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da Davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi
hamda Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
mamlakatni modernizatsiya
qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
vazifasi belgilandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabr va 2018-yil
28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomalarida Parlament faoliyatidagi
sustkashlik ko‘rsatilib, Parlament faoliyatini rivojlantirish yo‘llari, Qonunchilik
palatasi vakolatlarini kengaytirish choralari ko‘rsatib berildi1.
Dostları ilə paylaş: