XXII bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY MAJLISI
l-§. 0 4zbekistonda Parlam entning vujudga kelishi
va parlament islohotlari
Rasmiy ravishda saylab qo‘yiladigan va qonun qabul qiladigan organ
0 ‘zbekistonda mustaqillik davrigacha ham mavjud bo‘lib, u 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Soveti deb atalardi. Lekin u tub mohiyati bilan parlamentdan
ancha yiroq organ edi.
Boshqacha qilib aytganda, formal saylov asosida
saylanadigan bu organning ko‘rinishi - shakli parlamentga o‘xshasada,
mazm unan u kommunistik partiyaning xohish-irodasi bilan tashkil qilinadigan
va unga xizmat qiladigan organ edi.
80-yillarning oxirida butun Ittifoq hududida mavjud rejimdan norozilik
kuchaydi, xalqning o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga intilishi
kuchayib bordi.
Natijada, 1989-yilgi
SSSR xalq deputatlari syezdi, 1990-yilda 0 ‘zbekiston
Oliy Sovetiga bo‘lib o‘tgan saylovlar birinchi marta demokratik usullarda, eng
muhimi, muqobillik asosida o‘tdi va Oliy vakillik organiga xalq xohish-istaklarini
yaxshi his qilgan, o‘z fikrini ochiq aytadigan kishilar saylandi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekistonda parlamentning vujudga kelishi 1990-yilda
saylangan Oliy Sovet faoliyati bilan bog‘lansa, xato bo‘lmaydi.
Ittifoq davrida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan bu Oliy Sovet 0 ‘zbekiston
mustaqilligi, jamiyatda demokratiya rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Turli fikrlilik,
mustaqil fikr bayon qilish, ittifoq organlari, markazining
noto‘g ‘ri xatti-harakatini ochiq tanqid qilish 1990-yilda saylangan Oliy Sovetdan
boshlandi. Unda 0 ‘zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.
Ittifoqdan mustaqil ravishda qonunlar qabul qilish tajribasi boshlandi. Prezident
tomonidan e’lon qilingan mustaqillik shu Oliy Sovetda
rasmiylashtirildi va
0 ‘zbekiston mustaqillik yo‘liga shu Oliy Sovetni o‘z parlamenti sifatida e’tirof
etib qadam qo‘ydi. Keyinchalik Ittifoq davrida saylangan Oliy Sovet tarqatib
yuborilmasdan, uning salohiyatidan vakolat muddati tugaguncha foydalanish
to‘g ‘ri yo‘l bo‘ldi.
Shu Oliy Sovetda mamlakatimizning Asosiy qonuni - Konstitutsiyamiz
qabul qilindi.
Konstitutsiyamizda oliy qonunchilik organimiz - Oliy Majlis o‘z tilimizda
bayon etildi. Konstitutsiyamizning XVIII bobi « 0 ‘zbekiston
Respublikasining
Oliy Majlisi» deb nomlandi. Unga asosan, Oliy Majlis 0 ‘zbekiston fuqarolari
tomonidan umumiy, teng, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi asosida yashirin
ovoz berish orqali ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan,
qonun chiqaruvchi
hokimiyatni amalga oshiradigan oliy davlat organi deb belgilandi. Vakolat
muddati besh yil qilib o‘rnatildi. Konstitutsiyaga asosan, Oliy Majlis bir palatali
strukturada tashkil qilinishi nazarda tutildi.
259
1993-yil 28-dekabrda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g ‘risida»gi1 (2003-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi),
1994-yil
22-sentabrda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g ‘risida»gi2 (Oliy
Majlisning 2002-yil 12-dekabrdagi Qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
qonunlar
qabul qilindi.
1994>yil 25-dekabrda Oliy Majlisga saylov o‘tkazildi. Saylov eng demokratik
prinsip va talablar asosida o‘tdi. Mamlakatda tashkil qilingan 250 ta saylov
okrugidan 139 tasida uchtadan, 106 tasida ikkitadan nomzod qo‘yilib, saylov
o‘tkazildi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tdi.
Ayrim okruglarda takroriy
ovoz berish, takroriy saylovlar o‘tkazilib, birinchi m arta mustaqiliik sharoitida
mamlakat parlamenti shakllantirildi. Bu parlament 1995-yil 23-fevraldan o‘z
ishini boshladi.
Oliy Majlisda davlat hokimiyati vakillik organlaridan saylangan 120 nafar
kishidan iborat deputatlik bloki va 69 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik
Dostları ilə paylaş: