partiya fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi tuzilmalar yo‘q.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarini saylash, vakolatlari, ishini tashkil etish,
majlislari, qarorlari, Senat komissiyalari haqidagi masalalar «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining senati to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning
17-22-moddalarida belgilangan.
5-§. Oliy Majlis p alatalarin in g vakolatlari
Oliy Majlis parlament sifatida o‘z vazifalariga va shu vazifalarni bajarish
uchun yetarli vakolatga ega.
Oliy Majlisning vakolatlari palatalarning birgalikdagi vakolatlari asosida
vujudga keladi. S huning uchun yuridik adabiyotlarda, shu jumladan, Konstitutsiya
va qonunlarda ham, asosan, «Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari»
degan tushuncha ishlatiladi.
274
Konstitutsiyaning 78-moddasida
palatalarning birgalikdagi vakolatlari
belgilab qo‘yilgan. Unga asosan, Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi
vakolatlari quyidagilar:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini
qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g ‘risida va uni
o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini
belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish
va ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni
tasdiqlash;
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
8) 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining taqdimiga binoan
0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini
nazorat etish;
9) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasining m a’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini
qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;
11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini
hamda chegaralarini o‘zgartirish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini ta ’sis etish;
13) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g ‘risidagi
farmonlarini tasdiqlash;
14) 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy saylov komissiyasini tuzish;
15) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, shuningdek,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh
vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
16) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha
vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
17) 0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;
18) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasiga
hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan
shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati t u g ‘ilganda urush holati e’lon
qilish to‘g ‘risidagi farmonini tasdiqlash;
275
19) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik
e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilinishini uzaytirish yoki
tugatish to‘g ‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) xalqaro shartnom alarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
21) Parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshirish.
Oliy Majlis palatalarining bu vakolatlari, qoida tariqasida, avval Qonunchilik
palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqilib hal qilinadi. Z arur hollarda yuqoridagilar
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlislarida ham ko‘rilishi mumkin. M asalan,
Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, asosan, qo‘shma majlisda
amalga oshiriladi.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi bu vakolatlarini vazifa va maqsadiga
qarab g uruhlarga bo‘lish mumkin.
1. Qonunchilik sohasidagi vakolatlar Oliy Majlisning asosiy vazifalaridan
kelib chiqadi. Konstitutsiya qabul qilish, unga o‘zgartirish kiritish, konstitutsiyaviy
qonunlar qabul qilish va ularga o‘zgartirish kiritish palatalarning birgalikdagi
vakolatidir.
2. M am lakatni ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash
hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish, jamiyat taraqqiyotiga t a ’sir
qiluvchi eng muhim masalalarda referendum belgilash, xalqaro shartnom alarni
ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
3. Davlat qurilishi sohasidagi vakolatlar: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati organlari tizimi va vakolatlarini belgilash; mam lakat tarkibiga
yangi tuzilmalarni qabul qilish va chiqarish, m am lakatning m a’muriy-hududiy
tuzilmasini belgilash, markaziy m uassasalarni tuzish to‘g ‘risidagi Prezident
farmonlarini tasdiqlash, M arkaziy saylov komissiyasini tuzish, Bosh vazir
nomzodini ko‘rib chiqish.
4. M am lak atn in g iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq vakolatlar: davlat
budjetini qabul qilish va ijrosini nazorat qilish, soliqlar va boshqa to‘lovlarni
joriy qilish.
5.
M am lak atn in g
xavfsizligini
ta ’minlash
bilan
bog‘liq
vakolatlar:
Prezidentning urush holati, umum iy safarbarlik, favqulodda holat joriy etish
to‘g ‘risidagi farmonlarni tasdiqlash.
6. Nazorat sohasidagi vakolatlari, bularga: davlat budjetining bajarilishini
nazorat qilish, Bosh vazir hisobotini eshitish, Hisob palatasining hisobotini
ko‘rib chiqish.
Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlarini amalga oshirishda
Prezident, Vazirlar M ahkam asi ishtirok etadi.
Konstitutsiya mazmunidan ko‘rinib turadiki, Oliy Majlis palatalarida ayrim
masalalar Prezident taqdimiga ko‘ra hal qilinsa, ayrim masalalar Prezident
farmonlarini tasdiqlash orqali hal qilinadi. Bir holatda, ya’ni davlat budjetini
tasdiqlash masalasi Vazirlar M ahkam asi taqdimiga binoan hal qilinadi.
2 7 6
Oliy Majlis palatalari birgalikda Oliy Majlisga taalluqli masalalarni hal
qilsa-da, ularning o‘zlari hal qiladigan mustaqil masalalar, vakolatlarining
borligi palatalarning mustaqilligini ko‘rsatadi. Bu xususiyat jahon parlament
tajribasida mavjud. Shuning uchun Konstitutsiyaning 79-moddasida Qonunchilik
palatasining mutlaq vakolatida ko‘rsatilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq
vakolatlariga:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini
saylash;
2) 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
prokurorining
taqdimiga
binoan
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini
daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g ‘risidagi masalalarni hal etish;
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,
shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul
qilish;
5) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasi a’zolarini keyinchalik ularni 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlash uchun ko‘rib chiqish
va m a’qullash haqida.
Qonunchilik palatasin in g mutlaq vakolatlari sh u lar bilan cheklanib
qolmaydi. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada dem okratlashtirish
ham da m am lakatni modernizatsiya qilishda siyosiy p artiy ala rn in g rolini
kuchaytirish to ‘g ‘risida»gi Q onun va Prezident tom onidan ilgari surilgan
konsepsiya
asosida
K onstitutsiyaga
kiritilgan
qo‘shim ch alarg a
ko‘ra,
Q onunchilik palatasida en g ko‘p o‘rin olgan siyosiy p artiy alarn ing Bosh vazir
nomzodini prezidentga taqdim etish huquqi, palatadagi siyosiy partiyalar
fraksiyalariga Bosh vazirni m uddatidan oldin vazifasidan ozod qilishni so ‘rab
Prezidentga murojaat qilish huquqi yoki Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirish huquqining mavjudligi Qonunchilik p alatasining huquqlari
ancha kengligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyada Oliy Majlis Senatining ham mutlaq vakolatlari belgilab
qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 80-moddasiga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
1) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarining raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudini saylash;
2 7 7
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisini tayinlash;
5) u sh b u band 0 ‘zb ek isto n R esp u b lik asin in g 2017-yil 31-m aydagi
0 ‘R Q -4 3 0 -so nli Qonuniga asosan chiqarib tashlangan;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod
etish to‘g ‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat
xavfsizlik xizmati1 raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g ‘risidagi
farmonlarini tasdiqlash;
8) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash
hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 0 ‘zbekiston
Respublikasi M arkaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash hamda uni
lavozimidan ozod etish;
10) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya
to‘g ‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11)
0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurorining taqdimiga
binoan
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan
m a h ru m etish to‘g ‘risidagi masalalarni hal etish;
12) 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, 0 ‘zbekiston Respublikasi
M arkaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan,
shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul
qilish kiradi.
S enatning Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini ham guruhlarga
bo‘lib o‘rganilsa, ularni tushunish oson bo‘ladi.
1. S enatning o‘z faoliyati bilan bog‘liq vakolatlari. Bular: Senat Raisi,
rais o‘rinbosarlari, qo‘mitalar raislari, ularning o‘rinbosarlarini saylash; Bosh
prokurorning taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan m ahrum
etish masalasini hal qilish; o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-
qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
2. Boshqa markaziy davlat organlari tarkibini tuzish bilan bog‘liq vakolatlar.
Bular: Prezident taqdimiga binoan Konstitutsiyaviy sudni saylash; Prezidentning
taqdimiga binoan Oliy sudni saylash; Prezidentning taqdimiga muvofiq,
M arkaziy bank boshqaruvi raisini, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
Dostları ilə paylaş: |