1 O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 0 1 8-yil 14*martdagi Farmoni bilan M illiy xavfsizlik xizmati
Davlat xavfsizlik xizm atiga aylantirildi.
2 7 8
vakillarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish, Bosh prokurorni, Hisob palatasi
raisini, Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish
to‘g ‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash.
3. Parlament nazorati bo‘yicha vakolatlar. Bular: Bosh prokurorning,
M arkaziy bank boshqaruvi raisining hisobotini eshitish.
4. Fuqarolarning huquq va erkinligi bilan bog‘liq vakolatlar. Bular:
Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to‘g ‘risidagi hujjatlarni qabul qilish.
S enatning vakolatlariga e’tibor bersak, ularning ayrimlari Prezident taqdimi
bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ayrimlari Prezident farmonlarini tasdiqlash
orqali amalga oshiriladigan vakolatlar ekanligini ko‘rish mumkin.
Bundan qonunchilik hokimiyati bilan davlat boshlig‘i yaqin aloqada bo‘lib,
davlat boshqaruvi bo‘yicha ishlarni hal qilishini ko‘ramiz.
6-§. Qonunchilik jarayoni
Konstitutsiyaga asosan, Oliy Majlis qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiradi. Bu degani, u qonun qabul qiladi. 0 ‘zbekistonda boshqa qonun qabul
qiluvchi organ yo‘q.
Qonun qabul qilishda Oliy Majlisning har ikkala palatasi ishtirok etadi.
Lekin qonunni tayyorlash, loyihalarni muhokama va qabul qilish Qonunchilik
palatasida amalga oshiriladi. Palata nomining o‘zi ham qonun qabul qilishda
u ning roli alohida ekanligini ko‘rsatadi.
Qonun qabul qilish - alohida va aniq tadbirlarni o‘z ichiga oladigan jarayon.
Bu jarayon m a’lum bosqichlardan iborat bo‘lib, qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilik jarayonining ayrim masalalari Konstitutsiyada ham belgilangan
va mos ravishda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamenti to‘g ‘risida»gi Qonunda hamda Senatga taalluqli shunday qonunlar
bilan tartibga solinadi.
Qonunchilik jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
- qonunchilik tashabbusi;
- qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama
qilish;
- qonunlarni qabul qilish va m a’qullash;
- qonunlarni imzolash, e’lon qilish.
Konstitutsiyaning 83-moddasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega
subyektlar ko‘rsatilgan. Unga asosan, qonunchilik tashabbusi huquqiga:
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi
orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori
egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan
qonun loyihasini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
279
Shuningdek, bu moddada qonun loyihasi Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga kiritilishi ham belgilab qo‘yilgan.
Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini taqdim etgan subyektlar loyihaga
quyidagilarni ilova sifatida taqdim qilishi shart:
- qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
- o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g ‘risidagi, shuningdek, qonun
loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
to‘g ‘risidagi qonun loyihasi;
- o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi
yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati;
- moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-
iqtisodiy asoslar;
- davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish,
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha
o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining xulosasi.
2013-yil
18-apreldagi
0 ‘zbekiston
Respublikasining
«O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g ‘risida»gi,
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
haqida»gi Qonuniga muvofiq, qonunchilik jarayoni izchil isloh etildi. Jumladan,
Qonunchilik palatasining Kengashi huzurida Qonunchilik palatasi devoni
xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda kiritiladigan qonun loyihalarini
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish
bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi g u ru h tuziladi.
Kelib tushg an qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, Qonunchilik palatasi Kengashi a’zolarini
ular haqida xabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish
Muvofiqlashtiruvchi g u ru h zimmasiga yuklatildi.
Muvofiqlashtiruvchi g u ru h faoliyatini tashkil etish tartibi Qonunchilik
palatasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul
qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining
subyekti loyiha matnini o‘zgartirish yoki o‘zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib
olish huquqiga ega. Kiritilgan qonun loyihasi, agar ayni shu masala bo‘yicha
qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan
bo‘lsa, qaytarib yuboriladi.
Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi gu ru h n in g axborotini
eshitib, qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun m as’ul qo‘mitani
belgilaydi, unga va bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga qonun loyihasini hamda
unga ilova qilingan materiallarni topshiradi.
M a s ’ul qo‘mita qonun loyihasi bo‘yicha barcha fraksiyalardan fikrlar
va takliflarni to ‘plab, Qonunchilik palatasi K engashiga qonun loyihasini
2 8 0
Q onunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g ‘risida
belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida,
fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasini
Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish yoki qabul qilmaslik
to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
M a s ’ul qo‘mita qonun loyihasini palata kun tartibiga kiritishga tavsiya etsa,
palata Kengashi qo‘mita xulosasi asosida qonun loyihasini birinchi o‘qishda
ko‘rib chiqish uchun palata majlisining kun tartibiga kiritish to‘g ‘risida qaror
qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib
chiqadi.
Qonun
loyihasi
Qonunchilik
palatasi
majlislarida
birinchi
o‘qishda
ko‘rib chiqish chog‘ida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun
loyihasining konsepsiyasi, uning 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq
xarajatlar va moliyalash manbalari to‘g ‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Fraksiyalar qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga
ko‘ra m as’ul qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
M a s ’ul qo‘mita fraksiyalari, manfaatdor tashkilotlar hamda ekspertlar
guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan holda qonun loyihasining
dastlabki tarzdagi muhokamasini o‘tkazadi va agar Qonunchilik palatasi Kengashi
tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan
e’tiboran ikki oy ichida unga:
- Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib
chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g ‘risidagi qarori loyihasini;
- m as’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish
zarurligi asoslangan xulosasini;
- fraksiyalarning qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarini ilova qilgan
holda, Qonunchilik palatasi Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilish ochiq
qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif
etilgan holda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil variantlari
kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasi
deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p miqdordagi
ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan hisoblanadi.
Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad
etilgan hisoblanadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda ko‘rib
chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi,
281
shuningdek,
qonunni
amalga
oshirish
bilan
bog‘liq
xarajatlar
hamda
moliyalashtirish manbalari to‘g ‘risidagi masala muhokama qilinadi. Bunda
m a’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini
deputatlarga yetkazishi shart.
Fraksiyalarning qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari hisobga olinishi
shart.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib
chiqish chog'ida m as’ul qo‘mita m a’qullagan takliflar ham, m a’qullamagan
takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-
modda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini
maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga kiritish
muddatini belgilagan holda uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish yoxud qonun
loyihasini rad etish to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan to‘laligicha ovozga
qo‘yiladi.
Q onun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda,
m a s ’ul qo‘m ita n in g taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qish tartib-taom illarini
istisno etg an holda qabul qilish to ‘g ‘risidagi m asala ovozga qo‘yilishi m um kin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy qonunlar uchdan ikki qism
ovoz bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga
ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda qonun loyihasini
Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan materiallar yuboriladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasida muhokama qilish jarayonida
Qonunchilik palatasi loyihani umumxalq muhokamasiga qo'yish haqida qaror
qabul qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga asosan, Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senat
tomonidan ko‘rib chiqilib, m a’qullanishi kerak.
Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan
qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan
qo‘mitaga topshiriladi.
M a s ’ul qo‘mitaning xulosasida qonunni m a’qullash yoki rad etish zarurligi
to‘g ‘risidagi tavsiya ifodalangan baho bo‘lishi kerak. Qonunni rad etish
zarurligi to‘g ‘risidagi xulosada m as’ul qo‘mitaning qonunni rad etish zarur deb
hisoblashining vajlari bayon etilishi lozim. M a s ’ul qo‘m itaning xulosasi Senat
Kengashiga taqdim etiladi, Kengash qonunni Senat majlisining kun tartibi
loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g ‘risida qaror qabul qiladi.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish m a’ruzachining m as’ul qo‘mita
xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan qonun yuzasidan
uning muhokamasi jarayonida senatorlar so‘zga chiqishlari mumkin.
2 8 2
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan
m a’qullanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar bundan mustasno.
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun
Senat qarori bilan birgalikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga yuboriladi.
Senatning qonunni rad etish to‘g ‘risidagi qarorida rad etish vajlari ko‘rsatilishi
kerak. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish
zarurligi to‘g ‘risidagi, shuningdek, kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi takliflar
bayon etilishi mumkin.
Senatning qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g ‘risidagi qarori mazkur
qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga
yuboriladi.
Qonunchilik jarayonida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
qonun Senat tomonidan rad etilganda yoki Senat ma’qullab, Prezidentga
imzolash uchun yuborilgan qonunlar Prezident tomonidan rad etilganda qonunni
Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqish tartiblari ham belgilangan.
Senat tomonidan rad etilgan yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan e’tirozlar bilan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan
bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
M as’ul qo‘mita Senat tomonidan rad etilgan yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun yuzasidan xulosa beradi.
M as’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi
tomonidan qayta ko‘rib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik
palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni Qonunchilik
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik
ovozi bilan yana m a’qullasa, qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta
ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul
qilinadi:
- qonunni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va
takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
- qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;
- qonunni avvalgi qabul qilingan tahrirda ma’qullash.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan
m a’qullansa, Senatga ma’qullash uchun yuboriladi.
Bu qonun qabul qilish jarayonida Qonunchilik palatasining huquqlari
ustuvorligini, Qonunchilik palatasida o‘z fikrini o‘tkazishning kuchli vositasi
mavjudligini ko‘rsatadi.
2 8 3
Qonunchilik bosqichlarida qonunlarni imzolash va e’lon qilish jarayoni mavjud
bo‘lib, bu Oliy Majlisda qabul qilingan qonunlarning rasmiy kuchga kirishini
ta’minlaydi. Konstitutsiyaning 84-moddasiga binoan, qonun Qonunchilik palatasi
tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan m a’qullanib, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy
nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘Iadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati m a’qullagan qonun
imzolanishi va e’lon qilinishi uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n
kun ichida yuboriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida
imzolanadi va e’lon qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan
m a’qullansa, qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun
ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon
qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.
Konstitutsiyada, qonunlarda qonun qabul qilish jarayonida Qonunchilik
palatasi va Senat o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish
tartiblari ham belgilangan bo‘lib, bu Kelishuv komissiyasini tuzish orqali amalga
oshiriladi.
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat
yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini
tuzishi mumkin.
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasini tuzish to‘g ‘risidagi tashabbus
Qonunchilik
palatasi
Spikeridan,
shuningdek,
fraksiyalar va
deputatlar
guruhlaridan chiqishi mumkin.
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi
Spikeri va Senat Raisi tomonidan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan va Senatdan ko‘rsatilgan
tarkibi ularning majlisida tasdiqlanadi.
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a’zolari o‘z tarkibidan
ko‘pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini saylaydilar.
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida
Senatning har bir e’tirozini alohida-alohida ovoz berish orqali qabul qiladi.
Kelishuv k om issiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan
Qonunchilik palatasi d eputatlari va sen a to rla rn in g alohida-alohida ovoz
berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, a g a r ko m issiy an in g har bir palatadan
284
sa y lan g a n a ’zolarining ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qabul
qilingan hisoblanadi.
Kelishuv komissiyasi amalga oshirgan ishining natijalari yuzasidan
kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa
qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasining
matni ilova qilinadi.
Xulosa Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangan kelishuv komissiyasining
hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatga
topshiriladi.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik
palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunni qayta ko*rib chiqishda
kelishuv komissiyasining bayonnomasida mavjud bo‘lgan takliflargina muhokama
qilinadi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik
palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata
tomonidan m a’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom
ettirishni taklif qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilsa,
u m a’qullash uchun Senatga yuboriladi.
A gar kelishuv komissiyasining qonun bo‘yicha ishlari yakunlariga ko‘ra
kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida qayta
ko‘rib chiqilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |