4-§. Oliy Majlis palatalarin in g tashkiliy faoliyati
shakli va ichki tu zilish i
Oliy Majlisning tashkiliy shakli uning faoliyatini amalga oshirish usuli
bo‘lib, shu orqali palatalar o‘z vazifalarini bajaradi, vakolatlarini amalga oshiradi.
Palatalar faoliyatining shakli Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Palatalarning ichki tuzilishi har bir palataning tarkibiy tuzilmalari
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular palatalarning ishini tashkil qilishga, palatalarga
o‘z vazifasini bajarishiga yordam beradi. Palatalarning ichki tarkibiy tuzilmasini
tashkil qilish, ularning vazifasi Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan.
Oliy Majlis palatalarining tashkil bo‘lishi, tarkibidagi farqlar hamda mustaqil
vazifalarining mavjudligi ularning tashkiliy faoliyat shaklida, ichki tuzilishida
farqlar, alohida xususiyatlar bo'lishini taqozo etadi.
Shuning uchun palatalarning tashkiliy faoliyat shakli va ichki tuzilishini
alohida palatalar misolida yoritish maqsadga muvofiq bo‘lib, bu talabalarga
mazkur masalalarni oson o‘zlashtirish imkonini berishi mumkin.
I. Qonunchilik palatasi.
Konstitutsiya va « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi to‘g ‘risida»gi Q onunga asosan, Qonunchilik palatasi faoliyatining
tashkiliy shakli uning sessiyalari davrida o‘tkaziladigan majlislaridir.
Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etishning prinsiplari: masalalarni
birgalikda va erkin muhokama qilish, oshkoralik, jamoatchilik fikrini hisobga
olish hisoblanadi (bu prinsiplar Senat faoliyatiga ham taalluqlidir).
Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyalari qoida tariqasida sentabrning
birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar
o‘tkaziladi. Bu Qonunchilik palatasining doimiy ishlovchi organligidan kelib
chiqib o‘rnatilgan.
2 6 8
P alataning saylovdan keyingi birinchi sessiyasi saylovdan so‘ng ikki oydan
kechiktirmay M arkaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi va birinchi
majlisni M arkaziy saylov komissiyasi raisi ochadi hamda palata spikeri
saylangunicha majlisga raislik qiladi.
P alataning majlislari, agar ularda barcha deputatlarning kamida yarmi
ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda
barcha deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislarida,
shuningdek,
ularning
organlari
majlislarida
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti, Senat raisi, Bosh vazir, Vazirlar M ahkamasining a’zolari, Respublika
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori, Markaziy banki boshqaruvining
raisi ishtirok etishi mumkin.
Qonunchilik palatasi majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat
tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar,
OAV vakillari taklif qilinishi mumkin.
Palataning majlislari ochiq va oshkora o‘tkazilishi, zarur hollarda Palata
yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi Senat bilan birga qo‘shm a majlis ham o‘tkazishi
m um kin. Q o‘shm a majlislar 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod
qilganda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti m am lakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan
nutq so ‘zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so‘zlaganda o‘tkaziladi.
P a la ta la rn in g kelishuviga bi-noan qo‘shm a majlislar boshqa m asalalar
y uzasidan ham o‘tkazilishi mumkin.
2011-yilgi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga asosan, Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish masalasi Oliy Majlis palatalarining
qo‘shma majlisiga kiritilishi belgilandi.
Qo‘shma majlislar unda Qonunchilik palatasi va Senat a’zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi vakolatli hisoblanadi. Qo‘shma
majlisda qo‘shma qaror qabul qilinishi mumkin. Bunda ham ovoz berish alohida-
alohida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi qarorlari deputatlar umumiy sonining ko‘pchiligi ovozi
bilan qabul qilinadi. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g ‘risidagi, shuningdek,
konstitutsiyaviy qonunlar deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovozi
bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi ichki tuzilishi deganda, palata tomonidan tashkil
qilinadigan, uning ishiga yordam beruvchi tuzilmalar tushuniladi. Shulardan
birinchisi - Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlaridir.
Saylovdan keyingi birinchi majlisda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning
o‘rinbosarlarini saylaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va
uning o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umum iy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga saylanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umum iy sonining
uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik
palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik
palatasi
muhokamasiga
kiritiladigan
masalalarni
tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik
palatasi
qo‘mitalari
va
komissiyalarining
faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Qonunchilik palatasi qarorlarining
ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bog‘liq Qonunchilik palatasi g uruhlarining
faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari,
chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda
Qonunchilik palatasi nomidan ish ko‘radi;
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
farmoyishlar chiqaradi.
Bu vakolatlar Konstitutsiyada ko‘rsatilgan bo‘lib, «O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda
Spikerning yana boshqa vakolatlari ham ko‘rsatilgan (14-modda), jumladan,
Qonunchilik palatasida qabul qilingan qarorlarni Senatga yuborish, Spiker
o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va hokazo.
Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan palataning vakolat muddatiga Spiker
birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari saylanadi. Qonunchilik palatasidagi fraksiya
o‘z vakilini Spiker o‘rinbosarligiga saylanishida kafolatli huquqqa ega. Ya’ni har
bir fraksiyadan, albatta, Spiker o‘rinbosari saylanadi. Spiker o‘rinbosarligiga, qoida
tariqasida, fraksiya o‘z rahbari nomzodini ko‘rsatadi. Spiker o‘rinbosarlari deputatlar
umumiy ko‘pchiligining ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Spiker o‘rinbosari Spikerning topshirig‘iga binoan uning ayrim vazifalarini
bajaradi, u yo‘qligida uning vazifalarini bajarib turadi.
Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali deputatlar uchdan
ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan muddatidan ilgari chaqirib olinishi
mumkin.
2 7 0
Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilmalaridan biri Qonunchilik palatasi
Kengashidir.
Palata faoliyatini samarali tashkil etish, qo‘mitalar ishini muvofiqlashtirib
borish, qonun loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish, kun tartibidagi
masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik
palatasi Kengashi tuziladi. Uning tarkibiga Spiker, uning o‘rinbosarlari,
fraksiyalar va deputatlar guruhlari rahbarlari, qo‘mitalarning raislari kiradi.
Kengash palata majlislari oralig‘ida zaruratga qarab to‘planadi. Kengash
qarori a’zolarning ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi tarkibida uning deputatlaridan palataning vakolati
muddatiga saylanadigan qo‘mitalar muhim rol o‘ynaydi.
Konstitutsiyaga asosan, Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash
ishini olib borish, palata muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki
tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, qonunlar hamda palata tomonidan qabul
qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish uchun o‘z vakolati muddatiga deputatlar
orasidan qo‘mitalarni saylaydi.
Qo‘mitalarni saylash tartibi, vakolatlari, ularning ishini tashkil etish,
qo‘mitalarning majlislarini o‘tkazish, qarorlarning yuridik kuchi haqidagi
masalalar « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 17-21-moddalarida tartibga solingan.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti
to‘g ‘risida»gi Qonunga asosan, Qonunchilik palatasida qoida tariqasida reglament;
budjet, bank va moliya masalalari; iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik; qonunchilik
va sud-huquq masalalari; mehnat va ijtimoiy masalalar; mudofaa va xavfsizlik
masalalari; xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari tuzilishi shart.
Palata boshqa qo‘mitalarni ham tuzishi mumkin. Qo‘mitalarning umumiy soni,
qoida tariqasida, o‘ntadan oshmasligi kerak.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g ‘risida»gi
Q onunning 22-moddasida Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish
uchun komissiyalar tuzishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Komissiya ham palata
majlisida deputatlar orasidan tuziladi. Uni tuzish vaqtida nima uchun komissiya
tuzilayotganligi, uning vakolatlari belgilab qo‘yiladi. Komissiya o‘z vazifasini
bajargach yoki palata qaroriga asosan faoliyatini tugatadi.
Qonunchilik palatasi tarkibiy tuzilmalarini deputatlar birlashmalari ham
tashkil etadi. Palata deputatlari siyosiy, professional va boshqa asoslarga ko‘ra
fraksiyalar tuzishlari mumkin.
Fraksiya alohida tartibda tuziladi. Fraksiya - siyosiy partiyalardan saylangan
deputatlardan partiya manfaatlarini parlamentda ifodalash maqsadida tuziladigan
va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan deputatlar birlashmasi.
Deputat faqat bitta fraksiya yoki guruhga a’zo bo‘lishi mumkin. Siyosiy
partiyadan ko‘rsatilgan deputat faqat shu partiya fraksiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin.
Qonunchilik palatasining kamida 9 nafar deputati fraksiya tuzishi mumkin.
271
Fraksiya va guruhlarni tuzish, ularning faoliyatini tashkil qilish, vazifa hamda
vakolatlari « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda va « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g ‘risida»gi Qonunda belgilangan.
Parlamentdagi ko‘pchilik va parlamentdagi muxolifat, fraksiyalarning blokka
birlashish masalasi ham Qonunchilik palatasi faoliyatiga, ichki tuzilishiga bog‘liq
masaladir. Qonunchilik palatasida ko‘pchilikdan iborat fraksiya parlamentdagi
ko‘pchilikni tashkil etadi. Maqsad va vazifalarining yaqinligi, o‘xshashligiga
qarab fraksiya blok tuzishi va bu blok parlament ko‘pchiligini tashkil etishi
mumkin.
Yangitdan shakllantirilgan hukum atning tutgan yo‘li va dasturi yoki uning
ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan fraksiyalar va deputatlar guruhlari
o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin. 0 ‘zini muxolifat deb e’lon qilgan
fraksiya qonunda fraksiyalar uchun belgilangan vakolatlardan foydalanish bilan
birga, qo‘shimcha quyidagi huquqlardan foydalanadi:
- Qonunchilik palatasining m as’ul qo‘mitasiga tegishli masala yuzasidan
m a’ruzasi bilan bir vaqtda, qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;
- muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini palata
yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
- Senat tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z
vakillarining bo‘lishi kafolatlanadi.
Muxolifat huquqlari parlamentdagi ko‘pchi!ik tomonidan kamsitilishi mum kin
emas. Qonunlarda fraksiya va deputatlar guruhining faoliyatini tugatish ham
ko‘zda tutilgan. Fraksiya yoki g u ru h tashabbusi, qonunchilik palatasining vakolat
muddati tugashi bilan fraksiya va guruh tuzish uchun belgilangan miqdordan
kam deputatlar tarkibida qolsa, ularning faoliyati tugatiladi. Qonunlarga ko‘ra,
tegishli siyosiy partiya tugatilsa, fraksiya ham tugatiladi.
II. Senat faoliyatining tashkiliy shakli va Senatning tarkibiy tuzilmasi
Konstitutsiya va qonunlarga asosan, Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning
majlisidir. Senatning birinchi majlisi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Senat
tarkib topgandan keyin bir oydan kechiktirmay chaqiriladi, majlisni Markaziy saylov
komissiyasi raisi ochib, Senat Raisi saylanguncha unga raislik qiladi.
Senat doimiy ishlovchi palata emas, uning majlislari zaruratga qarab, lekin
bir yilda kamida uch m arta o‘tkazilishi kerak.
Senatning navbatdan tashqari majlisining o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib,
u Prezident, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat a’zolari umumiy sonining
uchdan bir qismi taklifi bilan chaqirilishi mumkin.
Senat
majlislarida
Qonunchilik
palatasida
qabul
qilingan
qonunlar
m a’qullanadi yoki rad etiladi, shuningdek, Senat hujjatlari qabul qilinadi.
Senat majlisi, agar unda senatorlar umumiy sonining yarmidan ko‘pi
ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiya qabul qilish va
2 7 2
unga o‘zgartirish kiritish, Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilishda senatorlar
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Senat va uning organlari majlislarida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari,
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuror ishtirok etishlari mumkin. Bundan
tashqari, Konstitutsiyada (81-modda) Senat majlislarida va uning organlari
majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi ishtirok etishi ham ko‘rsatilgan.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning, ilmiy
m uassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, OAV vakillari taklif etilishi
mumkin.
Senat majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Zarur hollarda Senat qarori
asosida yopiq majlis o‘tkazilishi mumkin. Senat Qonunchilik palatasi bilan birga
qo‘shma majlislar o‘tkazadi. Bu haqda Qonunchilik palatasiga bag‘ishlangan
qismda batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Senat ham o‘z ichki tuzilmasiga ega.
S enatning birinchi majlisida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar
umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Senat vakolat muddatiga Senat Raisi
saylanadi.
Birinchi majlisda Senat Raisi bilan birga, uning birinchi o‘rinbosari va
o‘rinbosarlari ham saylanadi, o‘rinbosarlardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi
vakili bo‘ladi.
Senat Raisi o‘z vazifasini bajarishi davrida siyosiy partiyalar va harakatlarga
a’zolikni to‘xtatib turadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil qiladi;
5) parlamentlararo aloqalarni am alga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlar ishi bilan bog‘liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik
qiladi;
6) 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi
(Konstitutsiyaning 86-moddasi).
2 7 3
« 0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Senati
to‘g ‘risida»gi
Konstitutsiyaviy qonunda Senat Raisining yana boshqa vakolatlari ham
ko‘rsatilgan, ya’ni Senat m a’qullagan qonunlarni imzolash uchun Prezidentga
yuborish, o‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va boshqalar (Qonunning
14-moddasi).
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan
ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan muddatidan ilgari chaqirib olinishi
mumkin.
Senat Raisining o‘rinbosarlari Raisning topshirig‘iga binoan uning ayrim
vazifalarini, Rais yo‘qligida esa, uning vazifalarini bajaradi.
Senatning ichki tuzilmasi sifatida Senat Kengashini ko‘rsatish mumkin.
S en at
faoliyatini
sam arali
tashkil
etish,
qo‘m italar
faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonu n larn i
dastlabki ta rz d a ko‘rib chiqishni tashkil etish uchun S enat Kengashi tuziladi.
U n in g tarkibiga S enat Raisi, o‘rinbosarlari, qo‘m italarin in g raislari kiradi.
S enatda fraksiyalar tuzilm asligi sababli Kengash tarkibida fraksiya boshliqlari
yo‘q.
Kengash Senat majlislari oraliqlarida, shuningdek, zaruratga qarab to‘planadi.
Uning qarori Senat a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi kabi Senatning ichki tuzilishida qo‘mitalar alohida rol
o‘ynaydi.
Konstitutsiyaning
87-moddasida
Senat
muhokamasiga
kiritiladigan
masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyorlash, qonunlar hamda Senat
tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ijrosini nazorat qilish uchun senatorlar
orasidan Senatning vakolat muddatiga qo‘mitalar saylanishi belgilangan.
Konstitutsiyaning shu moddasida zaru r bo‘lgan vaqtda muayyan vazifalarni
bajarish uchun senatorlar orasidan komissiyalar tuzilishi ko‘rsatilgan.
Oliy Majlis Senatining ichki tuzilishida Qonunchilik palatasidagi kabi,
Dostları ilə paylaş: |