Qonunchilik
palatasining deputatlari saylovi Konstitutsiyada vakillik
organlari
uchun
belgilangan
muddatda
(Konstitutsiyaning
117-moddasi)
o‘tkaziladi. Bu saylov umumxalq saylovi bo‘lib, unda barcha 18 yoshga yetgan
(Konstitutsiyaning 117-moddasida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari) 0 ‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari ishtirok etadi. Saylov umumiy, teng, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasiga saylovlar haqida darslikning «Saylov tizimi» haqidagi
bobida batafsil to‘xtalganmiz.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017-yil
22-dekabrdagi
Oliy
Majlisga M u ro jaatn o m asid a Qonunchilik palatasiga Ekologik h a rak a t uchun
joy ajratishdan voz kechish vaqti kelganligi aytildi1.
Bu Saylov kodeksida o‘z ifodasini topdi va unga asosan
endilikda Qonunchilik
palatasining barcha - ya’ni 150 deputati umumiy, teng, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan xalq tomonidan saylanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi Senat bo‘lib, u
Konstitutsiyaning 77-moddasiga binoan, hududiy vakillik palatasi hisoblanadi va
S enat a’zolaridan (senatorlardan) iborat boladi. Konstitutsiyaning shu moddasida
Senatni shakllantirish tartibi belgilangan. Unga asosan,
Oliy Majlisning Senati
a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tum anlar
va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli
qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridan teng miqdorda -
olti kishidan saylanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n
olti nafar a’zosi fan, s a n ’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va
jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan
hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida oxirgi besh yil
0 ‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati,
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi
mumkin. Deputatlikka va senatorlikka nomzodlarga qo‘yiladigan
talablar qonun
bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi»ning 14 bobi «Senatni shakllantirish
tartibi» deb nomlangan va unda Senatni shakllantirish keng tartibga solingan.
Oliy Majlisning yuqori palatasi - Senat ham saylov, ham tayinlash yo‘li
bilan shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: