O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiyasi fraksiyasi, 47 nafar deputatdan iborat «Adolat» sotsial-demokratik



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiyasi fraksiyasi, 47 nafar deputatdan iborat «Adolat» sotsial-demokratik 
partiyasi fraksiyasi, 14 nafar deputatdan iborat «Vatan taraqqiyoti» partiyasi 
fraksiyasi ro‘yxatga olindi.
«Vakillik hokim iyatini vujudga keltirishning jahondagi eng
dem okratik tizim laridan biri tashkil etildi. 0 ‘zbekiston Parlam enti —
Oliy M ajlis ilk marta ko'ppartiyaviylik asosida saylandi»3.
1995-yilda saylangan parlament - Oliy Majlis 0 ‘zbekiston hayotida, xalqlar 
taqdirida muhim rol o‘ynadi. Jam iyatning rivojlanishini ta ’minlovchi huquqiy 
asoslar yaratildi. Parlamentda xalqchillik o‘rnatildi. Parlamentda ishlash tajribasi 
vujudga keldi, aytish mumkinki, u mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatda 
barqarorlikni ta ’minlash kabi muhim vazifalarni bajardi.
Lekin jamiyatning rivojlanishi islohotlarni doimiy ravishda o‘tkazib borishni 
taqozo etadi. Shuning uchun XX asr oxirida - 2000-yillarda Parlamentni yanada 
rivojlantirish zarurati vujudga keldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil may oyida bo‘lib o‘tg an
sessiyasida Prezident Oliy Majlisni ikki palatali tizimga o‘tkazish hamda 
professional parlamentni shakllantirish g'oyasini ilgari surdi. Hayotning, kishilar 
ongining o‘zgarishi parlamentni qayta tashkil qilish va uning davlat hokimiyatini 
tashkil etishdagi rolini yanada oshirish lozimligi ta ’kidlandi.
Parlamentni tashkil qilish masalasi yuzasidan xalqning fikrini bilish 
maqsadga muvofiq deb topilib, 2002-yil 27-yanvarda referendum o‘tkazilib, unga 
ikki palatali parlamentga o‘tish hamda Prezident vakolati muddatini besh yildan 
yetti yilga o‘zgartirish haqidagi masala kiritildi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to ‘plami. - T .:
2007. 148-164-b etlar.

Bu qonun Oliy Majlis ikki palatali bo‘lguncha amalda bo'lgan.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin