Prezidentning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilinishiga, shuningdek, uning
sha’ni, qadr-qimmatiga putur yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday holatlar
sodir etilgan bo‘lsa, qonun bilan jazolanadi.
Prezidentning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi. Unga muddati o‘ttiz olti ish kunidan iborat yillik haq
to‘lanadigan ta ’til beriladi.
Prezident iste’foga chiqqach, umrbod Senat a’zosi bo‘lib qoladi.
Prezident Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida qarorgohlarga ega.
Prezident aloqa vositalarining barcha turi bilan ta ’minlanadi. Prezidentga
avtotransport, shuningdek, mamlakat ichkarisi va chet ellarga qilinadigan
safarlar uchun samolyot va vertolyot ajratiladi. Prezidentga bepul tibbiy xizmat
ko‘rsatiladi va sanatoriya-kurortlarda davolanishi ta ’minlanadi. Yuqorida qayd
qilinganidek, Prezident hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni qonun bilan alohida muhofaza
qilinadi. Prezident hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, obro‘siga qarshi qilingan harakatlar
uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasida javobgarlik
belgilangan.
Prezident faoliyatining asosiy kafolati qoidalari eks-Prezident (sobiq
Prezident) va uning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: