O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Bosh vazirning huquqiy maqomi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5-§. Bosh vazirning huquqiy maqomi
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasidagi eng yuqori mansabdor shaxs - hukum at 
boshlig‘idir. Uning vazifa - vakolatlari, m as’uliyati Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilab qo‘yilgan. 2014-yil aprel oyida Konstitutsiyaga kiritilgan qo‘shimcha 
Bosh vazirning huquqiy maqomini yanada aniqroq belgiladi.
Unga asosan, Bosh vazir:
- Vazirlar M ahkam asi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, 
uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
- Vazirlar M ahkam asining majlislarida raislik qiladi, u n ing qarorlarini 
imzolaydi;
- xalqaro munosabatlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ah k am asi 
nomidan ish ko‘radi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni 
bajaradi.
Avvalgi Konstitutsiya normalarida Bosh vazir xalqaro munosabatlarda 
Vazirlar M ahkam asi nomidan Prezident topshirig‘iga binoan ish ko‘rishi 
belgilangan bo‘lsa, bu holatda «Prezident topshirig‘iga ko‘ra» degan so‘zning 
yo‘qligi Vazirlar M ahkam asi va Bosh vazirning mustaqilligi kengaytirilganini 
ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim yangilik, Bosh vazir lavozimiga 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va 
tasdiqlanayotganda Vazirlar M ahkam asining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga 
mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bundan tashqari, Bosh vazirning konstitutsiyaviy vakolatlari qatoriga 
Prezidentga tasdiqlash uchun Vazirlar M ahkam asi a’zolarini, viloyat, Toshkent 
shahar hokimlari nomzodlarini taqdim etish huquqi ham kiradi.
Konstitutsiyada Bosh vazirning Vazirlar M ahkam asining ishi samarali bo‘lishi 
uchun shaxsan javobgar bo‘lishi ko‘rsatib qo‘yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyada 
yana Bosh vazir 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, Prezident farmonlarida, 
qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi 
belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi to‘g ‘risida»gi Q onunning
21-moddasida Bosh vazirning vakolat, vazifa va majburiyatlari quyidagicha 
belgilangan:
3 0 8


- Vazirlar M ahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, 
uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati oldiga qo‘yilgan maqsadli vazifalarning 
bajarilishini ta ’minlash maqsadida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat 
boshqaruvi organlari faoliyatini umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga 
oshiradi, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- Vazirlar M ahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini 
imzolaydi;
- xalqaro munosabatlarda Vazirlar M ahkamasi nomidan ish ko‘radi, 
muzokaralar olib boradi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro 
shartnom alarni imzolaydi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir 
o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar M ahkamasi majlisida ko‘rib 
chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g ‘risida 
taqdimnomalar kiritadi;
- Vazirlar M ahkam asining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
yakunlari va navbatdagi yil uchun asosiy ustuvorliklar to‘g ‘risidagi har yilgi 
m a’ruzasini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etadi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi H ukum ati a ’zolari bilan birgalikda har 
chorakda Oliy Majlisi palatalariga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan 
davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g ‘risida hisobot taqdim etadi;
- Vazirlar M ahkamasi a’zoligiga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan 
m a’qullanganidan keyin bu nomzodlarni 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
taqdim etadi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni 
bajaradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar 
chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar M ahkam asining ishi to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga m untazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari 
yoki Bosh vazir oYinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar 
chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar M ahkam asining ishi to‘g ‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga m untazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosarlaridan biri 
bajaradi.
309


Bosh vazir vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh vazirning 
o‘rinbosarlari m a’lum rol o‘ynaydi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq, o‘zlari rahbarlik 
qilayotgan tarm oqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining 
boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni 
amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar. Vazirlar M ahkam asi 
muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.
Vazirlar M ahkam asi faoliyatini tashkil etishda Vazirlar M ahkam asi Rayosati 
muhim rol o‘ynaydi.
Rayosat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda tuzilib
Vazirlar M ah k am asin in g doimiy ishlovchi organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Bosh vazirning qaroriga ko‘ra, Rayosat tarkibiga 0 ‘zbekiston Respublikasi 
H u kum atining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.
M am lakatim izda davlat qurilishi va boshqaruv sohasida olib borilgan 
islohotlar demokratlashtirishni nazarda tu tar ekan, u Bosh vazir maqomiga 
ham ta ’sir qiladi. Bu, bir tomondan, Bosh vazir vakolatlarini kengaytirish, 
mustaqilligini ta ’minlashni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, Bosh vazirning 
m a s’uliyatini ham kuchaytiradi.
B unga misol sifatida Konstitutsiyaga Bosh Vazirni Parlam entga hisob 
berish qoidasi kiritilganligini ko‘rsatish mumkin (Konstitutsiyaning 78-moddasi, 
15-bandi).

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin