«Poytaxtim iz Toshkent shahrida tum anlar darajasida xalq deputatlari K engashlari ta’sis etild i. Shu vaqtgacha poytaxt tu m anlarining fuqarolari bunday im koniyatlarga ega emas edi. Biz bu borada adolatni tiklab, K onstitutsiyam izga tegish li o‘zgartirishlar kiritdik. Toshkent shahri ah olisi ham endi o‘z vakillari — deputatlar orqali tu m a n la r n i b o s h q a r is h d a ish tir o k e tis h im k o n iy a tig a eg a boM m oqda»1. 2017-yil 24-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Toshkent aholisi tum an deputatlarini
saylashda ishtirok etdi. Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tizimi, Toshkent
tum anlarining Kengashlari hisobiga yanada kengaydi.
Shunday qilib, mahalliy davlat hokimiyati organlari, m am lakatning m a’muriy-
hududiy tuzilishiga qarab viloyat, tu m an va shahar pog‘onalarida faoliyat
ko‘rsatadi. Ular davlat hokimiyatining vakillik organlari va ijro hokimiyati
organlari ko‘rinishida mavjuddir.
Mahalliy hokimiyat organlariningtizim i deganda, viloyat, tum an, shaharlarda
tashkil qilinadigan davlat hokimiyatining vakillik organlari - xalq deputatlari
Kengashlari va ijroiya hokimiyati organlari - hokimliklar yig‘indisi tushuniladi.
Bu tizimga kiruvchi vakillik hokimiyati organlari bir-biridan mustaqil, hamkorlik
asosida tashkil qilinsa va faoliyat yuritsa, ijro hokimiyati organlari - hokimlar
vertikal bo‘ysunish asosida tashkil topadi va faoliyat yuritadi.
2-§. M ahalliy davlat hokim iyati organ larining vazifalari ham da vakolatlari Konstitutsiyaga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mustaqil vakillik
va ijro hokimiyati organlariga bo‘linsa-da, ularning vazifalari Konstitutsiyada
alohida-alohida ko‘rsatilmagan. Konstitutsiyada (100-modda) mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoriga berilgan vazifalar umumiy tarzda bayon qilingan.
1