- sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan, bedarak yo'qolgan yoki
vafot etgan deb topilsa;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
-
vafot etsa;
- Kengash muddatidan avval tarqatib yuborilsa.
D eputatning deputatlik nomiga dog‘ tushiruvchi xulq-atvori ham, agar
masala Kengashda ko‘rilib, xulosaga kelinsa, vakolat muddatidan avval tugatilishi
mumkin (3-modda).
Deputatning huquqlari Qonunning 5-moddasida batafsil bayon qilingan,
unga ko‘ra, deputat sessiyada ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar bo‘yicha hal
qiluvchi ovozga ega:
- u, Kengashning barcha doimiy, muvaqqat komissiyalari
tarkibiga saylanishga;
- sessiyada ko‘rib chiqilishi uchun
masalalar taklif qilishga;
- kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi hamda
bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirishga;
-
Kengash tomonidan saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan
mansabdor shaxslar nomzodi yuzasidan fikr bildirishga;
- sessiyalarda, munozaralarda ishtirok etishga,
raislik qiluvchi va
m a’ruzachiga savollar berishga;
- deputat so‘rovi bilan murojaat qilishga;
- o‘z takliflarini isbotlash yoki ovoz berish sabablarini izohlash uchun so‘zga
chiqishga;
- raislik qiluvchiga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o‘z nutqi
matnini, taklifi yoki mulohazasini topshirishga;
- o‘zi a’zo bo‘lgan Kengash komissiyasining qaroriga qo‘shilmagan
taqdirda
o‘z nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda yozma xabar qilishga;
- har qanday mansabdor shaxsni sessiyada hisobotini eshitish taklifini
kiritishga;
- qonunlar ijro etilishini, Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish
to‘g ‘risida masalalar taklif qilishga;
- Kengash sessiyasi stenogrammalari bilan tanishishga;
- saylovchilar bilan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy
Dostları ilə paylaş: