0 ‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy
muhitni so g ‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda
oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g ‘risida» farmoni alohida ahamiyatga ega.
Bu farmon aslo o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
davlat tomonidan
boshqarishni ko‘zda tutmaydi. Farmonning nomidan ham m a’lumki u mahalla
institutini yanada qo‘llab quvvatlashni, shu asosda uni ta ’sirli, foydali boshqaruv
instituti darajasiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘yadi.
Hozirgi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oldiga
qo‘yilgan vazifalarni to‘la bajara olmayotgani ayon bo‘lib qoldi. Sababi keyingi
paytda, nomarkazlashtirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining
rolini oshirish shiori ostida ularga ko‘plab, ahamiyatsiz, ularga xos bo‘lmagan
vazifalarni yuklash yo‘lidan borildi. Ular shunday bekorchi, mayda-chuyda
vazifalar ta ’sirida o‘ralashib qolib, asosiy masalalardan chetda qoldi. Bundan
tashqari mahalliy ijro organlari har qanday tadbirlarga ularni jalb qilish hollari
ham, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga salbiy ta ’sir qildi.
Shunday salbiy holatlarga barham berishni va o‘zini o‘zi boshqarishni
yanada rivojlantirishni ko‘zda
tutgan Prezident farmoni, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlarini boshqa davlat organlari bilan munosabatini yanada
takomillashtirdi.
Endi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari
ko‘rsatm alarinigina bajaradigan, ularning yordamchi organlari em as davlat
organlari oldiga talab qo‘yadigan, ularning talabi ko‘rib chiqilishi majburiy
organga aylandi.
Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat organlarining
munosabatida
demokratik jihatlarni, sheriklikni mustahkam lash, kengayganini
ko‘rsatadi.
Farmon asosida viloyatlar, tum anlar va shaharlarda hokim o‘rinbosari
maqomidagi - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i lavozimini
tashkil etilishi ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini davlat
organlari bilan munosabatida yangi mazmundagi hamkorlik vujudga kelishini
ko‘rsatadi.
Farmonda mahalla institutining
ichki ishlar organini, boshqa davlat idoralari
va jamoat tashkilotlari bilan uzluksiz, tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda
tutildi.
Farmon bilan tashkil qilingan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
oilani qo‘llab-quvvatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan hamkorlik o‘rnatadigan vakolatli davlat boshqaruvi
organi deb belgilandi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va davlat organlari
bilan munosabatini kengaytirish va mutanosib tashkil qilishda 0 ‘zbekiston
Prezidentining «Konstitutsiya va qonun ustivorligini ta ’minlash, bu borada
342
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda
huquqiy madaniyatni
yuksaltirish
bo‘yicha
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»
gi 2019-yil
14-dekabrdagi farmoni ham muxim rol o‘ynaydi. Unda belgilangan qoidalar
fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan davlat organlari
m u n o sab atlarin i kengaytiriladi va hamkorlikdan o‘zaro manfaat vujudga
kelishini ta ’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: