Microsoft Word Economic theory lecture 11


 Korxona (firma) ning pul daromadlari va foydasi. Foyda normasi va massasi, ularga



Yüklə 215,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix01.12.2023
ölçüsü215,3 Kb.
#170854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 11

11.3. Korxona (firma) ning pul daromadlari va foydasi. Foyda normasi va massasi, ularga 
ta’sir etuvchi omillar. 
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan 
sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari 
yoki pul daromadlari deyiladi. Aytaylik, korxonada bir oy davomida 200 ming dona «Motor» 
mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning narxi 2000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar 
sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik pul tushumi 400 mln. so‘m (200000 × 2000) ga teng 
bo‘ladi. 
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho bera olmaydi. 
Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, pul 
tushumlarining xarajatlardan ajratib olingan qismi-foyda muhim o‘rin tutadi. 
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi 
foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi. Bizning 
misolimizdagi korxonada «Motor» mahsulotini ishlab chiqarishning bir oylik xarajatlari 100 mln. 
so‘mni tashkil etgan bo‘lsin. U holda, korxonaning bir oylik foydasi 300 mln. so‘m (400 mln.-
100 mln.) ga teng bo‘ladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‘tadi:
1) foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish vaqtida vujudga keladi. 
Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo‘shimcha qiymat foydaning asosiy manbai 
hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‘lmaydi; 
2) ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul 
daromadi bilan xarajatlarning farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi 
qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai 
qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik 
korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji 
narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan 
taqdirda foyda oladilar. Ishlab chiqaruvchi foydasi (P
ich
)-bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji 
narxi (N
u
) o‘rtasidagi farqdan iborat: 
T
N
P
u
ich



Demak, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: 
1) mahsulot tannarxi darajasi; 
2) ulgurji narxlar darajasi. 
Tannarx-bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. 
Bu o‘rinda mahsulot tannarxini uning qiymatidan farqlash lozim. Ma’lumki, mahsulot qiymati 
(Q) o‘z ichiga sarflangan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Q
iv
) hamda yangidan yaratilgan 
qiymat (Q
yya
)ni to‘liq oladi. O‘z navbatida yangidan yaratilgan qiymat ish haqi (IH) va yalpi 
foydaga (P
ya
) ajraladi. Bu holatni 11.6-rasm orqali ko‘rish mumkin. 



Yüklə 215,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin