Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda ayollar umrining davo-
miyligi 72 dan 73 yoshgacha uzaydi. Shu davming o ‘zida Rossi-
ya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ayollar umrining davomiyligi 1-3
yoshga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada ayollar umrining davo
miyligi
shu davr ichida oshdi, lekin tegishli ravishda 71 va 66 yosh
darajasida saqlanib turibdi. Xuddi shunday vaziyat erkaklarda ham
kuzatilmoqda, 0 ‘zbekistonda erkaklar umrining davomiyligi 1990-
yildagi 66 yoshdan 1998-yilda 68 yoshgacha ko‘tarildi, ayni paytda
Rossiya va Qozog‘istonda erkaklar umrining davomiyligi 2-4 yosh
ga qisqardi, Turkiya va Indoneziyada erkaklar umrining davomiyligi
uzaydi, lekin tegishli ravishda faqat 66 va 62 yosh darajasiga yetdi.
Respublikada onalar va bolalar sogTig‘ini muhofaza qilishga
katta ahamiyat berildi. «Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining
oldini
olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlami hamda homilador ayol-
larda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha
«Ona va bola skriningi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida»
(01.04.98-y.) Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilingan-
ligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ayollami o‘z vaqti-
da tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sogTomlashtirish natijasida bolalar
oTimi 1000 ta tug‘ilgan bolaga nisbatan 1991-yilda 51,4 dan 1999-
yilda 20,2 ga kamaydi. Onalar oiim i 100 ming tirik tug‘ilgan bolaga
nisbatan 1991-yilda 65,3 dan 1999-yilda 31,0 ga kamaydi.
0 ‘zbekistonda tibbiy taTimning
uzluksiz boTishiga va muta-
xassislaming o ‘z malakalarini oshirib borishiga katta ahamiyat be
rildi. Toshkentda vrachlar malakasini oshirish instituti ishlab turibdi.
Uning 42 kafedrasi va har xil ixtisoslikka moTjallangan kurslari-
da har yili 5-6 mingga yaqin vrach, jumladan boshqa hamdo‘stlik
mamlakatlaridan kelgan mutaxassislar o‘z malakasini oshirdi.
0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotning borishi tibbiyot xodimlari
tayyorlash ishini, umuman tibbiy ta’lim tizimini
takomillashtirishni
taqozo qilardi. Respublikadagi tibbiyot institutlarida bakalavrlar va
magistrlar tayyorlash ko‘zda tutildi. Shunga ko‘ra «davolash ishlari»
ixtisosligidan vrach kadrlar tayyorlash ishi 3 bosqichdan tarkib topa-
digan bo‘ldi, shulardan birinchisi - tabobat bo‘yicha 5 yil davomida
umumiy tayyorgarlik ko‘rib,
bakalavr, ya’ni vrach yordamchisi un-
vonini olish; ikkinchisi - to‘la-to‘kis tibbiy ma’lumotga ega boTib,
tibbiyot doktori darajasiga erishish; uchinchisi - xodimning tanlagan
ixtisosligiga qarab, magistraturada o ‘qish.
Magistraturada mutaxassis vrach
tayyorlash eng yaxshi ilmiy
maktablar va klinikalarda olib borildi. Ayni vaqtda zamonaviy ta’lim
texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Shu bilan birga, mutaxas-
286
sisning malakasini tekshirib borish yoki oshirish uchun uni vaqti-
vaqtida sinov (attestatsiya)dan o ‘tkazib turiladi.
Dostları ilə paylaş: