0 ‘ZBEKJSTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI HUZURIDAGI
DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI AKADEMIYASI
0 ‘ZBEKIST0NNING YANGI TARIXI MARKAZI
NARZULLA JO‘RAYEV
0 ‘ZBEKISTON
TARIXI
(Milliy istiqlol davri)
UCHINCHI KITOB
«SHARQ» NASHRIY OT-MATB AA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
TOSHKENT - 2011
УДК 94(575.1)
KHK. 63.3(59)64
J -9 6
T a h r i r h a y’ a t i:
Anatoliy Sagdullayev, Najmiddin Kornilov, Nazira Abduazizova,
Anvar Yaxshiyev, Fatxulla Ergashev
M a s' u I m u h a r r i r :
Nazira ABDUAZIZOVA - Tarix fanlari doktori, professor.
T a q r i z ch i I a r:
Rustam Jumayev, Sayfiddin Jo‘rayev,
Tohir Malikov,
Sultonmurod Olimov, Akmal Saidov, Ibrohim G‘afurov
J - 96
Jo‘rayev, Narzulla.
0 ‘zbekiston tarixi: (Milliy istiqlol davri) 3-kitob /Mas’ul
muharrir N. Abduazizova. - T.: «Sharq», 2011,- 736 b.
УДК 94(575.1)
ББК. 63.3(59)64
ISBN 978-9943-00-637-9
© «Sharq» nashri,
_
,
Bosh tahririyati, 2011.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Mustaqilligining 20 yilligiga
bag‘ishlanadi
K I R I S H
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming tezkorligi,
voqea va hodisalaraing shiddatliligi,
olam-u odam taqdiriga
daxldor boigan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning bare ha
jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng
kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalami
o'zida mujassam etadi.
Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar
jarayoni ijtimoiy-guma-
nitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi.
Tadqiqotchilar birinchi
navbatda
xalqimizning
mustaqillikka
erishish yoiidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni
qo’lga kiritish yo'llari va vositalarini, milliy
davlatchilik qurilishiga
doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va ma’navi^ omillarini o ‘rganish va milliy g ’oyani
yaratish
kabi bir qator muhim muammolami har tomonlama mushohada
qilmoqlari lozim.
2007-yil 30-avgust kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning
16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida Prezident I. A.Ka
rimov « 0 ‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li»
mavzusida m a’ruza qildi. Unda O ’zbekiston
mustaqilligi tasodifiy
hodisa emasligi, u o'ziga xos kurashlar, ziddiyatlar,
iztiroblar bilan
birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta’kidladi. Shu
bilan birga ushbu davr fanda butun koiam i va salmog‘i bilan yetarli
darajada o’rganilmaganligini alohida ta’kidladi va
«mustaqillikka
erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq
ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda
tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat,