B i r i n ch i b o b
MUSTAQIL 0 ‘ZBEKISTON DAVLATINING
TASHKIL TOPISHI
1-§. Mustaqillik - o'zbek xalqining azaliy orzu-intiiishi
Mustaqillik tushunchasi o‘zida azaldan insoniyatning orzu-
umidlarini, armón va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat,
inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga inti-
lib yashaydi. U hamisha har jihatdan o ‘zini erkin his qilishga, ozod
yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi.
Shuning
uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-
taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan
o‘xshash bo‘lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko'p ko‘rgan.
XX asr intihosida dunyoning qariyb
uchdan bir qismida misli
ko‘rilmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Sotsializm deb atalgan totalitär
tuzum, zo‘ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura
tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo
etgan SSSR jarfliyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga qula-
di. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom m a’nodagi
mustaqil davlat maqomini oldilar.
Mustaqillikka erishish g ‘oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu
orzu avloddan avlodga o‘tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib
kclmoqda.
Prezident
I.
Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati»
nomli
risolasida
« 0 ‘zbek millati azaldan o‘z fikr-zikri, o‘z istiq-
loli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz
tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o‘z yoMidan, mas-
lagidan, soVidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim.
Bilishimiz shart boMgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash
hammamiz uchun ham qarz, ham farz»,
- deganda xalqimiz tari-
xiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o ‘rganishni nazarda
tutadi. Zotan, xalqimizning
uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim-
siz kurash davridir.
Turkiston o‘zining keyingi bir yarim ming yillik tari£ida bor-
yo‘g‘i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo‘lgan (B.Ahmedov). Bosh-
qa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan
9
ham ko‘rinib turibdiki, Turkiston tarixiy
rivojlanishning hamma
bosqichlarida turli shaklda bo‘linishlarga, uning xalqi o‘zgalar to-
monidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo‘lgan. Xalqimiz-
ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo‘g‘ul
bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm
mustamlakachiligiga qar-
shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy
qolgan. Ayni chog‘da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida
0 ‘zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog‘i,
shu davrda
0 ‘zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-
yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashiari-
ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so‘z
bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan o ‘z fikri-zikri bilan Mustaqil,
Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
Dostları ilə paylaş: