Mustaqillik
- tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qa
ror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlaming, intilishlar va
qobiliyatlaming kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan
ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq
tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko‘rgan mus-
taqil mamlakatlar, xususan 0 ‘zbekiston hayotida muhim ahamiyat
kasb etadi. Nima uchun?
Totalitär tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan
tortib alohida-alohida shaxslaming kundalik turmushiga va istiqbo-
liga daxldor boTgan har qanday katta-kichik masalalami hal etishni
o‘z zimmasiga ol^ani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy bo-
qimandalik kayfiyatiga duchor boTgan edi. U faqat ishlash huquqiga
ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga
aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-
ga yarasha ochdan oTmaslikka yetadigan haqqingni olasan, tamom-
vassalom. Bu - sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega boTgan davlat
siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi,
xolos. Tiriklik degan buyuk ne’matning, hayot degan oliy tushun-
chaning mag‘zini chaqishga o‘zida rag‘bat ham, ehtiyoj ham sezmas
edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod
etish, yaratish, ijodkorlik tuyg‘ulari butunlay so‘ndirilgan edi. Shu
ning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush
darajasi pasayib borardi.
Umuman olganda, har qanday faollik tamoyillari harakatlar er-
kinligiga zamin yaratishi, unga suyanishi kerak. Aks holda boqi-
mandalik illatlari surunkali kasallikka aylanadi. Demak, har qanday
xatti-harakat, har qanday intilish o ‘z-o‘zidan bunyodkorlik^, yara-
tuvchilik ruhi bilan yo‘g‘rilgan boTishi darkor. Ana shunda erkinlik
samarasiz, faoliyatsiz hodisaga aylanmaydi.
11
Sobiq ittifoqda hukm surgan qayta qurish siyosati uning tarkibi-
ga kirgan ittifoqdosh respublikalaming mustaqillikka chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan, puxta o‘ylangan voqelik
edi. Davlat to‘ntarishiga urinish, zo‘ravonlik va tazyiq o ‘tkazish si-
yosatini chuqurlashtirishga intilish GKCHP bu jarayonning yaku-
ni bo‘ldi. Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamla-
kat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to‘g‘ri kuzatib, to‘g ‘ri
baholay bilgan 0 ‘zbekiston ittifoqdoshlari orasida birinchilardan
bo‘lib o‘z tarixiy va buyuk niyatini e’lon qildi. 1991-yil 31-avgust
kuni qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqil-
ligi to‘g ‘risidagi Bayonot 0 ‘zbekiston hukumatining siyosiy yo‘lini
to ia qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar il-
gari surilgan edi:
• « 0 ‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy
hamda ijtimoiy hayotidagi o ‘zgarishlami e’tiborga olib;
• xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi
belgilash huquqiga asoslanib;
• 0 ‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni
anglab;
• shaxs huquq va erkinliklarining, Mustaqil davlatlar o ‘rta-
sidagi chegaralaming buzilmasligi to‘g ‘risidagi Xelsinki shartnoma-
lariga qat’iy sadoqatini bayon etib;
• millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i na-
zar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot
kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar
demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;
• Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, 0 ‘zbe-
kiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi 0 ‘zbekiston-
ning davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat - 0 ‘zbekiston
Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi bilan birga, hududi
bo‘linmas va daxlsizdir.
0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da’volari
bo‘lmay, u o ‘z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa
egadir».
0 ‘zbekiston parlamentining bu bayonoti o‘zining qonun kuchi
bilangina emas, siyosiy mantig‘i, ma’naviy qudrati, xalqaro huquq
normalariga mos kelishi va, eng muhimi, millat taqdirini hal etadi-
gan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Bu hujjat
SSSRning 73 yillik hayoti naqadar ayanchli va fojiali kechganligini
ko‘rsatadi.
12
Darhaqiqat, bu mamlakatda inson huquqlari har tomonlama poy-
mol etilganligini, endi bu tuzumda ortiq yashab bo‘lmasligini hayot-
ning o‘zi tasdiqlab turardi. Biroq, mamlakat aholisining aksariyat
qismi va ayrim milliy respublikalar rahbariyati ongiga singib qolgan
tobelik va mutelik tuyg‘ulari keskin harakat qilishga, o‘z xalqi man-
faatini mardona turib himoyalashga y o i qo‘ymas edi. Ammo, o‘sha
paytda 0 ‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat - O lsh, Farg‘ona,
Qo‘qon, Guliston, Parkent va Bo‘kada yuz bergan mash’um voqea-
lar - millatlararo nizolaming yuz bergani, xalq hayotining tahlikali
tus olgani ortiqcha kutib turishni taqozo etmas edi. Jarayonlarga o‘z
vaqtida yetarli baho berib, zarur xulosaga kelish kerak edi. Shuning
uchun ham Farg‘ona voqealari birmuncha izga tushgach, mamlakat
aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, turmush sharoiti
va farovonligini oshirish borasida amaliy choralar ko‘rildi. Jumla-
dan:
- aholini qo'shimcha tomorqalar bilan ta’minlash, yakka tartibda
uy-joy qurishga keng imkon berish, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklami
rivojlantirish, chorvachilik va parrandachilikni taraqqiy toptirish;
- pensiyalar, talabalar stipendiyalari va o ‘qituvchilaming ma-
oshlarini oshirish, og‘ir ijtimoiy ahvol natijasida kamqonlik kasaliga
uchragan homilador ayollarga imtiyozli ovqatlanish, boshlang‘ich
sinf o ‘quvchilariga bepul oziq-ovqat ajratish va shunga o‘xshagan
bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolaming markaz bilan hisoblash-
may hal etilishi mamlakat aholisiga qanchalik ma’qul kelsa, ittifoq
rahbariyatida shunchalik norozilik tug‘dirar edi.
- Ó ‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalami rivojlantirishi qa
tor xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishi u o ‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab olganini ko‘rsatar edi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 0 ‘zbekistonda bu masalalar-
ning hammasi mustaqil ravishda hal etila boshlandi, mavjud mu-
ammolami yechishda ittifoq idoralaridan sezilarli ravishda oldinda
borildi. Tabiiyki «markaz»dagilaming birortasi ham 0 ‘zbekistonda
amalga oshirilgan ishlami olqishlab qabul qilmadi. Moskvada-
gi karomatgo‘ylar aksincha, go‘yo bu 0 ‘zbekiston Prezidentining
o‘zboshimchaligi, bulaming hammasi ittifoq ko‘rsatmalariga muvo-
fiq kelmaydi yoki sovet davlati siyosiy qarashlariga zid, deb baho
bera boshlashdi.
Shunday bo‘lsa-da, 0 ‘zbekiston rahbariyati SSSRda mavjud
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini boshqalardan ko‘ra temoq ang-
ladi, hozirjavoblik bilan baholadi va xulosaga keldi: 199*l-yilning
31-avgustida « 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi
13
asoslari to‘g ‘risidagi qonun»ni qabul qildi. Ana shu qonun doira-
sida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin
0 ‘zbekiston SSRni 0 ‘zbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentabmi
Mustaqillik kuni deb e’lon qilish, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga
o ‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va
uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlaming oliy qonun
chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamja-
miyatiga murojaat qilib, ulami respublikaning davlat mustaqilligi
e ’lon qilingan hujjatini tan olishga da’vat etish to‘g ‘risida qaror qa
bul qildi. Bu bevosita 0 ‘zbekiston Mustaqilligining dastlabki huqu-
qiy poydevori edi.
Darhaqiqat, biz ijtimoiy-siyosiy jarayonlar odamlar hayotini
keskin tarzda bir o ‘zandan ikkinchi o‘zanga burib yuborgan, hayoti-
miz butunlay boshqacha tus oigan va turmushimiz o‘zgacha mazmun
kasb etgan murakkab ruhiy-ma’naviy holatni boshdan kechirdik. Na-
tijada, yillar mobaynida qotib qolgan tushunchalarimiz o ‘zgarmoqda
va mudrab qolgan ongimiz uyg‘onmoqda.
«Mustaqillik», «hurriyat» degan so‘zlar butun jozibasi bilan bir-
ga beqiyos qudratini, buyuk o‘zgartiruvchilik mo‘jizasini ko‘rsata
boshladi. U dunyoqarashlarimizni tubdan o ‘zgartirib, fikrimiz, ta-
fakkurimizni boyitmoqda. Voqealar rivojini butun mohiyati bilan
anglashni, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu
ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham
borligini, boshqacha yashash ham mumkin ekanligini, kommunistik
mafkuradan bo‘lak hayot lazzatini, inson qadr-u qimmatini himoya
qiladigan g ‘oyalar ham mavjudligini ko‘rsatib berdi. Zotan, musta-
qillikning buyuk mohiyati, beqiyos qadriyati ana shunda. Mustamla-
kachilikning kishilik tarixida anduh va kulfatlar yog‘dirgan beqiyos
fojiasi - uning insonni mustaqil fikrlashdek ulkan iqtidoridan mah-
rum etganida! Mustaqillik ana shu insoniy fojianing achchiq maz-
munini ochib berdi.
Istiqlol bizga o ‘zligimizni anglatdi. 0 ‘zini anglash - olamni
anglash, olamni tushunish - odamni tushunish, demakki, hayotning
mazmunini idrok etishdir. Inson o‘zining butun mohiyatini, inson-
ligini qanchalik chuqur tushunsa, yashash mazmun-mohiyatini ham
shunchalik chuqur anglaydi.
0 ‘zligini anglagan kishi olamning butun rang-barangligi bilan
birga hayot mazmunini, o‘zining shunchaki tiriklik va mavjudlik
belgisi emas, aksincha, tabiatning betakror mo‘jizasi ekanligini, shu
asnoda inson qadr-u qimmatini tobora teranroq anglay boshlaydi.
M a’rifatga muhtojligiga, xurofot va jaholat hayot kushandasi, man-
14
qurtlik - o ‘zligini va olamni unutish ekanligiga tobora ko‘proq isho-
na boshladi. Demak, anglash tuyg‘usi bevosita ichki bir quw at bilan
ma’naviy yetuklikka, komillikka da’vat etadi.
Mustaqillikning
asosiy
qadriyatlaridan bin uning ijtimoiy,
ma’naviy mohiyati bevosita omma fikrini uyg’otishdan, xalqning
oim ishi, buguni va kelajagi xususida qayg’urish hissini kuchayti-
rishdan iborat. Aks holda tub islohotlaming umri qisqa, taqdiri esa
fojia bilan tugashi mumkin.
Biz tarixning ayni burilish davrida yashamoqdamiz. Ana shu
burilish nuqtasining o‘ziyoq tafakkurimizni, tor dunyoqarashla-
rimizni, har tomonlama chegaralab qo‘yilgan tushunchalarimizni
o'zgartirishni taqozo etmoqda. Uzoq yillar mobaynida bir qolipdagi
hayotdan so‘ng beixtiyor olis o‘tmishni eslashga, uni oiganishga,
o‘zligimizni anglashga kuchli ehtiyoj tug‘ildi. Ichki bir tabiiy kuch
million-million kishilar qalbida mudrab yotgan tuyg‘ulami harakatga
keltirib yubordi. Natijada odamlaming hayotga munosabati o ’zgarib,
o‘z taqdiri bilan bogiiq boigan zamin istiqbolini o‘ylashga zarurat
sezmoqda.
Butun borlig‘idan, ma’naviy bisotidan judo qilingan xalq er-
kinlik tufayli katta tashnalik bilan o ‘z tarixini bilishga intila bosh
ladi. Bu borada ming yillar davomida vujudga kelgan, xalqimizning
daholik qudratini, quw ayi hofizasini, shavq-u shuurini, qolaversa,
ma’naviy-ruhi)¿ holatini belgilab beradigan xalq og’zaki ijodiga
sho‘ro hukumati davrida ongli ravishda yuz bergan munosabatnigina
eslatish joizdir.
Sir emas. Sovet davrida asrlar mobaynida tildan tilga ko’chib,
avlodlar davomiyligi va vorisiyligini saqlashda oltin halqa boigan
afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, topishmoqlar va latifalar zoiavonlik
bilan yo'q qilindi. «Alpomish», «Go‘ro‘g ii» , «Hasanxon», «Nur-
ali», «Sherali» singari dostonlar, milliy qo’shiq va laparlar g ’oyaviy
nuqtayi nazardan zararli deb topildi. Umuman, barcha milliy-
madaniy yodgorliklar singari o'zbek xalq og’zaki ijodining yuksak
namunalariga ham kommunistik mafkura nuqtayi nazaridan qaraldi
va ana shu oichov bilan baho berildi, degan edi kuyinib professor
M. Murodov.
Birgina misol «Alpomish» dostonida go‘yoki xonlar va beklar
sha’niga hamd-u sanolar o ‘qilarmish, bosqinchilik va zo’ravonlik
tashviq qilinar emish, diniy ohanglar, ilohiy kuchga ishonish, ilohi-
yatning mavjudligi kabi g‘oyalar targ‘ib qilinar emish...*jAslini ol-
ganda ham shunday edi. Biroq ular Diniy va Dunyoviy tafakkuming
noyob sintezi sifatida umuminsoniy qadriyatga aylangan edi.
15
Darhaqiqat, o ‘zbek xalq dostonlarida diniy ohanglar, Alloh-
ning mavjudligi va uning irodasi xususidagi talqinlar azaldan
boigan. Biroq Kommunistik partiyaning dahriylik mafkurasi dos-
tonning ana shu jihatlariga yopishib olib, uni xudosizlik tashviqoti
quroliga aylantirmoqchi bo‘ldi. Mazkur mafkuraning qabih g ‘oyasi
tufayli inson qalbidagi ishonch, e’tiqod tuyg‘usi raahv etildi. Ta-
biiyki, xudodan qaytgan odam har qanday razolat va qabohatdan
qaytmaydi. Xudobexabarlik iymonsizlik va diyonatsizlikni keltirib
ehiqaradi. Natijada na Vatanga, na millatga, na o‘tmish, na istiq-
bolga e’tiqod qoladi. E ’tiqodsizlik - xurofotga, xurofot jaholat-
ga, jaholat esa halokatga olib keladi. Jaholat, nodonlik hukmron
bo'lgan joyda tanazzul chuqurlashadi. Manqurtlik shaklidagi yov-
voyi va ibtidoiy hayot vujudga keladi. Sovet tuzumining «ulug‘
mafkurachi»lariga ayni shu narsa kerak edi. Shuning uchun ham
ezgulik himoyachisi sifatida xalqimizning m a’naviy qahramoni-
ga aylangan Alpomish obrazi atay buzib tanqid etildi. Aniqrog‘i,
unga tuhmat qilindi.
0 ‘zbek xalq og’zaki ijodiyotining odamlami insof va diyonatga,
iymon va e’tiqodga, mehnatsevarlik va yurtparvarlikka, odob-axloq
va madaniyatga chorlovchi asosiy g ‘oyalaridan foydalanish o‘miga
ular o’tmishni ideallashtiradi, pirlar, aziz avliyolar, podshohlar, mu-
qaddas qadamjolar, maqbaralar-u madrasalami ulug‘laydi. Shu ta-
riqa odamlar ongini eskilik sarqitlari bilan zaharlab, ular e’tiborini
sovet tuzumidan chetga tortadi, deb qoralandi. Xalq ijodiyotining
ko‘plab asarlari, masalan, mashhur xalq kuychisi 0 ‘tar shoir Safarov
aytgan «Oyparcha» dostoni qayta ishlanib, xohlagancha qisqartiri-
lib, «zamonaviy»lashtirilganidan, undagi asl g ‘oyalar tushirilib qol-
dirilganidan keyingina nashr etildi. 0 ‘tar shoir Safarov o‘g‘li Qora-
baxshiga kitobni o ‘qitib o ‘ksigan, bu men aytgan doston emas, deb
yig‘lagan ekan.
30-yillardagi qatag’onda o‘zbek xalqining eng iste’dodli na-
moyandalari yo‘q qilindi. Ularga turli ayblar qo’yilib, har xil ba-
honalar bilan qatl etildi. Biroq, sho‘ro tuzumini maqtab, «xalqlar
otasi»ni kuylagan ayrim shoirlarga ham kun berilmadi. Sababi, ular-
ning beqiyos iste’dod ekanligi. Bir kun kelib baribir o ‘z xalqiga yon
bosishini oldindan payqagan qizil imperiyachilar ulami ham otib
tashladi. Xususan, dehqonobodlik Farmon baxshi quloq qilinishini
sezib qolgach, goh Surxondaryo, goh Tojikiston, goh Qashqadaryo-
da qishloqma-qishloq, ovulma-ovul darbadar bo‘lib yashashga maj-
bur bo‘ldi. Ham o ‘zbek, ham tojik tilida dostonlar kuylagan Farmon
baxshining bebaho merosi yozib olinmadi. Bedodlik shu darajaga
16
yetdiki, unga o‘z qishlog‘iga kelib o‘lishga ham ruxsat berishmadi,
xoki o‘zga joylarda qolib ketdi.
Bunday hodisalar qariyb 130 yillik mustamlakachilik yillari-
da turli sohalarda, turli shakllarda yuz bergan. Qatag‘onlar, mahv
etishlar, otib tashlashlar xalq ruhiyatini sindirdi. Odamlar bu mislsiz
qirg‘inlar natijasida bir umr tahlika va qo‘rquv bilan yashadi. Ana
shu hadiksirash millat hayotini zaharladi. Turmush lazzatini, yashash
zavqini zaqqumga aylantirdi.
Jadidchilik harakatining faollari, ma’rifatparvarlar, xalqimizning
chin farzandlari ona yurt istiqloli, millat istiqboli yo‘lida tinimsiz
kurashdilar. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning fig‘on va
dard to‘la quyidagi satrlariga befarq qarab bo‘lmaydi: «Xonumoni
xarob, boyqushlarga hamdam, farzandlari haykaldek jonsiz, vayrona
Turkiston! Yo‘q, yo‘q sahni jonlik janoza birla to‘lgan buyuk mozor!
Unga o iik kimsalar - madfun zindalar qo‘yilgan. Bu tirik o‘liklar
edi. Turkistonning bu kungi noqobil avlodlaridir. Uning ahvoliga Yer
ham, Osmon ham yig‘laydi. U ham faqir, ham haqir. Uning ahvoli
chindan-da og‘ir. Bir tarafdan behad yomon dardga giriftorlik, ik-
kinchi tomondan xorlik.
Dostları ilə paylaş: |