Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Beshinchidan, 
0 ‘zbekiston hukumatining islohchilik siyosati 
bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakl- 
langan urf-odatlari, an’analari bilan uyg‘un holda amalga oshirila 
boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh 
kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni 
har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, 
dono va, albatta, baxtli bo‘lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning 
orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg‘un holda dunyoga keldi. 
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonning tom ma’noda ma’naviy tiklanish 
va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu 
niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg‘unligi 
natijasidir.
0 ‘zbekiston umumplanetar o ‘zgarishlar jarayonlari oqimida 
o‘zining 
betakror 
ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy 
yangilanishlari 
dasturiga ega boigan mamlakat sifatida o'ziga xos va o‘ziga mos 
mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga 
kuchli ta’sir o ‘tkazishga qodir boigan davlat sifatida o‘zining keng 
imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
0 ‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng koiam dagi 
ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi 
alohida qayd etilishi lozim. 0 ‘zbekistonda milliy, regional va 
umumplanetar m o ij aliar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan 
yalpi o‘zgarishlami o ‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-siyosiy jarayonlami baholash, tahlil etish, hamda ilmiy- 
nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlami maqsadli 
boshqarish 0 ‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos 
kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, m a’naviy hayotni 
maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy ta- 
moyillar uyg‘unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart- 
sharoitlar yaratish, liberalizm muhitihi har tomonlama kengaytirishga 
da’vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlari
6


boshlanishiga nazariy poydevor qo‘yildi. Davlat tuzumi, jamiyat 
qurilishi va shaxs ma’naviyati dunyosini tubdan isloh qilish 
yangilangan davlat, o ‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish 
imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, 
bu jarayonlami maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono 
siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin 
bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab 
kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, 
maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari 
sharoitida amalga oshirildi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. 
Ayniqsa, o‘tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining 
o ‘mi yana ham yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu paytda 
ma’lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni 
yo‘naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o‘zanga 
tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo‘lgan 
murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o ‘z 
kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. 0 ‘zining iymon- 
e’tiqodini, taqdirini u bilan bog‘laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o ‘tgan 
davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar 
bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea- 
hodisalarga yondashish usuli bilan bog‘lanib ketgan. Davlat 
arbobining siyosiy qiyofasi o ‘tish davrining noyob mahsuli sifatida 
tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o‘mashgan 
bo‘ladi.
Demak, mustaqillik davri tarixini o‘rganar ekanmiz, bu 
jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I. Karimov faoliyati bilan 
uzviy bog‘langanligini yaqqol ko‘ramiz va uni sahifalarga aynan 
ko‘chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin