Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Sog‘liqni saqlash tizimini tibbiyot sug‘urtasiga o‘tkazish va



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Sog‘liqni saqlash tizimini tibbiyot sug‘urtasiga o‘tkazish va
davolash-profilaktika muassasalarini davlat tasarrufidan chiqa-
rish masalasi keyingi yillarda muhim masala bo‘lib qoldi.
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ hisobida mavjud bo‘lib 
kelgan sog‘liqni saqlash tizimida bozor munosabatlari shakllanib, 
iqtisodiy islohotlar chuqurlashib borayotgan sharoitda tibbiyot su- 
g ‘urtasiga o ‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rila boshlandi. Ayni vaqtda 
ko‘p mamlakatlardagi sug‘urta xizmatlari tajribalari o ‘rganildi, turli 
idora va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzildi. Tibbiyot 
sug‘urtasiga o‘tish, davolash-profilaktika muassasalarini davlat ta- 
sarrufidan chiqarish bilan ham bogTiq, chunki davlatga qarashli mu- 
assasalar bilan birga mulkchilikning har xil shakllariga asoslangan 
muassasalar, jumladan xususiy muassasalar ham faoliyat ko‘rsatib 
borishi kerak. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi (1991-y. 19-noyabr 
Qonuniga amal qilib, sogTiqni saqlash vazirligi manfaatdor idora 
va tashkilotlar bilan birgalikda sogTiqni saqlash muassasalarini xu­
susiylashtirish tadbirlarini ishlab chiqdi. Xususiylashtirish dorixo- 
nalardan boshlandi. 1996-yilga qadar 0 ‘zbekiston Respublikasida-
2200 ta dorixona xususiylashtirildi, 839 dorixonani o‘z tarkibiga 
oigan 239 ta dwrixona aksionerlik jamiyatiga aylandi.
Davlat sanitariya nazorati tomonidan aholining sanitariya- 
epidemiologik xotiijamligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar davom 
ettirilmoqda. Jumladan, davlat sanitariya-epidemiologiya nazora­
ti tomonidan maktab o ‘quvchilari uchun nashr etiladigan darsliklar 
va o ‘quv qoTlanmalaming gigiyenik me’yor va qoidalarga mosligi 
muntazam ravishda nazorat ostiga olingan. Vazirlar Mahkamasining 
«Davlat sanitariya nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g ‘risida»gi qarori aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda « 0 ‘zbekiston Respublikasining o‘rta ta Tim 
maktablari uchun kitoblar va o ‘quv qoTlanmalarga boTgan stan- 
darti» ishlab chiqilgan hamda SogTiqni saqlash vazirligi tomonidan 
ma’qullangan, daftarlar, darsliklar va o‘quv qoTlanmalami ishlab 
chiqarish texnik shartlari ishlab chiqildi.
Respublikada sogTiqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat das- 
turini amalga oshirish bo‘yicha Samarqand va Andijon viloyatlarida 
shoshilinch tibbiy yordam markazlari ochildi. Vazirlar •Mahkama­
sining 1998-yil 4-martdagi maxsus qaroriga muvofiq Shoshilinch 
tibbiy yordam o‘quv markazi tashkil etildi.
2 8 7


2002-2006-yillarda mamlakatning barcha viloyatlarida eng za- 
monaviy uskunalar bilan jihozlangan shoshilinch tibbiy yordam mar- 
kazlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublikada tibbiyot xodimlarini tayyorlashda yangi dastur qa- 
bul qilingan, bu bo‘yicha 2380 ta umumiy (oilaviy) amaliyot vrach- 
lari tayyorlanmoqda. 1999-yilda 4 ta hamshiralarai o‘qitish kollejlari 
tashkil qilindi.
Respublika bo‘yicha 234 ta tibbiyot muassasalari qisman o‘z- 
o‘zini moliyalashtirishga o‘tdi. 1999-yilda 48 ta tibbiy muassasa- 
lar mulk shaklini o‘zgartirib xususiylashtirildi. 3075 ta shifokorlar 
yakka tartibda faoliyat ko‘rsatish uchun maxsus ruxsatnoma oldilar.
Sogiiqni saqlash vazirligi jahon sogiiqni saqlash tash- 
kiloti bilan hamkorlikda 2 yil davomida Onalar va bolalar sogTi- 
g‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklaraing oldini olish borasida 
«SARAK» loyihasi, «MEKAKAR», «DOTS», «KARINFONET» va 
«AyMSiAy» dasturlari asosida ish olib bormoqda.
Jahon sogTiqni saqlash tashkiloti tomonidan yosh tibbiy xodim- 
lami chet mamlakatlar (Angliya, Italiya, Rossiya, Isroil va Shvetsi- 
ya)da o ‘qitish uchun 18 ta grant ajratilgan.
Mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida erishilgan ilg‘or jahon taj- 
ribalarini hayotga tatbiq qilish bilan bir qatorda dunyo tabobat ilmi- 
ning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ bobokalonlarimiz 
merosini o‘rganish borasida ham bir qator ishlar qilindi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 
qaroriga binoan Ibn Sino xalqaro jam g‘armasi tashkil etilganligi ham 
ushbu sohaning rivojlanishiga davlat miqyosida katta e ’tibor berila- 
yotganini ko‘rsatadi.
Tibbiyotdagi islohotlaming asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu -
tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun tashkiliy va amaliy sharoit- 
lar yaratish. Jamiyatda tibbiyot xodimlarining mavqeini ko'tarish, 
ulaming mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tizimini 
takomillashtirishdan iboratdir. Bu borada Respublikamiz Preziden­
tining 2005-yil 1-dekabrdagi «Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq 
to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori asosida tub- 
dan yangi, bajarilgan ishning hajmi va sifatiga bogTangan tizim 
joriy etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda bemorlarga aniq tashxis 
qo‘yish maqsadida zamonaviy uskunalar keltirilmoqda. Davolash- 
profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan 
ta’minlash masalasi doimo diqqat markazida boTib kelgan. Xusu- 
san, Prezidentimizning 2003-yil 26-fevraldagi «SogTiqni saqlash ti-
2 8 8


zimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga 
asosan tashkil qilingan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot mar- 
kazlarida yiliga 10 mingdan ortiq operativ va diagnostik muolajalar 
amalga oshirilmoqda. Shulardan 4 mingdan ortig‘ini yuqori texno- 
logiyali operatsiya va muolajalar tashkil qiladi. Toshkent shahrida 
joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va 
uning viloyat filiallarini tashkil qilish hamda zamonaviy diagnostik 
uskunalar bilan ta’minlash shoshilinch yordam ko‘rsatishni taqozo 
etadigan kasalliklami o ‘z vaqtida aniqlashda muhim bosqich bo‘ldi. 
Ushbu muassasalarda yiliga 6 milliondan ortiq bemorga tibbiy yor­
dam ko‘rsatilyapti.
Toshkentdagi ko‘pgina klinikalar qatori Samarqand, Jizzax 
Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona viloyati tibbiy muassasala- 
ri ham kompyuter tomograf uskunasi bilan ta’minlangan. Ushbu us- 
kuna ilgari umuman aniqlash imkoni bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha 
aniq tashxis qo’yish imkonini berdi.
Vazirlar Mahkamasining «Tez tibbiy yordam xizmatining 
moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘ri- 
sida»gi qaroriga muvofiq respublika tibbiy muassasalari oxirgi 4 yil 
davomida 500 dan ortiq zamonaviy diagnostik asbob-uskunalar bi­
lan jihozlangan tez yordam mashinalari bilan ta’minlandi. Bu esa 
bemorlarga birinchi bosqichdayoq to‘g‘ri tashxis qo‘yish va tibbiy 
yordam ko‘rsati¿hda nihoyatda qo‘1 kelmoqda.
Qishloq vrachlik punktlarini (QVP) tashkil qilish va ulami za­
monaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash ham bugungi muhim 
yo’nalishlardan biridir. Ayni vaqtda respublikamizda 3000 dan ortiq 
QVP faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilgari oddiy bir kasallik uchun ham tu­
rnan markaziga borishga to‘g ‘ri kelardi. Endi esa QVPlardagi faoli­
yat uncha-muncha tibbiy muassasalarda olib borilayotgan xizmatdan 
qolishmaydi. Shuning uchun ham ulami zamonaviy asbob-uskunalar 
bilan jihozlash uchun budjet mablagTari bilan bir qatorda Jahon ban- 
kining imtiyozli kreditlari ham jalb etilyapti.
Ayni paytda Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga Res­
publika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat 
filiallarini zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar 
bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining kre­
diti hisobiga onkologiya muassasalarini zamonaviy radiologiya 
uskunalari bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Bu ham, o ‘z 
navbatida, kasalliklami erta aniqlash imkonini beradi hamda bemor­
larga ko‘rsatilayotgan tibbiy diagnostika va davolash sifatini oshi- 
radi. Dori ishlab chiqaruvchi korxonalaming faoliyati hamda dori
10 - O 'z b e k is to n tarixi, 3.
2 8 9


vositalarining sifati borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Masa- 
lan: 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi 
«Mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi- 
lami qo‘llab-quwatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ma­
halliy ishlab chiqaruvchilarga hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan 
alohida e’tibordan dalolat beradi. Aholi hayoti va sog‘lig‘i xavfsiz- 
ligini ta’minlovchi mahsulot, xizmatlar va jarayonlar sifati borasida 
iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilish, mahsulotlaming 
sifati va raqobatbardoshligini oshirish va boshqalar standartlashti- 
rishning asosiy maqsadi hisoblanib, respublikamizda standartizatsiya 
ishlari jahon talablari, shuningdek, 0 ‘zbekistan Respublikasining 
«Standartlashtirish to‘g ‘risida»gi hamda «Metrologiya to‘g ‘risida»gi 
qonunlari asosida olib boriladi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Res- 
publikasida tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqa- 
ruvchi 92 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulaming farmatsevti­
ka faoliyati «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g ‘risida»gi 
Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Respublikada dori vositalari 
sifati va ishlab chiqaruvchi korxonalardagi texnologiyasi masalala- 
rini muvofiqlashtiruvchi 12 ta boshqaruv hujjatlari amalda bo‘lib, 
ulaming asosiysi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyala- 
riga muvofiq ishlab chiqilgan. «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti 
(GMR)» TSt 1901 2003 tarmoq standartidir. Respublikamizda dori 
vositalari sifatini nazorat qilishning mukammal tizimi yaratilgan 
bo‘lib, u tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda 
dori vositalari sifat nazorati tizimiga kiruvchi tashkilotlarda har qan- 
day tibbiy preparatlami klinik sinovlargacha va klinik sinovlar jara- 
yonlarida m e’yoriy hujjatlami tasdiqlashda va tibbiyot amaliyotida 
ishlatishga ruxsat berishda ulaming sifatini tavsiflay oladigan stan- 
dartlar, me’yoriy hujjatlar, materiallar mavjud. Vazirlar Mahkamasi- 
ning 2004-yil 6-iyuldagi «Mahsulotlami sertifikatlashtirish tartibo- 
tini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g ‘risida»gi 
Qarori bilan majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari 
ro‘yxati qayta ko‘rib chiqildi va dori vositalari «farmatsevtika mah- 
sulotlari» nomi bilan kengaytirildi.
Respublikamizda ishlab chiqariladigan va hududimizga bojxona 
maskanlari orqali olib kiriladigan dori vositalari va tibbiy mahsulot­
lami sertifikatlashtirish idoralari tomonidan to‘liq rasmiylashtirilga- 
nidan so‘ng respublika hududiga olib kirilishiga hamda ochiq savdo- 
ga chiqarishga ruxsat beriladi.
Ayni paytda mamlakatimizda xususiy shifo muassasalarining 
soni ham oshib bormoqda.
2 9 0


Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator hukumat 
qarorlari qabul qilinishi munosabati bilan respublikamizda xususiy 
tibbiyot tizimi shakllandi. Hozirgi kunda mavjud xususiy klinikalar, 
markazlarda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. 
Agar 1999-yilda yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar va 
nodavlat korxonalari 700 tani tashkil etgan b o isa, 2006-yilga kelib 
bu ko‘rsatkich 4000 taga yetdi.
Tibbiyotdagi islohotlar samarasi oiaro q yurtimizda sohalarga 
ixtisoslashgan bir qator o‘quv dargohlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bi- 
tiruvchilami ish bilan ta’minlash va chekka joylarga ishga yuborish 
borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda. Har yili sogiiqni saqlash 
vazirligida hududiy sogiiqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda 
mutaxassislarga boig an ehtiyoj o‘rganib chiqilmoqda va shu asosda 
bitiruvchilar ish bilan ta’minlanmoqda. 2006-yildan boshlab davlat 
grantlari asosida tahsil oigan bitiruvchilar 3 yil ishlab berish sharti 
bilan yashash manzillari bo‘yicha ishga taqsimlandi. Bu borada te- 
gishli me’yoriy hujjatlar asosida barcha ta iim muassasalarida taq- 
simot komissiyalari tuzilgan, marketing boiim larining tuzilmasi va 
vazifalari o ‘zgartirilgan. Bitiruvchilardan samarali foydalanish maq- 
sadida, Qoraqalpogiston Respublikasi sogiiqni saqlash vazirligi
shahar va viloyatlar sogiiqni saqlash boshqarmalari bilan birgalik­
da mutaxassislarga boig an ehtiyoj o ‘rganib chiqildi va buyurtma- 
lar portfeli shaWlantirildi. M aium otlar barcha ta iim muassasalariga 
yuborildi. U yerda o‘z navbatida institut - talaba - ish beruvchi 
o‘rtasida uch taraflama taqsimot komissiyasi oikazildi. 2006-yilda 
tibbiyot oliy ta iim muassasalarida grant asosida tahsil oigan 1341 
nafar bitiruvchi ishga taqsimlandi.
2005-yilning o‘zida respublikamizda 38 ta shifoxona va sihat- 
goh barpo etildi. 93 ta davolash profilaktika muassasasi zamonaviy 
tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemomi qabul qila oladi- 
gan ambulatoriya - poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qish- 
loq vrachlik punkti ishga tushirildi.
Ayniqsa, qishloq vrachlik punktlarini kapital ta’mirlash va re- 
konstruksiya qilish natijasida 800 ming nafar bemor sifatli tibbiy 
xizmatdan foydalangani va qo‘shimcha ravishda 2 million kishiga 
xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilganini bu yoidagi muhim qadam 
sifatida baholash mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday ibratli ishlar barcha 
viloyat va tumanlarimizda ham amalga oshirildi. Jumladan, Buxoro 
viloyatining Kogon shahrida, Xorazm viloyatining Yangibozor tu-
291


manida yangi shifoxona, Bog‘ot tumanida esa yangi tug‘uruqxona 
majmui barpo etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qopao‘zak tumani markaziy 
kasalxonasida katta hajmdagi qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi, 
Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Namangan viloyatla- 
ridagi qator tumanlarda esa markaziy kasalxonalar zarur asbob- 
uskunalar bilan jihozlandi. Bu ishlarga 1,5 milliard so‘mdan ziyod 
mablag‘ sarflandi.
Shu bilan birga, Qarshi shahrida kardiologiya va ixtisoslashti- 
rilgan urologiya markazlari, Samarqand viloyati tez tibbiy yordam 
markazining Oqdaryo filiali, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 
urush va mehnat fahriylari sanatoriysi, Farg‘ona viloyatidagi «Chim- 
yon» sanatoriysida yangi korpus, Farg‘ona shahrida bolalar akvapar- 
ki kabi tibbiyot va ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo etildi.
Muxtasar qilib aytganda 2006-yil oxirigacha jami 165 milliard 
800 million so‘m mablag1 sarflangani tibbiyot sohasida bajarilgan 
ishlaming hajmi va ko‘lamini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
2006-yili sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy texnik ba- 
zasini rivojlantirish, ulami zamonaviy asbob-uskunalar, zarur jihoz 
va mebellar bilan ta’minlash maqsadida davlat budjetidan 7,6 mil­
liard so‘m, ya’ni, 2005-yildagiga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mab­
lag1 ajratildi. Kapital ta’mirlashga esa homiylar hisobidan 7 milliard 
so‘m sarflandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi, xirurgiya, 
kardiologiya markazlari, Fitiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqi- 
qot institutida 60 o‘rinli davolash bo‘limi kapital ta’mirlanib, zamo­
naviy davolash usullari joriy qilindi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida Respublika ixtisoslashtirilgan 
urologiya markazining filiali tashkil etildi, Respublika jarrohlik mar- 
kazi va «Salomatlik» institutining Nukus filiallari, Jizzax viloyatida 
kardiologiya dispanseri va viloyat bolalar shifoxonasi, Qashqadaryo 
viloyatida sil kasalliklari dispanseri, Surxondaryo viloyatida bolalar 
shifoxonasi kapital ta’mirlandi.
2006-yilda qariyb 284 milliard so‘m, jumladan, 133 milliard 
so‘m budjet mablag‘i, 151 milliard so‘mdan ziyod idora va tashki- 
lotlar, homiylar mablag‘i sarflandi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya siyosati haqida gapir- 
ganda o ‘tgan davrda qo‘lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalarimiz 
xalqimizning daromadlari va farovonligini izchil ravishda oshirib 
borishni ta’minlash, keng ko‘lamli ijtimoiy dasturlami muvaffaqi- 
yatli amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlash lozim.
2 9 2


Barchamizga ma’lumki, aholi ish haqi va daromadlarining 
o‘sishi sur’ati eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu 
haqda gapirganda, aholi real daromadlarining 2006-yilda 2000-yilga 
nisbatan 2,5, 1999-yilga nisbatan esa o ‘rtacha 12 barobar oshganini 
ta’kidlash lozim. 2007-yil oxirida respublikamizda o ‘rtacha ish haqi 
miqdori 20 AQSH dollari darajasiga yetdi.
Mamlakatimizda har uch yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish 
strategik vazifa qilib qo‘yilgan. Shu tariqa, aholining xarid qobili- 
yatini hisobga oigan holda, yaqin yillar ichida xalq farovonligi va 
daromadlarini ta’minlash bo‘yicha yuksak marralarga erishayotgan 
mamlakatlar darajasiga ko‘tarilishni maqsad qilib qo‘yilgan.
Bugungi kunda yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllan- 
di - mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o ‘rinlari tash- 
kil etildi. Ulaming 70 foizdan ziyodi sanoat va xizmat ko‘rsatish 
sohalariga to‘g ‘ri keladi.
Ayniqsa, shahar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin-qizlami 
ish bilan ta’minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari 
bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivoj- 
lana boshlaganini ta’kidlash lozim.
Biz uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan aholini ish 
bilan ta’minlash bilan bog’liq muammolarga katta e’tibor qaratib, bu 
borada aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlami izchil amalga oshira- 
yotganimiz mavjud ahvolni tubdan o‘zgartish uchun imkon yaratdi. 
2006-yilda ishsizlik darajasi 5,3 foizgacha kamaygani ham shundan 
dalolat beradi.
Mamlakatimiz aholisi, aw alo qishloq joylardagi odamlaming 
turmush sharoiti izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 
ming kilometrlik suv quvurlari, 72 ming kilometrlik gaz tarmoqlari 
ishga tushirildi. Bu 1991 -yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan 
tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko‘p demakdir.
Natijada aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bugungi kunda 
84 foizni, jumladan, qishloq joylarda 77 foizni, tabiiy gaz bilan 
ta’minlash 82 foizni, qishloq joylarda esa 78 foizni tashkil etmoq- 
da.
Xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga doir chora-tadbirlar ti- 
zimida sog’liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish alo- 
hida o ‘rin tutishini hammamiz yaxshi tushunamiz.
0 ‘tgan yillar mobaynida 0 ‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatish 
tizimi amalda to iiq qayta ko‘rib chiqildi. Hozirgi vaqttla bu bora- 
dagi islohotlaming asosiy bosqichlaridan biri nihoyasiga yetmoq- 
da. Aholiga bepul shoshilinch va yuqori malakali tibbiy yordam
293


ko‘rsatish uchun eng yuksak talablarga javob beradigan ixtisos- 
lashtirilgan shifoxona va bo‘limlar tarmog'ining tashkil etilishi bu 
bosqichning eng muhim va aniq natijasi bo‘lganini ta’kidlash joiz. 
Maxsus tashkil etilgan respublika markazi bu tizimga rahbarlikni 
va uning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlamoqda.
Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida, ayniqsa, qish- 
loq joylarda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Samarasiz ishlayot- 
gan feldsherlik-akusherlik punktlari va qishloq ambulatoriyalari 
o‘mida zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihoz- 
langan 3 mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti tashkil etilgani 
bu sohadagi katta qadam b o id i, desak, to‘g ‘ri boiadi. Tibbiyot 
xodimlari mehnatga haq to‘lash va ulami rag‘batlantirish tizimi- 
ning har tomonlama qayta ko‘rib chiqilishi aholiga tibbiy xizmat 
ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi. Natijada ke- 
yingi 2-3 yilda soha xodimlarining ish haqi 2 barobardan ziyod 
ko‘paydi.
Yurtimizda yangi tashkil etilgan sog‘liqni saqlash tizimida 
eng yuksak zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va texnikasi bilan 
ta’minlangan ixtisoslashgan klinikalar muhim o‘rin egallamoqda. 
Ularda yuqori malakali mutaxassislar jahon miqyosidagi murakkab 
va noyob operatsiyalami amalga oshirib, odamlar hayotini saqlab, 
ulaming umriga umr qo‘shayotgani bu boradagi islohotlarimizning 
yana bir amaliy ifodasidir.
Sog‘liqni saqlash tizimida boiajak onalar salomatligini mun- 
tazam nazorat qilib boradigan, sogiom bolalar tug‘ilishiga xizmat 
qiladigan keng tarmoqli skrining markazlarining o ‘mi va ahami- 
yati qanchalik katta ekani haqida, o ‘ylaymanki, ortiqcha gapirib 
o‘tirishga hojat yo‘q.
Agar 1991-yilda onalar o‘limi bilan bog iiq ko‘rsatkich har 100 
ming nafar ayolga nisbatan 65 tani tashkil etgan boisa, bugungi 
kunda bu raqam 24 taga tushdi, go‘daklar o‘limi esa ilgari 1000 na­
far chaqaloqqa 35 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda 14 taga 
tushdi.
Shunisi e ’tiborliki, bugun 0 ‘zbekistonda chechak va ichterlama, 
kuydirgi, o‘lat va vabo kabi yuqumli kasalliklarga butunlay barham 
berildi.
0 ‘tgan davr mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr 
ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bormoqda. Bu boradagi 
umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan boisa, 2008- 
yilda 72,5 yoshni tashkil etdi. Jumladan, erkaklar o ‘rtasidagi o ‘rtacha 
umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 70 yoshdan
2 9 4


74,6 yoshga uzayganini odamlar salomatligini muhofaza qilish va 
turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlaming aniq 
va yaqqol natijasi sifatida baholash o ‘rinli bo‘ladi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida ijtimoiy himoya siyosati dav- 
lat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoldi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin