Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Shunday 
qilib, 
0 ‘zbekistonda mamlakatlararo totuvlikni 
ta’minlashga qaratilgan keng miqyosli tadbirlar bugungi kunda res- 
publikada hukm surayotgan ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning mu­
him omili bo‘lmoqda.
3-§. Milliy xavfsizlikni ta’minlash
a) O‘zbekiston: Milliy xavfsizlik - olam butunligi
Istiqlol yillarida mamlakatda davlat mustaqilligini mustahkam- 
lash, uning hududida barqarorlikni ta’minlash asosiy vazifa sifatida 
hamisha mamlakat hukumatining diqqat-e’tiborida bo‘ldi. Shu davr 
mobaynida 0 ‘zbekistonda milliy xavfsizlikning keng qamrovli kon- 
sepsiyasi ishlab chiqildi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mustaqillikning birin- 
chi kunlaridanoq mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash, davlat su-
3 0 2


verenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy barqarorlikni 
ta’minlash tamoyillari o ‘rtaga tashlandi. Bir qator xalqaro tashkilot- 
lar bilan hamkorlikni mustahkamlash yo‘li tutildi. Milliy xavfsizlik 
masalasidagi davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasi ilk bor mamlakat Oliy Majlisining 1995 yil 24-fevralda 
bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida Prezident I. Karimov tomoni- 
dan aniq va batafsil yoritib berildi. Unda j ahonda yuz bergan yan- 
gi siyosiy-iqtisodiy voqelikdan so‘ng, davlatlararo munosabatlar 
muxoliflikka emas, balki xalqaro huquqiy 
me’yorlarga 
mos yangi 
tartibotga asoslangan bo‘lishi kerakligi to‘g ‘risidagi g‘oya ilgari 
surildi. Milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab 
chiqish, uning huquqiy asosini belgilovchi qonunlar yaratish zarurli- 
gi ko‘rsatib berildi.
Ana shu ko‘rsatmalardan kelib chiqib mamlakatimizda ilk 
marta 1996 yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida 
m a’qullangan to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan 
«Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qi- 
lindi. Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni 
ta’minlash borasidagi vazifalar va ulami amalga oshirish prinsiplari- 
ni huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat 
sifatida ko‘rib chiqildi. 1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX 
sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsep- 
siyasi qabul qihndi.
Xorij tajribasida milliy xavfsizlik deganda ko‘proq davlat xavf- 
sizligi tushuniladi. Bu borada ham 0 ‘zbekiston o‘ziga xos yo‘liga 
ega. Chunonchi, masalaga bunday yondashuv milliy xavfsizlik mu- 
ammosining mohiyatini birmuncha toraytiradi. To‘g‘ri, milliy xavf- 
sizlikda harbiy va davlat xavfsizligi masalalari asosiy o‘rin tutadi. 
Biroq, milliy xavfsizlik deyilganda faqat ana shulaming o‘zigina 
tushunilmaydi. Mamlakatimizning hayotiy muhim manfaatlari loyi- 
hada belgilanganidek,

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin