Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Qurolli mojaro keskinlashgan taqdirda



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Qurolli mojaro keskinlashgan taqdirda
chegaralarni tan olmasdan, qo‘shni davlatlar hududiga yopiri-
lib kirishga tayyor turgan qochoqlar muammosi vujudga keladi.
Odatda, bu oqimda chegara orqali non va boshpana topishni-
gina emas, balki odamlarning qalbiga yangi g‘ulg‘ula solishni
istaydiganlar ham kirib keladi».
Bu muammoning ikki juda muhim tomoni bor. 
Birinchidan,
Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, o‘zaro nizolar, mojarolar
to‘qnashuvlar va qurolli qirg‘inlardan azob chekkan va natijada o‘z 
uyini, boshpanasini, qadrdon go‘shasini tashlab ketishga majbur 
bo‘lgan jabrdiyda qochoqlar bilan birga badniyat, odamlami jun- 
bishga keltiradigan, o ‘z xatti-harakati, gap-so‘zlari, g ‘ayriinsoniy 
mafkurasi bilan muqim va tinch yashayotgan aholini sarosimaga 
soladigan, ularga tahdid qiladigan odamlar ham chegaradan o‘tib, 
kirib keladilar. Bu tinch va barqaror hayot kechirayotgan boshqa bir 
mamlakatda hayot izmini o‘zgartirish, tahlikani kuchaytirish va shu 
yo‘l bilan taraqqiyotga g ‘ov bo'lishga olib keladi.
Ikkinchidan, 
kutilmaganda mamlakat hududiga kirib kelgan 
och va yupun odamlar taqdiriga befarq qarab bo‘lmaydi. Natijada 
tinch aholining moddiy, ma’naviy va ijtimoiy hayotiga zarar kel­
tiradigan omillar vujudga keladi. Bu eng aw alo iqtisod, moddiy 
ne’matlar bilan bog‘liq bo‘lgan, qochoqlami kundalik oziq-ovqat 
bilan ta’minlash, yashash sharoitini yaratish, turli yuqumli kasallik- 
laming oldini olish maqsadida ulaming sanitariya holatini nazorat 
qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish muammolarini yuzaga keltiradi.
3 1 6


Bunday holat endigina taraqqiyot yo‘liga chiqib olayotgan mamla- 
katlarda mavjud tabiiy qiyinchiliklar ustiga juda katta kutilmagan 
qiyinchiliklami keltirib chiqaradi.
Afg‘oniston va Tojikistondagi mojarolaming bunday uzoq- 
qa cho‘zilib ketayotganini, muammolaming chigallashib, tobo- 
ra jiddiy tus olib borayotganini ayni ana shu mamlakatlar aholi- 
si dastlab unchalik ham baholay olmadi. Buning ustiga ayni ana 
shu mamlakatlardagi mavjud vaziyat orqali nafaqat ularda, umu- 
man Yer yuzida, boshqa mintaqalarda ham yangidan-yangi mu- 
ammolar vujudga kelgan, jinoiy unsurlar ko‘paygan edi. Jumla- 
dan, narkotik moddalar bilan shug‘ullanish, xalqaro terrorizm va 
qurol-yaroq kontrabandasi jiddiy tarzda avj ola boshladi. Bu na­
faqat yuqoridagi ikki mamlakatning, balki butun dunyo xalqlari- 
ning hayotiga tahdiddir. Zotan, Prezident I. Karimov iborasi bilan 
aytganda, dunyodagi mavjud narkotik moddalaming 75 foizi fa- 
qat Afg‘onistonda yetishtirilayotganligi, uning 90 foizi Yevropaga 
tarqatilayotganligining o‘zi ayanchli emasmi? Sharq-u G ‘arb mu- 
nosabatlarini, Mag‘rib-u Mashriq o ‘rtasidagi juda katta madaniy, 
ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy aloqalami kuchaytirish o ‘miga inso- 
niyat zotiga qiron keltiruvchi zahri qotilni umumjahon bozorining 
noyob mahsulotiga aylantirish va shu yo‘l bilan jahon xalqlarini 
tanazzulga keltirishdan dahshatliroq narsa yo‘q.
0 ‘zbekiston r^fibari bu muammoni umumjahon taqdiriga daxl- 
dor masala sifatida ko‘taradi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin