lar taqdiriga tahdid solish, ulaming o‘zaro munosabatlariga putur
yetkazish, azaldan qondosh-jondosh, bir millat vakili bo‘lib kelgan,
qarindosh-urug‘ bo‘lib ketgan aholini chegaralar tufayli bir-biriga
qarshi qo‘yish hollari ham mavjudligini uqtirib o‘tadi.
Darhaqiqat, bugun Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turk-
maniston va Afg‘oniston hududida yashayotgan o‘zbeklar va ayni
0 ‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 130 ga yaqin millat va elatdan
iborat bo‘lgan aholi tarkibidagi qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, to-
jiklar o ‘rtasida nizo keltirib chiqarish, ulami bir-biriga qarshi qo‘yish
butun mintaqani jarga qulatishdan iborat bo‘lgan mudhish hodisadir.
Ayni ma’lum bir mamlakat, ma’lum bir mintaqa xalqlari o‘rtasidagi
nizolar hamisha faqat uninggina fojeasi bo‘lib qolmasligi, u ayni
paytda butun insoniyat, Yer shari taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan halo-
kat ekanligini anglashga da’vat etadi. Istalgan bir mamlakatda yoin-
ki hududda qurolli to‘qnashuvlar, qon to‘kishlar yuz bersa, avj olsa
naqadar mudhish oqibatlarga olib kelishini Prezident Islom Kari
mov shunday ifodalaydi:
Dostları ilə paylaş: