Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


fanatizm - fikr va tafakkur kushandasi, jaholat va xiyo-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

fanatizm - fikr va tafakkur kushandasi, jaholat va xiyo-
nat homiysidir.
Prezident Islom Karimov dinning jamiyat taraqqiyotida tutgan 
o ‘mi va roli, diniy fanatizm va ekstremizmning fojeali oqibatlari xu- 
susida fikr yuritar ekan, o’zining « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
kitobida aqidaparastlik illatining 0 ‘zbekiston Mustaqilligiga tahdid 
soluvchi yettita omilini ko‘rsatib beradi. Jumladan:
Birinchidan, 
aqidaparastlikni yoyish orqali musulmonlaming 
davlatning islohotchilik faoliyatiga ishonchini barbod qilish, mam- 
lakat va xalq taqdirini belgilaydigan barqarorlikni, íuqarolararo 
va millatlararo totuvlikni buzish yo‘lidagi xatti-harakati ko‘zga 
tashlanayotganini ko‘rsatadi. Fanatizm va ekstremizm dunyoviy 
davlatchilik tamoyillarini tan olmaydi. Haqiqiy demokratiyani, 
uning siyosiy va m a’naviy ahamiyatini inkor etadi. Ko‘pmillatli 
va ko‘pdinli jamiyatda ma’naviy xudbinlik orqali o ‘z mavqeyini
3 2 4


ko'tarishga intiladi, boshqa dinlami kamsitish va inkor qilish yo‘li 
bilan xalq hayotini jar yoqasiga olib boradi.
Ikkinchidan, «Fundamentalistlarning adolat haqidagi olo-
monbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko‘r-
ko'rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini
anglashimiz lozim», 
deydi Prezident I. Karimov. Darhaqiqat, bu 
hayqiriq va baqiriqlar yuzaki qaraganda odamlami o‘ziga jalb etadi, 
kundalik mayda kamchiliklami dunyoviy tashvishga aylantirib, ular- 
ning qalbida hayotga nisbatan norozilikni kuchaytiradi, ruhiyatida 
parokandalik va parishonlik, oxir-oqibatda esa tarkidunyochilik kay- 
liyatini uyg‘otadi. Insonning yaratuvchilik qudrati, mehnat qilish va 
yashash iqtidori susayadi. Xonanishin kayfiyat qurshovida qoladi.
Qolaversa, allaqanday hayqiriqlar va shiorlar girdobiga tu- 
shib qolgan kishi o‘zini ruhan erkin his qila olmaydi. Shaxs erkin- 
ligi, uning yashash erki va butun fikriy-ma’naviy ozodligi ko‘zga 
ko‘rinmas tor chegaralar doirasida biqinib qoladi. Natijada o‘sha 
qobiqdan chiqolmaydi, bu keng va rang-barang olamni diqqinafas 
xonadangina iborat deb biladi, o ‘sha qobiq ichida yashaydigan va 
fikrlaydigan bo‘lib qoladi. Hurfikrlilik, ozod yashash, ozod fikrlash 
jozibasidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda o‘zi anglamagan holda kim- 
largadir mute bo‘lib qoladi. Tobelik uni butunlay o ‘rab-chirmab ola- 
di. Taraqqiyot ana shu yo‘l bilan to‘xtatiladi. Harakatsiz, tushkun va 
mo‘rt hayot shakll^nib boradi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin