Islomni soxtalashtirish oqibatlari Prezident I. Karimov mustaqillikning ilk kunlaridayoq xavf-
sizligimizga tahdid soluvchi omillar xususida gapirar ekan, diniy
ekstremizm va terrorizm haqida takror va takror gapirdi. Xalqaro
tashkilotlar minbaridan turib, uning dunyoviy fojea, taraqqiyotga
to'sqinlik qiluvchi kuchli omil ekanligini bir necha marta ta’kid-
ladi. Jumladan, « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyoti kafolatlari» nomli kito-
bida muammoning ilmiy-nazariy yechimini bayon etdi.
Prezident Islom Karimov XX asr muammolari, odamlar dunyo-
qarashidagi jiddiy o‘zgarishlar va uning oqibatlari xususida fikr
yuritar ekan, o‘tgan yuz yillik oxirida «Islom uyg‘onishi», «Qayta
islomlashish», «Islom fenomeni», «Islom omili» singari bir qator
iboralaming pay do bo‘lish sabablarini izlaydi va diqqatimizni uning
nimalarga olib kelishi mumkinligiga jalb etadi.
Yuqoridagi tushunchalar o‘z-o‘zidan dunyoga kelgan emas va
ular - dunyoning katta bir qismini egallab oigan islom dini, uning
taraqqiyoti, istiqboli va jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘mi va roli-
ning tobora kengayib borayotgani natijasida kelib chiqqan, deyish
mumkin. Prezident bu jarayonlar insoniyat taqdiri, Yer shari istiq
boli va taraqqiyoti uchun ma’lum bir tahdid va tahlikadan ham xoli
emasligiga, unga kushyorroq boqishga, tiyrakroq nazar bilan qarash-
ga da’vat etadi. Chunki hamma davrlar sof islomiy nazariya, uning
falsafasi va shariati, insoniyatni komillikka da’vat etuvchi buyuk
ta’limoti bilan birga, uni soxtalashtiruvchilar, undan o ‘z shaxsiy
manfaatlari yo‘lida foydalanuvchilar ham yo‘q emasligini, ayni ana
shu salbiy hodisalar jamiyat taraqqiyotida kutilmagan fojealami kel-
tirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Mazkur hayotiy haqiqat
va jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi islom omilini hisobga olib
Islom Karimov: