Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

6+2 guruhining uchrashuvi
1999-yil, 19-20-iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston muammo- 
sini hal qilish bo‘yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi 
bo‘lib o ‘tdi. Bu guruhga Afg‘oniston bilan chegaradosh olti davlat -
Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda 0 ‘zbekiston, 
shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya kiradi. Birlash- 
gan Millatlar Tashkiloti rahbarligida tashkil etilgan mazkur anju- 
manda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq 
so‘zladi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat ayni vaqtda nafaqat mazkur 
mamlakatning, balki unga qo‘shni davlatlaming, qolaversa, butun 
xalqaro jamoatchilikning muammosiga aylangan. Negaki, bugun bu 
tuproqda davom etayotgan urush balosi bilan birga, narkoti^ mod­
dalar va qurol-yaroq kontrabandasi, diniy ekstremizm va fanatizm, 
terrorchilik xavfi mintaqadagi barcha davlatlarga, binobarin yal-
3 1 7


pi xavfsizlikka jiddiy tahdid solyapti. «6+2» guruhining Toshkent 
uchrashuvi mazkur mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish choralarini 
topishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda 
so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibining Afg‘o- 
niston bo‘yicha o‘sha paytdagi maxsus vakili L.Braximi BMT 
0 ‘zbekistonning ushbu mojaroni hal etish borasidagi sa’y-hara- 
katlarini yuksak baholashini ta’kidladi. U BMTning o ‘sha paytdagi 
Bosh kotibi Kofi Annanning «6+2» guruhining Toshkent uchrashu- 
vini qoTlab-quwatlab, Prezident Islom Karimov nomiga yoTlagan 
maktubini o ‘qib eshittirdi.
Ta’kidlash kerakki, «6+2» guruhining tashkil topishi, uning 
uchrashuvlarini muntazam tashkil etish o‘z-o‘zidan boiayotgan ish 
emas. Bu nihoyatda mashaqqatli va og'ir mehnat mahsulidir. Xusu- 
san, bu jarayonda 0 ‘zbekiston hukumatining salmoqli hissasi bor. 
Negaki, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘matilishi mamla- 
katimiz, qolaversa, butun mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun 
sharoit yaratadi. Xavfsizlik va barqarorlik esa taraqqiyotning eng 
muhim shartidir.
Shu boisdan 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda 
BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida 
Afg‘oniston muammosiga jahon hamjamiyatining e ’tiborini qaratib, 
bu masalaning nechogTi jiddiy ekanini alohida ta’kidlagan edi. BMT 
Bosh Assambleyasining 1995-yilda bo Tib o ‘tgan 5Cksessiyasida esa 
davlatimiz rahbari Afg‘oniston muammosini bartaraf etish borasi- 
da qator amaliy takliflami ilgari surdi. Xususan, bu davlatga qurol- 
yarog‘ kiritishni qat’iy taqiqlash zarurligini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Islom Karimov boshqa ko‘plab xalqaro anjuman- 
larda, turli davlatlar rahbarlari bilan muzokaralarda mintaqa xavf­
sizligini mustahkamlash, buning uchun eng aw alo, Afg‘oniston 
mojarosini tinch yoT bilan bartaraf etish zarurligini takrorlashdan 
charchamaydi.
Zero, Afg‘onistondagi urush nafaqat bizga yoinki mintaqamiz- 
ga, balki xalqaro xavfsizlikka, hatto insoniyat kelajagiga jiddiy xavf 
tug‘dirayotgani sir emas. Ya’ni, bugun mazkur muammo faqatgina 
qurolli harakatlar bilangina bogTiq emas, bu tuproqda ulkan miqdor- 
da narkotik moddalar va qurol-yaroq kontrabandasi avj olayotgani, 
terrorchilik va diniy ekstremizm unsurlari urchib borayotgani ham 
jahon ahlini haqli ravishda tashvishga solayotgani tabiiy.
1997-yili 0 ‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonga chegaradosh 
olti mamlakat" AQSH hamda Rossiya ishtirokida muloqot guruhi 
tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Oradan ko‘p o‘tmay, bu
3 1 8


tashabbus hayotda o‘z in’ikosini topdi. «6+2» guruhi tashkil etil- 
di. Uning birinchi uchrashuvi 1997-yil 16-oktabrda Nyu-Yorkda 
boTib o‘tgan edi.
Toshkent anjumanida ishtirokchilar Afg‘oniston mojarosini tinch 
yo‘l bilan hal etish chora-tadbirlari xususida o ‘z fikr-mulohazalarini 
bayon qildilar. Afg‘onistonning ichki muammolarini bartaraf etishda 
tashqi kuchlaming aralashuviga chek qo‘yish, o‘zaro nifoqdagi to- 
monlar o‘rtasida to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri muzokaralami boshlash zarurligi 
ta’kidlandi.
Anjuman nihoyasida «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan 
bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent Dekla- 
ratsiyasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vo- 
sitalari vakillari uchun matbuot anjumani boTdi. Unda L.Braximi 
«6+2» guruhi uchrashuvining bevosita Afg‘oniston bilan chegara- 
dosh mintaqa - 0 ‘zbekistonda o‘tayotgani muhim ahamiyat kasb 
etajagini ta’kidladi. Yana bir e’tiborga molik tomoni shundaki, 
Toshkent uchrashuvida Afg‘onistondagi ikki asosiy guruh «Tolibon» 
harakati hamda Afg‘oniston Birlashgan fronti vakillari ilk bor bir 
stol atrofiga yig‘ildi. Shuningdek, qabul qilingan Toshkent Dekla- 
ratsiyasi Afg‘onistonda tinchlik o ‘matish yoTidagi zalvorli qadam 
boTganini qayd etdi. BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha 
maxsus vakili mazkur Deklaratsiya uzoq vaqt mobaynida ishlab 
chiqilgan va V zida Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘matishning 
asosiy tamoyillarini jamlash bilan birga, endilikda «6+2» guruhi 
a’zolarining nuqtayi nazari va qarashlarini umumlashtiradigan mu­
him hujjat sifatida ham amal qilishini aytdi.
Darhaqiqat, Toshkent Deklaratsiyasining qabul qilinishi katta 
ahamiyatga ega. U «6+2» guruhiga a’zo davlatlar hamda Afg‘onis- 
tonda nizolashayotgan tomonlar uchun tinchlikka eltuvchi xarita 
vazifasini bajarishga qaratilgan. Matbuot anjumanida ta’kidlandiki, 
Deklaratsiya - so‘nggi manzil emas. U «Tolibon» bilan Birlashgan 
front o‘rtasida, shuningdek, ular bilan «6+2» guruhi a ’zolari o‘rtasida 
to‘g ‘ridan to‘g‘ri muloqotyoTgaqo‘yilishiga vaAfg'onistonda tinch­
lik o‘matish jarayoni izchil davom etishiga umid uyg‘otdi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin