ongimiz va shuurimizdan alohida o‘rin egallagan.
Terrorchilar mil-
lat hissiyoti, tuyg‘ulari va ehtirorslari bilan bog‘liq bo‘lgan ana shu
omildan ayyorlik bilan foydalandilar.
Islom niqobi ostida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlari
bir guruh aqidaparastlaming qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash
va shu yo‘l bilan davlat tepasiga chiqib olish singan maqsadlari tu-
fayli yuz berdi. 1999-yil 16-fevral kuni sodir bo‘lgan qonli fojealar-
ning butun mazmuni va mohiyati ana shundan iborat.
Fevral voqealari bugunning mahsuli emas. U yillar mobaynida
maddalab, yiringlab, oxir-oqibatda millat va mamlakat jism-u jonini
azobga
soladigan, so‘ng esa butunlay halokatga keltiradigan ashad-
diy yovuzlikdir.
Mustaqillik arafasida, aniqrog‘i 1980-yillaming ikkinchi yarmi-
da sobiq Ittifoq hududida, jumladan, 0 ‘zbekistonda ham vujudga
kelgan demokratiya o‘yinlari natijasi bo‘lmish bu illat yillar o‘tgan
sari faoliyat doirasini, shaklini, ta’sir etish yo‘llarini o‘zgartirib turdi.
Biroq, mazmun-mohiyati o‘sha-o‘shaligicha qolaverdi - qon to‘kish,
zo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish! 0 ‘zlarining
qabih niyatlariga erishish uchun
hech narsadan tap tortmaydigan,
chirkin va jirkanch maqsadlari yo‘lida millionlab begunoh odamlar
yostig'ini quritishdan toymaydigan, fikrlashdan uzoq bo‘lgan kishi-
lar guruhi ayni ana shunday yo‘l tutadi.
Hayotda o‘¿ining qat’iy pozitsiyasiga, mustaqil fikriga ega
bo‘lmagan, voqelikka aql-idrok bilan emas, balki hissiyot bilan yon-
dashadigan odamlar havoyi da’vatlarga tez uchadilar. Terrorchilik
harakati tashkilotchilari aholining xuddi ana shunday irodasi bo‘sh,
iymoni sust,
dunyoqarashi cheklangan, fe’l-atvori shakllanmagan
qatlami ichiga kirib olishdi. Ulaming zaif jihatlaridan ustomonlik
bilan foydalanishdi.
Mamlakat Prezidenti fevral voqealariga daxldor bo‘lgan ter
rorchilik guruhi ta’siriga uchgan, bilib-bilmay ko‘r-ko‘rona ularga
ergashganlami yurt va millat otasi sifatida gunohlaridan kechishi
haqida bayonot berganidan keyin sodir bo‘lgan voqealar diqqatga
sazovor.
Darhaqiqat, bir necha yuzlab yoshlar tanlagan yoilarining
noto‘g‘ri ekanligini anglab yetdilar. Kimlamingdir tazyiqi va ta’siri
bilan g‘ayriislomiy - g ‘ayriinsoniy yo‘lga
kirib qolganliklaridan
pushaymon bo‘lib, uzr so‘ramoqdalar. Ana shu fojeaviy holatning
o ‘zi diniy aqidaparastlik nima ekanligini yaqqol ko‘rsatmoq¡da.
Farg‘ona vodiysida, xususan, Andijon viloyatida payt poylab
yurgan aqidaparast, ekstremistik guruhlar o‘zlarining uzoq vaqtdan
11 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
321
beri pinhona tayyorlab kelgan rejalarini 2005-yil 13-may kuni amal-
ga oshirishga urindi. Ular Qirg‘izistondagi kabi 0 ‘zbekistonda ham
mahalliy va markaziy
hokimiyat zaiflik qiladi, degan xomxayolga
borgan edi. Jangarilar ongi zaharlangan yoshlami o‘zlariga ergash-
tirib, ma’muriy binolami egallash yo‘li bilan o‘z qabih maqsadi-
ga erishishni rejalashtirdi. Andijonda xalq say lagan konstitutsiya-
viy hokimiyatni ag‘darishni, bu yerda musulmon xalifaligi tuzishni
mo‘ljallagan edi.
Ayrim davlatlaming Markaziy Osiyo mintaqasiga demokratiyani
majburan o‘matishga urinishidan uchinchi kuch foydalanib qolishi
mumkin. Bu kuch - islom dinini niqob qilib oigan yovuz niyatli ra
dikal oqimlardir.
Oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rgan
qurollangan jangarilar
yarim tunda shahardagi post-patrul xizmati batalyoni hududiga
bostirib kirib, to‘rt nafar navbatchini otib tashlaydi. 0 ‘nlab av-
tomat, granata, ikkita q o i pulemyoti va boshqa qurol-yarog‘ni
q o ig a kiritgan bosqinchilar tunda Mudofaa vazirligining harbiy
qismiga borib navbatchini otib tashlab, qo‘shimcha qurol-aslahani
qo‘lga kiritadi. Qamoqxona darvozasini buzib kiradi, qurol bilan
qo‘rqitish orqali hibsxonalardan qariyb 600
nafar mahbusni chiqa-
rib yuboradi.
Bosqinchilar tinch aholiga tegishli yengil mashinalami egallab
oladi, qurollardan o ‘q otgan holda viloyat hokimligi, Milliy xavfsiz-
lik xizmati viloyat boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi
binolariga hujum uyushtiradi. Ular viloyat hokimligi binosini egal-
laydi.
Jangarilar har bir harakatini ayollar, bolalar, qariyalar va boshqa
garovga olingan kishilar panasida turib amalga oshiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti shu kuni
erta tongdayoq Andijonga
yetib bordi. Shahar va viloyat jamoatchiligi vakillari, mahalla oq-
soqollari bilan uchrashdi. Ular bilan maslahatlashgan holda vazi-
yatni izga solish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi.
Mamlakatimiz, xalqimiz istiqlolning ilk kunlarida belgilab oi
gan oliy maslagimiz - huquqiy demokratik davlat barpo etish va
adolatli fiiqarolik jamiyatini shakllantirish yoiidan dadil borave-
radi. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash,
mamlakatni
modemizatsiya va isloh etish - bosh maqsadimizdir. Erkin, de
mokratik fiiqarolik jamiyati talablariga to iiq javob beradigan yuk-
sak taraqqiyotga erishish yoiidan bizni hech kim, hech qachon
qaytara olmaydi.
3 2 2