Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Ko‘p hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli va-



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Ko‘p hollarda nufuzli xalqaro tashkilotlar mojaroli va-
ziyatlarga, ifodali aytganda yong‘in hidi endigina chiqayotgan
paytda emas, balki batamom lovullab ketganda, bartaraf etish
qiyin bo‘lib qolgandan keyingina e’tibor bera boshlaydilar. Ja­
hon hamjamiyati mojarolar kuchayishining oldini olish maqsadi-
da ko‘p hollardagi befarq kuzatuvchi rolidan faol tinchlikparvar
nuqtayi nazariga o‘ta borishi kerak», 
- deb qat’iy ta’kidlagan 
edi. 0 ‘shanda u nufuzli xalqaro tashkilotlaming faoliyatini tubdan 
o‘zgartirish, ular tizimida va maqomida ham tub islohotlami amal- 
ga oshirish kerakligini, endigi dunyo bamaylixotirlik kayfiyatini 
ko‘tarmasligini, aksincha, u dadil harakatlarga boy tafakkur va aql- 
idrokka asoslangan qat’iy talablarga muhtoj ekanligini ko‘rsatib ber- 
gan edi.
Tojikiston voqealari, Tojikiston va Afg‘oniston munosabatla- 
ri, umuman Markaziy Osiyodagi m a’naviy-siyosiy vaziyatni g ‘oyat 
chuqur, har taraflama asosli tahlil etar ekan, ulaming mamlakatlar 
ijtimoiy-siyosiy muhitiga ta’siri haqida, mazkur mintaqaning jahon 
taraqqiyotida tutgan o‘mi va xalqaro tashkilotlaming vazifalari haqi­
da prinsipial fikrlar yuritdi.
0 ‘shandan buyon oradan m a’lum muddat vaqt o‘tdi. Mamla- 
kat hayotida ham, jahon siyosatida ham birmuncha o ‘zgarishlar yuz 
berdi. Ana shu ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuz berayotgan yangidan 
yangi hodisalarga alohida e’tibor bilan qarashni taqozo etayotganligi 
sababli Prezident I. Karimov dunyo va Yer yuzi taqdiriga daxldor 
bo’lgan qator muammolar ustida doimiy va uzluksiz yangi fikrlar- 
ni ilgari suradi. Jumladan, u o‘tmishdagi «sovuq umsh» illatlariga 
barham berish, g‘oyaviy kurashlarga chek qo‘yish yo‘li bilan tashqi 
siyosatni xalqlar va mamlakatlar ravnaqi asosida qayta shakllantirish 
zarurligi g‘oyasini o‘rtaga tashlaydi. Davlatlararo munosabatlar har 
tomonlama dunyo taraqqiyotiga va mamlakatlar fuqarolarining ha- 
yotiga daxldor bo‘lishini uqtirib o ‘tdi. U Yer yuzi xavfsizligi bilan 
bir qatorda 0 ‘zbekistonda chinakam insonparvar siyosat tobora chu- 
qurlashib borayotganini va u dunyo kengliklariga chiqib olayotga- 
nini yaqqol ko‘rsatdi. Ayni paytda mamlakatimiz rahbari Markaziy 
Osiyo muammolari xususida to‘xtalar ekan, Yer sharining ana shu 
mintaqasida yuz beradigan hodisalaming salbiy yo ijobiy jarayo- 
ni bevosita dunyo taraqqiyotiga, jahon xalqlari taqdiriga u yoki bu 
tarzda kuchli ta’sir etishi mumkinligini nihoyatda kuchli siyosiy- 
falsafiy mantiq, jahon muammolarini o ‘rganishda o ‘ziga xos dunyo- 
viy tafakkur, chuqur tahlil va undan kelib chiqadigan aniq-ravshan
3 0 6


xulosalar bilan isbotlab bergan edi. Ko‘tarilgan muammolar asosida 
Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy seminarini 
tashkil etish hayot zarurati, jahon taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ehti- 
yoj ekanligini ta’kidladi.
Qolaversa, 0 ‘zbekiston ju g ‘rofiy-siyosiy jihatdan o‘ta muhim 
nuqtada joylashgan. U bir qator mamlakatlararo va mintaqalararo 
aloqalami eng maqbul shaklda birlashtirib turish uchun qulay im- 
koniyatga ega. Qadimdan mag‘rib-u mashriq, shimol-u janub ana 
shu mamlakat orqali aloqada bo‘lgani, o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlaming rivojlanishi va dunyo taraqqiyoti barqarorligi- 
ni saqlab turish uchun muhim omil, tayanch nuqtasi ekanligini 
ko‘rsatib berdi.
Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, hozirgi dunyo ijtimoiy- 
siyosiy jarayonlarini yaxshilik sari burib turishda, insoniyat ravnaqi 
va hayotining daxlsizligini ta’minlashda, qolaversa butun Yer shari 
«muvozanati»ni saqlashda hozirgi 0 ‘zbekiston tutgan siyosiy mavqe 
ju g ‘rofiy jihatdan katta strategik ahamiyatga ega.
Ayni paytda 0 ‘zbekiston dehqonchilik va sanoat ishlab chiqa- 
rishi, beqiyos yerosti va ustki boyliklari mavjud bo‘lgan mo‘jizaviy 
makon. Unda jahon taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan fan, madaniyat va 
boshqa aqliy imkoniyatlar ham mavjudki, bu bevosita uning dunyo 
sahnasiga chiqishiga keng yo‘l ochib berdi va yangi dunyo uchun 
hayotbaxsh kuch bo‘lib xizmat qildi.
0 ‘zbekiston rahbarining o‘rtaga tashlagan takliflari dunyo siyo- 
satdonlari tomonidan ancha o‘rganildi, tahlil etildi va ma’qullandi. 
Natijada 1995-yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda BMTning Mar- 
kaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan 
seminar-kengashi boTib o‘tdi.
Qator xalqaro tashkilotlaming mas’ul vakillari, o‘nlab mamla- 
katlaming siyosat va jamoat arboblari ishtirok etgan bu kengashda 
Markaziy Osiyo muammolarini o ‘rganish dunyo taraqqiyotining mu­
him bosqichi sifatida keng muhokama qilindi. 0 ‘zbekiston rahbari­
ning kengashda so‘zlagan nutqi bosh hujjat va keng qamrovli das- 
tur sifatida baholandi. Notiq Toshkent uchrashuvlarining «Tinchlik, 
Barqarorlik, Hamkorlik» shiori ostida o'tayotganligining o ‘ziga xos 
mazmuni borligini alohida sharhlab berdi. Jumladan:
- dunyo tinchligi yoTida davlatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va 
qat’iy ishonch, mamlakatlaming mustaqilligini so‘zsiz tan olish;
- siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyot hamda islohot¿ar sama- 
rasining asosiy omili barqarorlik ekanligini e’tirof etish va uni toTa 
ta’minlashga intilish;
3 0 7


- umumxalq va umumjahon manfaatlaridan kelib chiqib, har to- 
monlama hamkorlikka tayanib ish tutish zarurligini ko‘rsatib berdi.
0 ‘zbekiston rahbarining fikricha, dunyo taraqqiyoti, olamning 
bus-butunligi, barcha xalqlaming tinchligi va xavfsizligi eng aw a- 
lo, mintaqaviy barqarorlikni vujudga keltirish va bir-birini bevosi- 
ta to‘g ‘ri anglashga bog‘liq. Darhaqiqat, birinchi galda ma’naviy- 
ruhiy jihatlari, turmush tarzi va urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan 
xalqlar o ‘zaro totuvlikni ta’minlasalargina, ular yashayotgan minta- 
qalarda xavfsizlik, barqarorlik bo‘lishiga, shu asosda mintaqalara- 
ro va qit’alararo yakdillik vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Ana 
shunday hayotiy haqiqatga tayangan 0 ‘zbekiston Prezidenti urush 
va tinchlik muammolariga, milliy ravnaq va Yer yuzi xavfsizligi- 
ga kengroq qarash, endi yaqin o ‘tmishimizdagidan farqli holda har 
qanday mafkuradan xoli, inson qalbiga yaqin bo'lgan tushunchalami 
ilgari surib, «bir-birimizdan qochmaslikni tushunishga majbur ekan- 
ligimizni» alohida uqtirib o ‘tdi. Ana shu majburlik hissi, majburiyat 
yuki har qanday davlat arbobining o‘z mamlakati manfaatidan tortib 
mintaqaviy, qolaversa dunyoviy masalalarga ham jiddiyroq qarash- 
ni, bu masalalar oldida javobgar ekanligini g ‘oyat kuyunchaklik va 
mas’uliyat bilan ta’kidlaydi.
Prezident I. Karimov Markaziy Osiyo muammolari haqida ga- 
pirar ekan, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin