Xalqimiz, shu jumladan, Samarqand ahlining bugungi hayoti-
miz va ertangi istiqbolimiz yo‘lida
qilayotgan mehnati, fan va ma-
daniyat namoyadalarining izlanishlari sohibqiron davridagi o ‘sha
olamshumul ishlaming uzluksiz davomidir. Bulaming barchasi Sa-
marqandning shuhratiga shuhrat qo‘shyapti, desak, aslo mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Samarqand nafaqat muqaddas obidalari
va betakror tarixiy
mo‘jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng
qimmatli boyligi - bag‘ri keng, qalbi go‘zal mehnatkashlari bilan
butun dunyoda mashhur.
Aziz birodarlar!
Bugun Amir Temur to‘yini
nishonlashimizning, unga haykallar
tiklashimizning, temuriylar davri me’moriy yodgorliklarini ta’mirlab
obod etishimizning, u zoti sharifga boTgan
ehtirom va muhabbati-
mizning sababi bitta:
Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish de-
makdir.
Amir Temurni anglash - o‘zligimizni anglash demakdir.
Amir Temurni ulug‘lash - tarix qa’riga chuqur ildiz otgan
tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, bu-
Dostları ilə paylaş: