respublikada 13
ta vazirlik, 11 ta davlat qo‘mitasi, 9 ta agentlik va
3 ta qo‘mita saqlanib qolindi, ulaming vazifalariga umuman iqti-
sodiyotni va uning sohalarini boshqarishning
strategik masalalarini
ishlab chiqish kiradigan bo‘ldi.
Xo‘jalik birlashmalari endilikda ishlab chiqaruvchilar uyushma-
lari shaklida faoliyat ko‘rsatadigan bo'ldi. Bu boradagi islohotlar
izchil davom ettirildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
2004 yil 5 yanvarda «Hududiy davlat boshqaruv
organlari tarkibini
takomillashtirish to‘g ‘risida» qaror qabul qildi. Unga muvofiq bar-
cha hokimliklar yangi boshqaruv tarkibiga o ‘tadi. Viloyat, shahar,
turnan hokimlarining o‘rinbosarlari qisqartirildi hamda hokimliklar
mahkamasidagi shtatlar ham qisqartirildi.
Beshta shahar, 8 ta sha
har ichki tumanlari qisqartirilishi natij asida budjet hisobidan moliya-
lashtiriladigan hududiy boshqaruv organlari xodimlarining soni 500
birlikka qisqartirildi. Shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 331
birlikka qisqardi va ulami saqlashga ketadigan xarajatlar 312 million
so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida boshqaruv xodimlar
sonini optimallashtirish natijasida 0 ‘zbekistonda ming nafar kishiga
amaldorlar soni 6,1 kishini yoki aholining 1,6 foizini tashkil etdi.
Qozog‘istonda ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 19,2 va 3,4 ni,
Ukrainada - 20 '¿a 4,5 ni, Rossiyada 22,1 va 3,9 ni tashkil etdi.
Boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari davlat budjetining 1,9
foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 0 ‘zbekiston
bozor iq-
tisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Masalan
AQSHda bu ko‘rsatkich 1,1 ni tashkil etadi.
Bundan tashqari boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirilishi
natijasida boshqaruv xodimlari soni 40 ming kishiga qisqartirildi, bu
esa 40,5 milliard so‘mlik budjet fnablag‘larini tejash imkonini berdi.
Dostları ilə paylaş: