O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxonada xizmatlar sifatini boshqarish mexanizmi



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

4.Mehmonxonada xizmatlar sifatini boshqarish mexanizmi 
Zamonaviy mehmonxona kompleksida sifatni boshqarish ishini nazorat qilish va 
muvofiqlashtirish bilan sifat bo‗yicha boshqaruvchining xizmati shug‗ullanadi.
Sifat bo‗yicha boshqaruvchi mijozlarga ko‗rsatilayotgan xizmatlarning sifati, uning 
texnologik standartlar va sanitariya normalariga muvofiqligi ustidan kundalik nazoratni 
amalga oshiradi. U bosh direktor oldida hisobdor bo‗lib, o‗z faoliyatini 
mehmonxonaning boshqa bo‗limlari rahbarlari bilan yaqin aloqada amalga oshiradi. 
Sifat bo‗yicha boshqaruvchi bo‗limlarning rahbarlari va xodimlarga bergan ko‗rsatmalar 
ijro etish uchun majburiydir.
Sifat bo‗yicha boshqaruvchi kadrlar bo‗limi, mehmonxona boshqa bo‗limlarining 
rahbarlari bilan hamkorlikda xodimlarni o‗qitib-o‗rgatish va ularni qayta tayyorlashni 
amalga oshiradi, marketing xizmati bilan hamkorlikda esa yangi mehmonxona va 
restoran xizmatlari, texnologiyalarini kuzatib boradi va amalga joriy etishga tavsiya 
qiladi, mehmonxona korxonasining strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Bu 
ishga mustaqil ekspertlar, maslahat va ta‘lim firmalari jalb qilinadi.
Sifat 
bo‗yicha 
boshqaruvchining 
xizmati 
marketing 
bo‗limi 
hamda 
mehmonxonaning boshqa bo‗limlari bilan hamkorlikda sifatni oshirish dasturini, 
shuningdek xizmatlar tashkil etilishi va ko‗rsatilishini nazorat qiluvchi tizimlarni ishlab 
chiqishda ishtirok etadi.
Sifat bo‗yicha boshqaruvchi mehmonxona kompleksining umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun yangi menyu, vino kartalari va xizmat ko‗rsatish texnologiyasini 
ishlab chiqish bilan shug‗ullanadigan kulinariya kengashi ishida ishtirok etadi.
Rasmdan ko‗rinib turganidek, sifat bo‗yicha boshqaruvchining xizmati 
mehmonxonada xizmat ko‗rsatishning tashkil etilishi va sifatini yaxshilashga 
yo‗naltirilgan surunkali va rejali ish olib borish uchun joriy etiladi.
Mehmonxonada to‗xtagan mehmonlarning shikoyat va takliflarini tahlil qilish sifat 
xizmati ishining muhim tarkibiy qismidir. Xizmatga mehmonlarning mehmonxona 
faoliyati haqidagi fikr-mulohazalari ifodalangan so‗rovnomalar kelib turadi. Shikoyat va 
takliflar daftari har kuni ko‗zdan kechiriladi, tegishli xulosalar chiqariladi. 
Mehmonlarning og‗zaki va yozma shikoyatlari bilan ishlash sifat xizmati rahbarining 
doimiy nazorati ostida turadi.
Sifat bo‗yicha boshqaruvchining xizmatiga, qoida tariqasida, mehmonxona 
xizmatlarini sertifikatlashtirish organlari, sanitariya va savdo inspeksiyasi bilan aloqa 
qilish vazifasi yuklanadi. U mazkur organlarning vakillari o‗tkazadigan tekshiruvlarda 
ishtirok etadi.



82 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin