O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Sifatni yaxshilash ishida mehmonxona xizmatlari va bo„limlarining o„zaro



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

Sifatni yaxshilash ishida mehmonxona xizmatlari va bo„limlarining o„zaro 
hamkorligi sxemasi 
13-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISH TIZIMIDA 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
Reja: 
1.Axborot texnologiyalari tushunchasi 
2.Boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining roli va 
o„rni 
3.Elektron hujjatlar bilan ishlash 
4.Boshqaruvda axborot xavfsizligini ta‟minlash 
 
1.Axborot texnologiyalari tushunchasi 
Axborot eki informatsiya – bu olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan 
hodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma‘lumotlardir. Informatsiya so‘zi lotincha 
―informatio‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma‘noni 
anglatadi. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va 
boshqalarda mavjuddir.
Inson turli a‘zolari yordamida axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, 
xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Umuman, insonning kundalik hayoti va 
faoliyati turli xil axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog‘liq. 
Hozirgi kunda axborotni qayta ishlovchi universal vosita sifatida elektron-hisoblash 
mashinalari xizmat qilmoqda. Texnologiya so‘zi grekcha ―techne‖ so‘zidan kelib 
chiqqan. ―Techne‖ - san‘at, mohirlik degan ma‘noni anglatadi. Axborot texnologiyalari 
yoki informatsion texnologiyalarning rivojlanishi bosqichlari hisoblash texnikasi 
rivojlanishi bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir.
2.Boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda axborot texnologiyalarining roli va 
o„rni 
Mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari nomerlarni rezervlash, 
doimiy mijozlar, mehmonlarning talablari va ular to‗lashi lozim bo‗lgan haq haqidagi 



83 
ma‘lumotlarni kiritish, saqlash va zarur holda tez qidirib topishga yordam beradi. 
Muayyan sanada tashrif buyurgan mehmonlar ro‗yxatini kompyuter xotirasidan topish 
hech qanday muammo tug‗dirmaydi. Rezervlash stoli fayllari avtomatlashtirilgan 
axborot tizimining muhim tarkibiy qismi bo‗lib, ular ushbu ish uchun mas‘ul bo‗lgan 
ma‘mur (administrator) yordamchisiga bronlashtirilmagan nomerlar miqdori va ularning 
tafsilotlari: xonalari soni, derazadan ochiladigan manzara, narxi haqida axborot olish 
imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi mehmonxona faoliyatiga joriy 
etilgunga qadar rezervlash bilan shug‗ullanuvchi xodim bunday axborotni yig‗ishi va 
undan foydalanishi ancha og‗ir ish bo‗lib, juda ko‗p vaqtni olar edi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kompyuter dasturlari to‗plamidan iborat bo‗lib, 
ular yordamida boshqarish ofislari va yordamchi bo‗limlar ishi uchun dolzarb 
ahamiyatga ega bo‗lgan axborotni yig‗ish va undan foydalanish mumkin. Bu to‗plam 
tarkibida to‗rt dastur ayniqsa muhimdir, chunki ular ma‘murlarni quyidagi yo‗nalishlar 
bo‗yicha kerakli axborot bilan ta‘minlaydi: 

rezervlash xizmatini boshqarish;

mehmonlarga xizmat ko‗rsatishni boshqarish;

mehmonlar bilan hisob-kitob qilishni boshqarish; 

mehmonxonani boshqarishning umumiy masalalari. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining rezervlash xizmati faoliyatini ta‘minlovchi 
tarkibiy qismi mazkur xizmat xodimlariga rezervlashga so‗rovlarni tez olish, 
rasmiylashtirilgan bronlarga tasdiqlar olish va mehmonxona nomerlari mijozlar bilan qay 
darajada to‗liqligi haqida doim aniq tasavvurga ega bo‗lish imkonini beradi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ofisda va telefon orqali rezervlash 
markazlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilgan bronlash haqidagi barcha axborot 
jamlanadi. Mehmonxona korporatsiyalarining aksariyati mazkur tizimda o‗z raqamlariga 
ega bo‗lib, ularning yordamida mijozlar oldindan buyurtma qilish uchun mamlakatning 
istalgan nuqtasidan, ba‘zan hatto chet eldan (bepul) sim qoqishlari mumkin. Transport 
agentliklari ham ushbu markazlashtirilgan tizimga kompyuter tarmog‗i orqali to‗g‗ridan-
to‗g‗ri kirish imkoniyatiga ega. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan surunkali 
foydalanuvchi mehmonxonaning yuzdan ortiq xizmatchilari istalgan vaqtda quyidagi 
yo‗nalishlar bo‗yicha axborot olishlari mumkin: 

rezervlash; 

bosh ma‘mur ofisi; 

jamoaviy tashriflarni rasimylashtirish; 

doimiy mijozlar haqida ma‘lumotlar; 

hisobotlar matn muharriri; 

transport agentliklarining xizmatlari uchun schyotlar; 

turlarni rasmiylashtirish; 

ma‘muriy-xo‗jalik masalalari; 

foiz daromadlarini boshqarish; 

kompleks dasturlar tuzish; 

ulgurji savdo; 

kompyuter bo‗yicha hisob-kitoblar uchun interfeys; 

kinofilmlar namoyishini buyurtma qilish uchun interfeys; 



84 

savdo nuqtalari uchun interfeys; 

ekologik nazorat; 

markazlashtirilgan rezervlash; 

shahar grossbuxi; kreditorlik qarzlari; 

kondominium egalarining schyotlari; uyushmalarni boshqarish; 

nomerlarni uzoq muddatga berganlik uchun ijara haqi; taymsherlar uchun ijara 
haqi.
O‗rta va katta mehmonxonalarda ma‘murning ish joyi schyotlar va xaridlarni 
nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun mini-kompyuter bilan jihozlanadi. 
Mehmonxonada odatda monitorlar bilan jihozlangan yana bir nechta xizmatlar: savdo 
nuqtalari, ta‘minot xizmati, konferens zal va boshqa xizmatlar ham faoliyat ko‗rsatadi. 
Kichiq mehmonxonalar so‗rovlarni rasmiylashtirish uchun mini-kompyuterdan alohida 
foydalanishi yoki uni mahalliy tarmoqqa ulashi mumkin.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin