Qavatlar xizmati bo„limi Mehmon mehmonxonada yashaganda, uning xonasini kimdir tozalab berishini
xohlaydi. Oqsochlar va qavatlar xizmati bo‗limi bu vazifani bajaradi. Qavatlar va
oqsochlar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi boshqaradi. Oqsochlar
mehmon kelishidan oldin xonalarni tayyorlab qo‗yadilar. Bo‗lim boshlig‗i
oqsochlarga xonalarni umumiy tozalashni yoki kosmetik yig‗ishtirishni buyuradi.
Oqsochlar tozalash vositalarini, ya‘ni sovun, hojatxona qog‗ozi, hamda to‗shak va
vanna oqlarini maxsus aravalarda olib yuradilar. Shuningdek, shu aravalarda kir
o‗rin oqlari va axlat uchun maxsus idish ham bo‗ladi. Oqsochlar xonalarga kirish
uchun universal kalitdan foydalanadilar. Agar mehmonga qo‗shimcha karovat yoki
raskaladushka (yig‗ma karovat) kerak bo‗lsa, qavatlar xizmati bo‗limiga murojaat
qilishlari mumkin. Shuningdek, ular sochni quritish va dazmol qilish kabi
xizmatlarni ham
5.Restoran bosh metrdotelining lavozim yo„riqnomasi Metrdotel (fr. raditre d‘hote) - mehmonxona xo‘jayini) - restorenda mansabdor
shaxs, restoran savdo zalida farmoyish beruvchi, ofitsiantlarga rahbarlik qilish,
mehmonlarni kutib olish, ularga stoldan joy taqdim etish, ularga xizmat
ko‘rsatilishini nazorat qilishi burchiga kiradi.
Metrdotel har bir buyurtma uchun stol belgilaydi va ofitsiantlarga instruktaj
beradi. Metrdotel mehmonlarni kutib olib, stol oldigacha kuzatib boradi, o‗tqizib
taomnomani qo‗llariga beradi va ofitsiantni yuboradi.
Metrdotel ofitsiantlar o‗rtasida ishlarni taqsimlaydi, ularning tashqi ko‗rinishi,
jihozlarning (idishlar, salfetka) mavjudligini, stoldagi idishlar va dasturxonning
97
tozaligini, mebel, gilam, yorug‗likni tekshiradi. Mijozlar e‘tirozini ham u qabul
qiladi (sifatsiz ovqat va ichimliklar bepul almashtiriladi).