94
aloqa qiladi, boshqaruv funksiyalarining bir qismini boshqa mutaxassislarga o‗tkazadi,
odamlarga ishonadi. U talabchan, lekin odil rahbar. Mazkur boshqaruv uslubida
boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda jamoaning barcha a‘zolari ishtirok
etadi.
Liberal rahbarlik uslubiga tayanuvchi menejer jamoa ishlariga deyarli aralashmaydi,
xodimlarga to‗la erkinlik beriladi, shaxsiy va jamoaviy ijodiy mehnat bilan shug‗ullanish
uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunday rahbar odatda qo‗l ostidagilar bilan
xushmuomala, o‗zi ilgari qabul qilgan qarorni bekor qilishga tayyor bo‗ladi. Liberallar
tashabbussizligi, yuqori boshqaruv organlarining ko‗rsatmalarini ko‗r-ko‗rona bajarishi
bilan ajralib turadi. Jamoaga ta‘sir ko‗rsatishning turli-tuman usullari orasidan liberal
rahbar odatda iltimos qilish va ko‗ndirishni tanlaydi. Boshqaruv funksiyalarini
bajarishda u juda sustkash. Liberal rahbar jamoada nizo chiqishidan qo‗rqadi, qo‗l
ostidagilarning fikriga asosan qo‗shiladi. Odamlar bilan muomalada haddan tashqari
yumshoqlik unga jamoa obro‗sini qozonishga halaqit beradi, chunki ayrim xodimlar
undan o‗ziga muayyan imtiyozlar berilishini talab qiladi, liberal rahbar esa ular bilan
orani sovitishni istamay, qo‗yilgan talablarni bajaradi. Liberal rahbarda yorqin
mehmonxonachilik qobiliyatiga ega bo‗lmaydi, qo‗l ostidagilarni yaxshi nazorat
qilmaydi. Buning natijasi o‗laroq, uning boshqaruv faoliyati yaxshi samara bermaydi.
Boshqarish uslubi boshqaruv qarorlari qabul qilish texnologiyasida o‗z aksini topadi.
Xususan, menejer:
yakkaboshchilik asosida qarorlar qabul qiladi va ularni e‘lon qiladi («sof»
aktokrat);
muayyan qarorni qabul qilish zarurligini «singdiradi»;
o‗z fikrini bildiradi va savollar berishni taklif qiladi;
qarorning sinov namunasi (model) tarzidagi echimini taklif qiladi;
muammoning mohiyatini ochib beradi, ko‗rsatmalar beradi, takliflarni
baholaydi, qarorlar qabul qiladi («sof» demokrat);
cheklashlar belgilaydi va xodimlaridan qaror qabul qilishni so‗raydi;
qo‗l ostidagilarga to‗la erkinlik beradi («sof» liberal).
Yuqorida zikr etilgan rahbarlik uslublari sof holda juda kam uchraydi. Rahbarning
omilkorligi har bir uslubning afzalliklaridan foydalanish va uni vaziyatga qarab
qo‗llashda namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: