95
1.Joylashtirish bo„limi ma‟murining lavozim yo„riqnomasi
Ma‘muriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat bo‗limlarining
ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, xodimlar (kadrlar) bilan
ta‘minlash masalalari bilan shug‗illanadi, xodimlarga
yetarli ish sharoitlarini
yaratish, texnika xavfsizligiga, ekologiya va yong‗inga qarshi qo‗yilgan normativ
talablarni
bajarilishini nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan
shug‗illanadi. Bu bo‗limni oliy toifali menejer yoki mehmonxona direktorining o‗zi
boshqaradi.
Mehmonxonalarda ma‘mur (administrator) xizmatlari ko‗rsatishning muhim
vazifalari
asosan qabul qilish va xizmat ko‗rsatish bilan belgilanadi. Bu ―Front
office‖ xizmati bo‗lib, u qabul qilish va xizmat ko‗rsatish deb talqin qilinadi. Ingliz
tilida bu xizmat ―Reception‖ deb atalib, u ―Front office‖ning bir bo‗limi hisoblanadi.
Unda konserj, shveysar, yuk tashuvchi, paj, telefon operatori, mehmonlar bilan
ishlovchi menejer va ko‗pincha bronlashtirish xizmatlari kiradi. Bu bo‗lim
boshida
mehmonxonada joylashtirish bo‗yicha direktor turadi va unga yuqorida barcha sanab
o‗tilgan bo‗limlar kiradi.
Demak, ―Front office‖ bu mehmonxonaning guruhli punkti, uning nerv markazi,
mehmon bilan otel xizmatlari yuzma-yuz uchrashib va xayrlashadigan joyidir.
Mehmon uchun bu ―Front office‖ otelning yuzi bo‗lib, u mehmonning otel bilan
munosabati qabul xizmatida turgan xodimning suhbati bilan chegaralanadi.
Shuning uchun, bu xizmat xodimlarining odamlar bilan muloqot qila olishi
ularning muhim fazilatlaridan biriga kiradi. Ushbu xizmat xodimlari ―tovar‖, ya‘ni
otelni
sotishni bilishi, uning imidjini yaratishi, mehmonxona menejmenti vakili
bo‗lib, mehmonning muammolarini echishi va ularning yaxshi do‗sti bo‗lishi kerak.
Avvalo, qabul qilish xizmati administratori zo‗r ―psixolog‖ ham bo‗lib,
mijoz
bilan suhbatda to‗g‗ri yo‗l tanlashni darrov anglashb olishi muhim. Qabul qilish
xizmati xodimlari otel haqida barcha ma‘lumotlar (nomerlarning yaxshi va yomon
taraflari,
joylashishi, narxi, boshqa xizmatlar), shaharning diqqatga sazovor joylari,
manzili, borish mumkinligi,
transport, muzey, teatrlarning ishlash rejimini to‗liq
bilishlari shart.
Avvalo, qabul qilish xizmati otel holida joylashgan bo‗lishi shart. Iloji bo‗lsa,
qabul xizmati klerklari o‗z ish joylaridan liftni ko‗rib turishlari va bu mijozlar va
yuklar ustidan qo‗shimcha nazoratni olib borish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: