O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Motivlashtirish modellari va strategiyalari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

2.Motivlashtirish modellari va strategiyalari 
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud: 
1. Rag‗batlantirish va jazo strategiyasi, ya‘ni, kishilar mukofot olish uchun 
ishlaydilar: 
-kim ko‗p va yaxshi ishlasa, unga yaxshi hak to‗lanadi; 
-kim undan ko‗p ishlasa shunchalik ko‗p haq to‗lanadi; 
-kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi. 
2. Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro 
etish sifati yuqori bo‗ladi. 
3. Menejerlar bilan doimiy aloqada bo‗lish strategiyasi: bo‗ysunuvchilar bilan birga 
maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hattoki u to‗g‗ri yoki 
noto‗g‗ri, yoxud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan 
xodim o‗rtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi. 
Motivlashtirishning quyidagi usullari qo‗llaniladi: 
-pulni rag‗batlantirshi va mukofotlash sifatida ishlatish; 
-jazolash; 
-raqobatni kuchaytirish; 
-ish orqali motivlashtirish; 
-yutuqni tan olish va taqdirlash;
-xodimlarni o‗qitish va yuksaltirish; 
-salbiy ta‘sirni cheklash va me‘yorlash; 
-guruh mehnatini mukofotlash va rag‗batlantirish;
-xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va h.k. 
Agar siz o‗z ta‘tilingiz haqida uylasangiz sizning qaroringizga bir nechta 
motivatsiya 
ta‘sir ko‗rsatayotganligini ko‗rishingiz mumkin. Ko‗pincha bu 
motivatsiyalarning biri ikkinchisini cheklamaydi. Aksincha, bir-birini to‗ldiradi, hatto 
motivatsiyalar bir biriga qarama-qarshi bo‗lishi ham mumkin.
Masalan, ta‘tilda odamlar tinchlikka va hordiq chiqarishga intiladilar, ayni paytda 
turli xillik va muloqotda bo‗lishni istaydilar. Mehnat munosabatlari motivatsiyasi. Bu 
ma‘nodagi motivatsiya ishchilarni faol ishlashga undovchi rag‗batlantirishlar yig‗indisini 
anglatadi. Ya‘ni, tashkil etish tadbirlarini o‗tkazib bo‗lgach, menejer ishning yaxshi 
bajarilishini ta‘minlashi kerak. Bu maqsadlarda quyidagilardan foydalaniladi:
a) rag‗batlantirish ya‘ni ishchilarni tashqi (moddiy va ma‘naviy) omillar yordamida 
faol ishlashga undash;



100 
b) shaxsiy motivatsiya ya‘ni ishchilarda mehnatga ichki undash hissini paydo qilish. 
Bu yerda asosiysi ishchi o‗z mehnatidan, faolligidan manfaatdor bo‗lishi unga qiziqishi 
va qoniqishi zarur. Bu inson hatti harakati har doim uning motivatsiyasiga bog‗liqligiga 
guvohlik beradi. Odam g‗ayrat va shijoat bilan qattiq mehnat qilishi mumkin yoki ishdan 
chetlanishi ham mumkin.
Har doim inson xatti harakatining motivlarini izlash lozim. An‘anaviy yondashuv 
bo‗yicha xodimlarga samarali ishlashi shart bo‗lgan bir resurs, aktiv sifatida qaralar edi. 
Lekin, sanoat inqilobidan so‗ng bizning jamiyatimiz yanada murakkablashdi. Texnika 
tarqqiyoti odamlarning mehnatga munosabatini keskin o‗zgartirib yubordi.
Natijada, menejer xodimlar faoliyatini qanday motivlashtirishga har kuni duch 
keladi. Ya‘ni, ularning bor kuchini ma‘lum bir ishni bajarishga qanday qilib yo‗naltirish 
muhim hisoblanadi. O‗z qilgan mehnatidan qoniqish va mehnati mahsulidan faxrlanish 
hissi odamlarda shaxsiy maqsad hissini uyg‗otdi.
Motivatsiya nuqtai nazaridan qaraganda bu - puldan ko‗ra kam ahamiyatga ega 
emas. Menejerlarni, odamlarni qanday sharoitlar boshqa birovning topshirig‗ini 
bajarishga undashi har doim qiziqtirib kelgan. Bu qiziqish odamlarning shaxsiy erkinligi 
oshib borgan sari o‗sib bordi. Odamlar erkin bo‗lgani sari ularni mehnatga nima 
undayotganligi va bundan qanday foyda qilishini bilish qiziqtiradi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin