O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Motivatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

3.Motivatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari 
Motivatsiya — bu faqat mukofotlarni tarqatish emas. O‗z xizmat vazifalarini bajara 
olmagan yoki mehnat intizomini buzgan xodimlarni adolatli jazolash ham ularni o‗z 
faoliyatlarini yaxshilashga undaydi. 
Bizningcha, ehtiyojlar ierarxiyasini (pog`onasini) amerikalik psixolog A.Maslou 
ancha to‗liq va muvaffaqiyatli ishlab chiqqan. U xulq-atvor sabablarining beshta 
darajasini yoki guruhini u yoki bu paytda ustunlik qiluvchi ehtiyojlarga qarab ajratgan.
1. Odamlarning takror ko‗payishiga, oziq-ovqatga, nafas olishga, jismoniy 
harakatlarga, kiyim-bosh, uy-joy, dam olish va hokazolarga bo‗lgan fiziologik va jinsiy 
ehtiyojlari.
2. Ekzistentsial ehtiyojlar – o‗z yashashining xavf-xatarsiz bo‗lishiga ehtiyoj, 
ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-sharoitlari, insonni qurshab 
turgan muhitning muayyan darajada doimiy va muntazam bo‗lishiga ehtiyoj, mehnat 
sohasida esa, kafolatlangan bandlikka, baxtso‗z hodisalardan sug`urtalanishga va shu 
kabilarga bo‗lgan ehtiyojdir.
3. Jamoaga bog`liqlikka, unga mansublikka, muomalada bo‗lishga, boshqalar 
to‗g`risida g`amxirlik qilishga, o‗ziga e‘tibor berilishiga, birgalikdagi mehnat faoliyatida 
ishtirok etishga bo‗lgan ijtimoiy ehtiyojlar.
4. O‗z-o‗zining hurmat qilinishiga, obri-e‘tiborga ega qadr-qimmatning oshishiga, 
xizmat sohasida o‗sishiga, maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinish va yuqori baho olishga 
bo‗lgan ehtiyojdir. 
5. Shaxsiy, ma‘naviy ehtiyojlar o‗zining ijod orqali faollashuvi, o‗zini namoyon qila 
olishida ifodalanadi.
Ehtiyojlar mehnat motivatsiyasining sabablari umumiy jarayonida muhim 
o‗rinlardan bo‗rini egallaydi. Ular xodimlar tomonidan anglab yetilsa, xulq-atvorni 
rag`batlantiradi. Bu jihatdan ular muayyan shaklga – u yoki bu faoliyat turlariga, 



101 
obyektlar va buyumlarga qiziqish shakli sifatida idrok qilinadi. qiziqish – bu, anglab 
etilgan ehtiyojlarning aniq ifodasidir.
Mehnat motivatsiyasi jarayoning eng muhim elementlari qadriyatlar va xulq-atvor 
normalaridir. Qadriyatlar – bu, subyekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va 
ishning asosiy va muhim maqsadlari to‗g`risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga 
erishishning asosiy vositalari haqidagi tasavvurlaridir.
Qadriyatlarga jamiyat, jamoa, shaxs ko‗z o‗ngida ijobiy ahamiyatga ega bo‗lgan 
barcha predmetlar va hodisalar kiro‗tiladi. qadriyatlar olami jamiyatning ehtiyojlari va 
qo‗ziqishlari xilma-xil va bitmas-tuganmasdir. Qadriyatlar moddiy, ma‘naviy, ijtimoiy, 
siyosiy bo‗ladi va hokazo. Ular ehtiyojlar va qo‗ziqishlar asosida tarkib topadi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin