104
alohida bir mehmonxonani boshqarishi yoki bir necha mehmonxonada ishlashi
mumkin. Kichik mehmonxonalarda menejer mehmonxona egasi bo‗lishi mumkin . U
mehmonlarning muammolari va shikoyatlarini hal qilishda yordam berishi kerak.
Mehmonxonalar boshqaruvining turli o‗rinlari bo‗lishi mumkin: menejer
yordamchisi, mehmonxonada yashovchi menejer va tungi menejer.
Menejer yordamchisi menejer joyida yo‗qligida
mehmonxonani boshqarishda
menejerga yordam beradi.
Mehmonxonada
yashovchi
menejer
ham
mehmonxonani boshqaradi, ham o‗sha yerda yashab,
faoliyat yuritadigan shaxs
hisoblanadi.Tungi menejer faqat tungi navbatchilik uchun javobgar.
Qabul qilish bo‘limi. Buyurtma qabul qilish bo‗limi telefon orqali xonalarni
band qilish bilan shug‗ullanadi. Qabul qilish peshtaxtasi xonalarni sotish,
mehmonlarni ro‗yxatdan o‗tkazish,
kalitlar xizmati, xat-xabarlar xizmati va
mehmonlar hisob-kitobi bilan shug‗ullanadi.
Belboylar xizmati bo‗limi. Mehmon ro‗yxatdan o‗tib bo‗lgandan so‗ng, uni
xonaga kuzatib qo‗yishlarini xohlaydi. Shu bilan birga,
ular yuklarini tashib
berishlarini ham kutadilar. Ko‗pincha mehmonlar ularning ba‘zi topshiriqlarini
bajarishlarini xohlaydilar. Bu xizmatlarning barini belboylar xizmati bo‗limi
ko‗rsatadi.
Belboylar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi boshqaradi. U qabul
qilish bo‗limidan keyingi peshtaxta oldida turadi. U belboylarni boshqaradi. Xonalar
bo‗yicha xizmatchi xona raqami va kalitini bellboyga beradi.
U mehmonni uning
xonasiga kuzatib qo‗yadi. Belboy mehmonni avval lift va so‗ngra qavatga kuzatib
qo‗yadi. U yerda bellboy mehmonga xonasini ko‗rsatadi. Avval u chiroqni qayerdan
yoqilishini ko‗rsatib berishi kerak.
Qavatlar xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda, uning xonasini
kimdir tozalab berishini xohlaydi. Oqsochlar va qavatlar xizmati bo‗limi bu vazifani
bajaradi. Qavatlar va oqsochlar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi
boshqaradi. Oqsochlar mehmon kelishidan oldin xonalarni tayyorlab qo‗yadilar.
Dostları ilə paylaş: