O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 



108 
18-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV QARORLARI 
VA ULARNING IJROSINI TA‟MINLASH
Reja: 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
2.Boshqaruv qarorlarining tasnifi 
3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 
4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 
1.Boshqaruv qarorlarining ahamiyati 
Boshqaruv qarori muayyan muammoni hal qilishga yo‗naltirilgan ijtimoiy hujjatdir. 
Qarorlar qabul qilish menejer faoliyatining asosiy va eng mas‘uliyatli turlaridan biri 
hisoblanadi, chunki boshqarishning samaradorligi, binobarin, mehmonxona ishining 
samaradorligi boshqaruv qarorlari to‗g‗ri va o‗z vaqtida qabul qilinishiga bog‗liq 
bo‗ladi.
Qarorlar qabul qilish zaruriyati boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida 
yuzaga keladi va boshqaruvchi mehnatining turli jihatlari bilan bog‗liq bo‗ladi. Garchi 
biz har birimiz kun davomida o‗nlab qarorlar (qaerda tushlik qilsam ekan? nima sotib 
olsam ekan? va h.k.) qabul qilsak-da, boshqaruv qarorlari qabul qilish kundalik shaxsiy 
hayotda qabul qilinuvchi qarorlardan ancha farq qiladi.
Menejer uchun qarorlar qabul qilish – doimiy va mas‘uliyatli ish. Har qanday 
darajadagi mehmonxona rahbari o‗z faoliyatida har qadamda muayyan qarorlar qabul 
qilish zaruriyatiga to‗qnash keladi. Qabul qilingan qarorlar nafaqat menejerga, balki 
boshqa odamlarga va aksariyat hollarda butun mehmonxonaga ham tegishli bo‗lganligi 
uchun mazkur jarayonning tabiati va mohiyatini tushunish boshqarish sohasida 
muvaffaqiyatga erishishni istagan har bir odam uchun juda muhimdir.
Menejer to‗g‗ri qarorlar qabul qilishga qodirligi uning muvaffaqiyatli faoliyati 
ko‗rsatkichlaridan biridir. Menejerlar boshqarishning to‗rt funksiyasini – rejalashtirish
tashkil etish, motivlashtirish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradilar. Shu bois, ular 
har bir funksiya bo‗yicha muayyan qarorlar oqimi bilan ishlaydilar. Qarorni ishlab 
chiqish va qabul qilish – rahbar faoliyatidagi ijodiy jarayon. U quyidagi bosqichlarni o‗z 
ichiga oladi: 
1) maqsadni aniqlash va qo‗yish; 
2) muammoni o‗rganish; 
3) qabul qilinayotgan qarorlarning oqilonalik mezonlarini tanlash, bu mezonlarni va 
qabul qilinuvchi qarorlarning mumkin bo‗lgan oqibatlarini asoslash; 
4) qaror variantlarini ko‗rib chiqish; 
5) qarorni tanlash va uzil-kesil ta‘riflash; 
6) qarorni qabul qilish; 
7) qarorni ijrochilarga etkazish; 
8) qarorning ijrosi ustidan nazorat. 
Pirovardida boshqaruv qarori boshqarish faoliyatining natijasi sifatida namoyon 
bo‗ladi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin