O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


• Bo‗lim boshlig‗i oqsochlarga xonalarni umumiy tozalashni yoki kosmetik  yig‗ishtirishni buyuradi. •



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1


Bo‗lim boshlig‗i oqsochlarga xonalarni umumiy tozalashni yoki kosmetik 
yig‗ishtirishni buyuradi.

.Oqsochlar tozalash vositalarini, ya‘ni sovun, hojatxona qog‗ozi, hamda 
to‗shak va vanna oqlarini maxsus aravalarda olib yuradilar. Shuningdek, shu 
aravalarda kir o‗rin oqlari va axlat uchun maxsus idish ham bo‗ladi. Oqsochlar 
xonalarga kirish uchun universal kalitdan foydalanadilar. Agar mehmonga 
qo‗shimcha karovat yoki raskaladushka (yig‗ma karovat) kerak bo‗lsa, qavatlar 
xizmati bo‗limiga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, ular sochni quritish va 
dazmol qilish kabi xizmatlarni ham
Taom va ichimliklar bo‗limi. Ko‗pgina mehmonxonalarda taom va ichimlar 
bo‗limi bo‗ladi. Bu bo‗lim oshxona, oziq-ovqatlar omborxonasi, tamaddi qilish 
zallari, barlar va kokteyl barlarini o‗z ichiga oladi. Agar mehmonxonaning oshxonasi 
katta obro‗-e‘tiborga ega bo‗lsa, bu mehmonxona ishini yanada rivojlantirishi 
mumkinMehmonxona restoranlari alohida kishilarga yoki guruhlarga xizmat 
ko‗rsatishi mumkin.
OSHXONA 



105 
Oziq-ovqatlar va idish-tavoqlar omborxonasi
tamaddi qilish zallari
barlar
Taom va ichimliklar bo‗limi xizmatchilari. Taom va ichimliklar bo‗limi 
boshlig‗i shu bo‗lim menejeri hisoblanadi. Oshxona nazoratchisi - bu bosh oshpaz 
hisoblanadi. U mutaxassis bosh oshpazlar, oshpazlar va oshxona yordamchilariga 
mas‘ul. Oshpazlar asosan taom tayyorlash bilan shug‗ullanadilar. Bosh oshpazlar 
ularni nazorat qiladilar
Ofitsiantlar mijozlarga taom tortadilar. Ular buyurtmani qabul qiladilar va 
taomlarni stolga olib keladilarIdish-tovoq yig‗uvchi stollarni tozalaydi, suvlarni 
quyib beradi va shirin kulchalar olib keladi. Barmen bar oldida mijozlarga spirtli 
ichimliklarni aralashtish va quyib berish bilan shug‗ullanadi. 
Oshxona yordamchilari, sabzavotlarni yuvadilar, archadilar va to‗g‗raydilar, 
go‗shtlarni yuvib, to‗g‗raydilar. Taom va ichimliklar bo‗limida idish-tovoqlar bo‗limi 
bor. U yerda idish-tovoqlar, chinni va shisha idishlar, stol oqlari, taomlarni isitish 
vositalari bor. Omborxona boshlig‗i idish-tovoqlar bo‗limi uchun mas‘ul. 
Shuningdek, bo‗limlarga taom va ichimliklarni tarqatish ham uning vazifasiga kiradi. 
Vino bilan ta‘minlovchi xizmachi mijozlar menyudan taom tanlaganlaridan so‗ng, 
vinolar taklif etadi va tortadi.
Xavfsizlik xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda, kimdir uni 
himoya qilishini kutadi. Mehmonxona havfsizlik xizmati bo‗limi mehmonlarni 
o‗g‗rilik, qo‗poruvchilik, yong‗in yoki suv toshqinidan himoya qilishlari kerak. Bu 
bo‗limni havfsizlik xizmati boshlig‗i boshqaradi. Mehmonlar o‗z qimmatbaho 
buyumlarini individual seyflarda saqlashlari mumkin. Xavfsizlik bo‗limi xizmati shu 
narsalar uchun javobgar
Umumiy ovqatlanish bo'limi. Umumiy ovqatlanish bo‗limi boshlig‗i shu bo‗lim 
menejeri hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish xizmati taom va ichimliklar xizmatidan 
alohida faoliyat yuritadi. U turli xil vazifalarni bajaradi. Umumiy ovqatlanish 
mehmonxonachisi restorandan turli xizmatlar ko‗rsatadi. Restoran kichik guruh 
mehmonlarga xizmat ko‗rsatadi. Mehmonxonachi kechalar, banketlar, katta 
miqdordagi taomlar bilan ta‘minlaydi. U katta miqdordagi taom va ichimliklar bilan 
ta‘minlash bilan shug‗ullanadi.
Banket xizmati. Banket - bu bir guruh mehmonlar uchun o‗tkaziladigan rasmiy 
tushlik hisoblanadi. Mehmonxona va restoranlar shu kabi xizmatlarni taklif etadilar 
va o‗tkazadilar. Ko‗pgina restoranlar banketlar o‗tkazish uchun barcha qulayliklarga 
ega. Ular banketlar uchun mo‗ljallangan maxsus zallarda jamoa va shaxsiy 
kechalarni o‗tkazib beradilar.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin