98
ostidagilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta‘sir
o‗gkaziladi (bu yerda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini ko‗zlaydi); 3
— boshqarish o‗zaro ta‘sir ostida amalga oshiriladi. Bu yerda qarorning bajarilishiga har
ikkala tomon manfaatdor; 4 — ta‘sir qilish faqat bo‗ysunuvchilarning ehtiyoji va
qiziqishiga asoslanadi.
1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan xodimlar o‗rtasida qarshi harakatga olib keladi.
Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim xodimlar ehtiyojlari o‗rtasida
nomuvofiqlikning paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shu sababli, rahbar motivlashtirishni
faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim.
Motivatsiya –bu firma maqsadi shuningdek shaxsiy maqsadlarga erishishda, mehnat
samaradorligini oshirish uchun ishchilarning faolligiga qaratilgan menejer ishidir.
Quyidagi savolni ko‗rib chiqishda menejment bu muammoni ikki aspektga bo‗ladi:
sayohat motivatsiyasi, mehnat aloqalari motivatsiyasi.
Sayohat motivatsiyasi. Sayohat maqsadi to‗g‗risidagi
axborot birinchi navbatda
turistlik bozorlarni to‗g‗ri tartiblarga ajratish va maqsadli bozorlarni aniqlash qaysikim
turistlar oqimi va mashrutlarini boshqarish modellarini ishlab chiqish asosida amalga
oshiriladi. Shu bilan birga har bir guruh a‘zosi o‗zining, guruhdan tashqari sayohat
motivatsiyasi bo‗ladi.
Shuningdek,
menejment uchun sayohat, sayohat sabablarini qanday qilib
tizimlashtirish kerak degan savolga javob topish juda muhim. Bu savolga javob uchun
quyidagi misolni ko‗rib o‗tamiz. Masalan, Janob Sh. arxitektor bo‗lib ishlaydi. U
Barselonada bo‗lib o‗tadigan konferensiyada ishtirok etish uchun taklifnoma oldi. Janob
Sh.Ispaniyaga borish uchun turli xil sabablari bor.
Bir tomondan,
uni konferensiyaga qiziqtiradi, boshqa tomondan u ishonadiki
Barselonada mart boshida issiq bo‗ladi va u quyoshdan bahra olish mumkin. Bundan
tashqari yig‗ilishdan so‗ng bo‗sh vaqtlarida shahar bilan tanishish va muzeylarga borish
mumkin. Bir so‗z bilan aytganda janob Sh.ni
qanday motiv majbur qildi, qaror qabul
qilishga va sayohatga borishga? Ushbu misoldan motivni ajratib ko‗rsatish mumkin
emas.
Vaziyat shu bilan qiyinlashadiki, sayohatga chiqish
sabablari eng avvalo uning
ongida joylashadi, birinchi rejada esa bir nechta sabablar shakllanadi. Aynan shuning
uchun sayohat motivatsiyasi haqida gapirish kerak. Shu bilan bog‗liq holda sayohat
motivatsiyasining 5 ta asosiy guruhini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Jismoniy motivatsiya. Jismoniy
motivatsiyasi dam olish, da‘volanish va sportga
ajratiladi. Agar sayohatning asosiy sababi jismoniy kuchni tiklash bo‗lsa, birinchi
o‗rinda dam olish turadi. Agar sog‗liqni tiklash kerak bo‗lsa, hal qiluvchi omil bo‗lib
da‘volanish hisoblanadi. Agar sayohat davomida birinchi navbatda tananing harakat
qilishi va chiniqish bo‗lsa, bunday holatda muhim jismoniy motivatsiya bo‗lib
sport
hisoblanadi.
Ruhiy motivatsiya. Muhim ruhiy sayohat motivatsiyasi bo‗lib, har doimgi ruhiy
charchoqliklardan ketish xohishi va vaziyatni o‗zgartirish hamda dam olish uchun biror
bir yangiliklarni ko‗rishdir. Ruhiy motivatsiyaga, shuningdek taassurotni yangilash ham
kiradi. Bu ikkala motivatsiya, jismoniy va ruhiy-zamonaviy turizm to‗g‗risida qanday
qiziqish uyg‗otsa, menejment samaradorligida ham shunday bo‗ladi.
99
Madaniy motivatsiya. Ko‗p odamlar sayohat davomida o‗zlariga
kerakli ijtimoiy
aloqalarni izlaydi. Ular boshqa sayohatchilar bilan aloqa qilishga, ahillashadi yoki
mahalliy aholi bilan tanishishni xoxlaydi. Bu guruh motivatsiyasining asosiy ma‘nosini
do‗stlar, yangi tanishlar va qarindoshlarni ziyorat qilishni tashkil qiladi.
Shaharlararo motivatsiya. Ma‘no jihatidan jismoniy va ruhiy motivatsiyadan keyin
shaharlararo motivatsiya turadi. Bu guruh motivatsiyasiga boshqa mamlakatlar bilan
tanishish,
ularning odatlari, urf-odatlari va tillari bilan tanishish kiradi. Bu
motivatsiyasiga ega kishilar o‗z shaxsini rivojlantirish maqsadida sayohat qiladilar.
Bundan tashqari bunday sayohatchilarning maqsadi boshqalarni qoyil qoldirish.
Dostları ilə paylaş: