19-MAVZU.
MEHMONXONA XIZMATLARINI BOSHQARISHDA
STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH
.
Reja:
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati
2.Mehmonxona xizmatlarini standartlash jarayonlari
114
3.Mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiyalash jarayonlari
1.Mehmonxona xizmatlarini standarlashtirish va sertifikatlashning ahamiyati
Standartlashtirish. Standartlashtirish – ijro etish majburiy bo‗lgan hamda ijro etish
tavsiya etiladigan talablar, normalar, qoidalar va shartlarni ishlab chiqish va belgilashga
yo‗naltirilgan, iste‘molchining lozim darajadagi sifatli xizmatlarni ma‘qul narxda xarid
qilish huquqini, shuningdek mehnatning xavfsizligi va qulayligini ta‘minlovchi faoliyat.
Standartlashtirishning maqsadi – amalda mavjud, rejalashtirilgan yoki mo‗ljal
qilingan vazifalarni hal qilish uchun muayyan sohada belgilangan qoidalar, talablar,
normalardan keng va ko‗p karra foydalanish yo‗li bilan oqilona tartib o‗rnatilishiga
erishish. Standartlashtirishning umumiy va tor maqsadlari farqlanadi.
Umumiy maqsadlar, eng avvalo, tushunchaning mazmunidan kelib chiqadi.
Umumiy maqsadlarning muayyanlashtirilishi majburiy hisoblangan standartlarning
talablari bajarilishi bilan bog‗liq. Ularga odamlar hayoti va sog‗lig‗i, atrof-muhit va mol-
mulk uchun xizmatlarning xavfsizligini, fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish
darajasiga muvofiq xizmatlar sifatini, barcha turdagi resurslarning tejalishini, xo‗jalik
obyektlarining har xil (tabiiy va texnogen) ofatlar va favqulodda holatlar yuzaga
kelishining oldini olish bilan bog‗liq xavfsizligini ta‘minlovchi normalar, talablar va
qoidalarni ishlab chiqish kiradi.
Standartlashtirishning tor (muayyan) maqsadlari ma‘lum faoliyat sohasiga, umuman
xizmatlar sohasiga, u yoki bu korxonaga, muayyan xizmatga va hokazolarga talluqli.
Standartlashtirish standartlashtirish obyekti (predmeti) va standartlashtirish sohasi kabi
tushunchalar bilan bog‗liq.
Standartlashtirish obyekti – muayyan talablar, shartlar, parametrlar, qoidalar va
sh.k. ishlab chiqiladigan xizmat, xizmat ko‗rsatish jarayoni. Standartlashtirish umuman
obyektga yoki uning tarkibiy qismlariga taalluqli bo‗lishi mumkin.
Standartlashtirish sohasi – standartlashtirishning o‗zaro bog‗liq obyektlari majmui.
Masalan, mehmonxona sanoati standartlashtirish sohasi hisoblanadi, muayyan
mehmonxona xizmatlari: mehmonlarni rasmiylashtirish va joylashtirish xizmatlari,
nomerlarni tozalash xizmatlari, ovqatlantirish xizmatlari standartlashtirish obyektlari
bo‗lishi mumkin.
Standartlashtirish har xil darajada amalga oshiriladi. Standartlashtirish darajasi
standartni jahonning qaysi jug‗rofiy, iqtisodiy, siyosiy mintaqasi ishtirokchisi qabul
qilishiga qarab farq qiladi. Standartlashtirish amalga oshirilayotgan darajaga qarab:
xalqaro standartlashtirish – istalgan mamlakatning tegishli organlari uchun
ochiq faoliyat;
mintaqaviy standartlashtirish – jahonning bir jug‗rofiy, siyosiy yoki iqtisodiy
mintaqasida joylashgan davlatlarning tegishli organlari uchun ochiq faoliyat;
milliy standartlashtirish – bir muayyan davlatdagi standartlashtirish farqlanadi.
O‗z navbatida, milliy standartlashtirish turli darajada: davlat, tarmoq, iqtisodiyotning
muayyan sektori darajasida, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar darajasida amalga
oshirilishi mumkin.
Halqaro va mintaqaviy standartlashtirish tegishli halqaro va mintaqaviy
mehmonxonalarga a‘zo mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
115
Sertifikatlashtirish – muayyan xizmat qo‗yilgan talablarga javob berishiga uchinchi
tomon yozma kafolat berishi bilan bog‗liq taomil. Uchinchi tomon deganda xizmatlar
ko‗rsatuvchiga (birinchi tomonga) ham, iste‘molchiga (ikkinchi tomonga) ham bog‗liq
emas deb e‘tirof etilgan shaxs yoki organ tushuniladi.
Taomillar, qoidalar, sinovlar hamda sertifikatlashtirish jarayonining tarkibiy qismi
hisoblangan boshqa harakatlar muayyan omillarga qarab har xil bo‗lishi mumkin.
Mazkur omillar orasida standartlashtirish, sifat va bevosita sertifikatlashtirishga taalluqli
qonun hujjatlari muhim o‗rin tutadi. Muvofiqlikni isbotlash muayyan sertifikatlashtirish
tizimida amalga oshiriladi. ISO
MEK 2 qo‗llanmasiga muvofiq, bu sertifikatlashtirishni
o‗z qoidalariga binoan amalga oshiruvchi tizimdir.
Umumiy tarzda sertifikatlashtirish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topadi:
tizimni boshqaruvchi, uning faoliyatini nazorat qiluvchi markaziy organ. U
sertifikatlashtirishni amalga oshirish huquqini boshqa organlarga o‗tkazishi ham
mumkin;
sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidalari va tartibi;
sertifikatlashtirishni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ hujjatlar;
sertifikatlashtirish taomillari (sxemalari);
inspeksiya nazorati tartibi.
Xizmatlarni sertifikatlashtirish markaziy (milliy) organda akkreditatsiyadan o‗tgan
organlar tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish organi vazifalarini mustaqillik
va kasbga layoqatlilik talablariga javob beradigan, kamida ikkita ekspert-auditorga ega
bo‗lgan korxona va mehmonxonalar bajarishi mumkin.
Sertifikatlashtirish tizimlari milliy, mintaqaviy va halqaro miqyoslarda faoliyat
ko‗rsatishi mumkin. Agar sertifikatlashtirish tizimi muayyan xizmatlar turining
muvofiqligini isbotlash bilan shug‗ullansa, bu turdosh xizmatlarni sertifikatlashtirish
tizimidir. U o‗z faoliyatida ayni bir xil xizmatlarga taalluqli standartlar, qoidalar va
tartib-taomillarni qo‗llaydi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Majburiy sertifikatlashtirish qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi va mehmondo‗stlik xizmatlari texnik reglamentlarning talablariga,
standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlashni ta‘minlaydi. Bunda
odamlarning hayoti, sog‗lig‗i, xavfsizligini saqlashga majburiy talablar qo‗yiladi.
Majburiy sertifikatlashtirish «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‗g‗risida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‗g‗risida»gi qonunlar
bilan belgilangan. Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish uchun majburiy
sertifikatlashtirish tizimlari tashkil etiladi. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‗lgan
obyektlar nomenklaturasi davlat boshqaruvi darajasida belgilanadi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish yuridik yoki jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan
arizachi va sertifikatlashtirish organi o‗rtasida tuzilgan shartnoma shartlarida amalga
oshiriladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish haqida qaror qabul qilinishi odatda xizmatlarning
raqobatbardoshligi, xizmatlarni bozorga (ayniqsa, xorijiy bozorga) chiqarish, tanlashda
116
ko‗proq sertifikatlashtirilgan xizmatlarga qarab mo‗ljal oluvchi xaridorlarning talablari
muammolari bilan bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: |