2.Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish
Rasmiy va hordiq chiqarishga mo‗ljallangan mehmonxonalar mijozlarga xizmat
ko‗rsatishda butunlay aniq va o‗ziga xos harakterli talablari borligi, shuningdek, ma‘lum
xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi
talablar qo‗yiladi:
ma‘muriy binolar va shahar markaziga yaqin bo‗lgan joyda, lekin dam olish uchun
ko‗kalamzorlashtirilmagan va sport maydonlari bo‗lishi shart emasligi;
nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi ishlashga
qulayligi va kichik yig‗ilishlar o‗tkazishga imkoniyati borligi;
nomerda ―ish zona‖sining tashkil etilganligi, uni tashqi muhitdan ajratish.
Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalari tashkil qilishni ham talab
qilishlari mumkin. Birinchidan, yig‗ilish, ko‗rgazma va shunga o‗xshash tadbirlarni
o‗tkazishga joy bo‗lishi kerak. Ikkinchidan, majlislar zali yoki ko‗cha tomondan
qo‗shimcha kirish joyi bo‗lgan ko‗p maqsadli xonalar bo‗lishi (yig‗ilish, banket va boshqa
tadbirlar o‗tkazish uchun) lozim. Uchinchidan, mehmonxonada telegraf, telefaks, nusxa
ko‗chirish va ko‗paytirish apparatlari, shuningdek, moliyaviy ta‘minot xizmatlari ishlashi
kerak.
Hordiq chiqarishga mo‗ljallangan mehmonlarga qo‗yiladigan talablar rasmiy
mehmonxona tizimidan quyidagi tomonlari bilan farqlanadi:
shovqinli shahar markazlaridan uzoqdagi ko‗kalamzorlashtirilgan hududlarda
joylashganligi;
horgiq chiqarish va sport bilan shug`ullunish joylarining mavjudligi. Jahon
amaliyotida bir tunash joyining o‗lchami 150 - 250 kv. m.ni tashkil etadi.
Yevropa mamlakatlari tajribalari. Shveysariyada alohida ommaviylikka ega
Yevropaning eng yuqorida turuvchi oteli tog‗larda 3452 m. balandlikda joylashgan va u
yil bo‗yi ishlaydi. Otelning tiklanishidan keyin 1955 yilda Fridrix Shiller o‗limining 150
yilligini nishonlashga Shvesariyadan kelgan ajoyib yozuvchi Tomas Mann o‗z ismini
alfavit kitobchasiga yozgan birinchi kishi bo‗ldi. Shuningdek, Germaniyada qadimgi
otellar va restoranlar soni juda ko‗pni tashkil etadi. Asosan, Veymar shahridagi ―Elefant‖
otelini aytib o‗tish lozim, chunki u 1521 yilda tashkil qilingan. Unda hamma zamon va
halqlarning ko‗plab mashhur kishilari to‗xtagan, yozuvchilar esa o‗zining qahramonlari
Veymarda va albatta shu otelda istiqomat qilishlarini yozganlar.
Yevropa mamlakatlarida boy xaridorlar orasida dam olishni Fransiya, Ispaniya,
Italiya, Angliyadagi aristokrat saroylarida o‗tkazish moda tusiga kirdi. Saroy egalari
odatdagidek juda yuqori titulli shaxslar, lekin daromadlarni ko‗paytirishga muhtojlar,
mehmonlarga ―mulk illyuziyasi‖ni sotishadi. Turistik biznesning bu turi ochiq holda
reklama qilinadi hamda qasr ijaraga berilayotgani haqida maxsus kanallar orqali bilib
olishadi. Shu bilan birga, 1533 yilda Parijda ochilgan ―Turdargent‖ restorani eng birinchi
restoran hisoblanadi. Ikki asr davomida, u nafaqat Parijda, balki butun Fransiyada ajoyib
mehmonxona bo‗lib kelgan. O‗shanda u Bael ko‗chasidagi 24 soat ishlaydigan taverniyani
boshqarar edi.
125
Keyingisi, Yevropaning Bazele shahrida joylashgan ―Drei Konige am Rein‖ oteli eng
qadimiy otel hisoblanadi. O‗sha davr ma‘lumotlarida birinchi mijozlar uning ostonasini
1026 yilda bosib o‗tganligi aks ettirilgan.
Bugungi kunda Norvegiyaning Longerbaen orolida joylashgan ―Qutbiy‖ oteli eng
shimoliy mehmonxona hisoblanadi. Arxipelag bir nechta orollardan tashkil topgan va
haqli ravishda Yevropaning eng shimoliy nuqtasi hisoblanadi, uning 60% abadiy
muzliklar bilan qoplangan va unda servisning barcha yuqori me‘yorlari to‗la tadbiq
etilgan.
Norvegiyaning Tromse shahrida joylashgan otel ham ajoyibotlardan mahrum
etilmagan. Yo‗lak oldida lapland milliy libosi, ya‘ni ko‗k, ustida koptok kabi katta qizil
pomponli qalpoq kiygan shveysar kutib oladi. Shu yerning o‗zida u ham milliy libosni
kiygan ayol laplandka sanaladi. Zero, shveysarlar libosi aniq chet el turistlari uchun
mo‗ljallangan bo‗lsa, ma‘lum bir kafiyatni paydo qilmoqda. Otel mijozi shu zahotiyoq
nooddiy bo‗lgan muhitga kirishib ketadi va atrofdagi narsalarga boshqacha nazar orqali
alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi.
Mehmonxonalarning ichida birinchi bo‗lib, Germaniyaning Berlin shahridagi
―Artemiziya‖ mehmonxonasi faqat ayollarni joylashtirishni boshlagan edi. Oz muddatdan
keyin bunday kategoriyadagi istiqomatchilarga xizmat ko‗rsatishga gamburglik
―Xansetin‖ oteli ham qo‗shildi. Bu mehmonxonalarning xizmat ko‗rsatuvchi hodimlari
qat‘iy ravishda ayollardan tashkil topgan. Intererda, dizaynda mashhur ayol rassom-
bezatuvchilarning eng yaxshi erishgan yutuqlaridan foydalanilgan.
Bizning kunlargacha dastlabki ko‗ranishida saqlanib qolgan turar joylardan eng
qadimiysi Buyuk Britaniyaning Sen-Albans qishlog‗idagi turar hovlisi hisoblanadi.
Tarixdagi 795 yildagi hodisalarining yozuvli xronologiyasi uni o‗sha davrda ham
borligini tasdiqlaydi va ―Olishayotgan xo‗roz oldida‖ deb nomlangan.
Shu bilan birga, Avstriyada mehmonxonalarni boshqarish sayyohlikni qabul qilish
bo‗yicha dunyoda tan olingan modellardan biri hisoblanadi. Shuning uchun,
mamlakatning tog‗li qismlarining o‗zida 20 000 tadan ortiq mehmonxonalar mavjud. Eng
arzon joylashish vositalariga Avstriyada 100 tadan kam bo‗lmagan ―Youth hotells‖ kiradi.
Bu qimmat bo‗lmagan yoshlarga mos yotoqxonalarda hohlovchilar tunab qolishlari
mumkin, lekin bu yerda alohida qulayliklar mavjud emas. Avstriya mehmonxonalari 5 ta
yulduzli tizim buyicha baholanadi, lekin kishlok joylarida ―turkumdan tashqari
mehmonxonalar‖ ham mavjud. Ular bir, ikki, uch qavatli uylardan iborat bo‗lib, ko‗pincha
fermer oilalari tomonidan ochilgan bo‗ladi. Ayniqsa, Avstriyadagi 3 va 5 yulduzli
mehmonxonalar bir biridan uncha fark kilmaydi. Bu klassdagi ko‗p mehmonxonalarda
basseyn, sauna, restoran, bufet va solyariy mavjud. O‗xshashlik Avstriyada tarqalgan
mehmonxona intererini ―romantik uslub‖da bezatish bilan chuqurlanadi. Bu uslubda
zamonaviy texnika qadimiy turkumi anjomlari bilan uyg‗unlashib ketadi. Ba‘zan, uch
yulduzli mehmonxonadagi uskunalar to‗rt yulduzli mehmonxonadan yaxshirok bo‗lishi
mumkin.
Fransiya tajribasi. Bu mamlakatda turizmning zamonaviy rivojlanish bosqichi
oilaviy, hunarmandchilik va yarim hunarmandchilik, ishlab chiqarish ko‗rinishidagi katta
miqdordagi kichik korxonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi unda turizm sohasidagi
126
bozor operatsiyalarini amalga oshiradigan firmalar orasida miqdoriy jihatdan kichiq
tadbirkorlik subyektlari ustuvorlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |